?
Ijodiy faoliyat
Anvar kun bo‘yi Ra’noga ichidagi tuyg‘ularini bildirib qo‘ymoqchi bo‘lib,
rosa imkoniyat izladi. Derazadan Ra’no sochlarini silkitgandek tebranib turgan
majnuntol novdalariga qarab o‘yga toldi. U Ra’no haqida o‘ylagan sari yuragi
hapriqib, xayollar og‘ushiga g‘arq bo‘ldi. Uning fikrlarini sinf rahbarining: “Ma
-
halla faollari bilan “Mahallamizni birgalikda obod etaylik!”
mavzusida
uchrashuv
bo‘ladi, hech kim ketib qolmasin”, – degan e’loni buzib yubordi.
Tadbirdan so‘ng Anvar “Ra’noga bo‘lgan munosabatimni albatta onamga
aytishim kerak, u kishi menga eng to‘g‘ri maslahatni beradilar. Axir, men nafaqat
o‘zimning, balki Ra’noning ham sha’ni, obro‘sini
asrashim kerak-ku, qolganini
vaqt ko‘rsatadi”, degan qarorga keldi.
1. Anvarning qaysi qarorlarini ma’qullaysiz? Sababini ko‘rsating.
2. Anvarning o‘rnida siz qanday yo‘l tutardingiz? Nima uchun?
Go‘zal maktabga kirib kelar ekan, ko‘zlari bilan kimnidir qidirardi. Qidirgani-
ni topdi, lekin buvisining: “Qiz bola sirli sandiq bo‘ladi, ichidagi his-tuyg‘ulari-
ni birovga
hech qachon bildirmaydi, sir boy bermaydi”, degan o‘gitlari yodiga
tushdimi, darhol o‘zini qo‘lga oldi.
a) “Qiz bola sirli sandiq bo‘ladi” degan fikrni qanday tushundingiz? Go‘zal
kimdan to‘g‘ri maslahat olishi mumkin?
b) Go‘zalga qanday maslahat bergan bo‘lardingiz?
Qadim zamonda bir podshoh o‘g‘lini uylantirmoqchi bo‘libdi. Shunda o‘g‘li:
– Ey ota, men uy-joy tutishni biladigan saranjom-sarishta,
ozoda qiz topilsa-
gina uylanaman, – debdi.
Podshohga o‘g‘lining bu gapi ma’qul kelibdi. O‘z
mulozimlari bilan masla-
hatlashib, bir sinov o‘tkazmoqchi bo‘libdi. Unga ko‘ra, har bir bo‘yi yetgan
qiz uyini supurib, supurindini qopga solib olib kelishi aytilibdi. Bu xabarni
eshitgan qizlar birin-ketin uylarini supurib-sidirib, chiqqan supu-
rin
di
larni olib kelib topshiribdilar. Oxirida
keltirilgan supurin-
?
Dostları ilə paylaş: