66
Jamoa bilan bajaring.
do‘stlik
nozik tuyg‘ular
ishonch
sadoqat
vafo
muhabbat
...
...
...
...
So‘zlarga
ta’rif berib ko‘ring.
Yana qaysi tuyg‘ularni
insonga xos nozik
tuyg‘ular deb ayta olasiz?
Javobingizni asoslang.
Barcha jamoalar uchun: siz o‘qigan kitoblarning
qaysi birida yuqoridagi
tuyg‘ular haqida so‘z yuritiladi? A.S. Pushkinning “Kapitan qizi” qissasini o‘qi-
ganmisiz? Asardagi Masha Mironovaga nisbatan Pyotr Grinyov va Shvabrinning
munosabatlarini baholang.
1-jamoa uchun: Abdulla Oripovning “Jannatga yo‘l” dostonini o‘qing. “Qiyo-
matli do‘st” iborasini tushuntiring.
2-jamoa uchun: Abdulla Oripovning “Jannatga yo‘l” dostonini o‘qing. “Sodiq
do‘st” iborasini tushuntiring.
3-jamoa uchun: o‘zbek shoirasi Zulfiya timsolida vafo, sadoqat, muhabbat
kabi tuyg‘ularni ta’riflang.
?
Ijodiy faoliyat
Ma’naviyat xazinasidan
?
Ey o‘g‘lim! Ahmoqni do‘st tutishdan ehtiyot bo‘lgin, chunki u foyda
beraman deb, zarar beradi. Baxil bilan do‘stlashishdan saqlangin, chunki u sen
eng muhtoj bo‘lib turgan narsani sendan uzoq qiladi. Yolg‘onchi bilan do‘st-
lashishdan ham ehtiyot bo‘lginki, u sarobga o‘xshaydi, uzoqni senga yaqin,
yaqinni esa uzoq qilib ko‘rsatadi.
Ali ibn Abu Tolib
III bob. Go‘zal fazilatlar
67
Tarbiya, 11-sinf
1. Ona muhabbatiga yana qanday misollar
keltira olasiz?
2. E’tibor berganmisiz, onajoningiz siz yoki
aka-ukangiz uchun tongda nonushta tayyorla-
gan, kiyimlaringizni yuvgan, dazmol
qilgan
vaqtlarida qanday entikib-entikib qo‘yadilar. Bu
entikish nimaning alomati deb o‘ylaysiz?
Onajoningizga minnatdorchilik bildirga-
ningizda yuzlariga e’tibor berganmisiz? Bu xur-
sandchilikni ifodalay olasizmi?
3. Krishtianu Ronalduning onasi yuzidagi
tabassumga qarang.
Siz ham onangizga ana
shunday quvonch ulasha olasizmi? Buning
uchun sizdan nima talab qilinadi?
4. Quyidagi rasmlardagi nozik tuyg‘ularni
so‘z bilan ifodalashga harakat qiling.
Mashhur futbolchi Krishtianu Ronaldu onasi bilan
yashaydi. Intervyulardan birida undan so‘rashdi: “Nega
onangiz hanuzgacha siz bilan yashaydi?
Nega unga alo-
hida uy olib bermaysiz?
Ronaldu shunday javob berdi: “Onam o‘z hayotidan
kechib, meni katta qildi. U o‘zi yemay, menga yedirdi.
Menga butsa olib berish uchun haftasiga 7 kun farrosh
bo‘lib ishladi.
Mening bar-
cha muvaffaqiyatlarim unga
bag‘ishlangan. Onam tirik
ekan, doimo yonimda bo‘ladi”.
“Boysun madonnasi”,
1968-yil.
V. Burmakin
?
Dostları ilə paylaş: