69
Tarbiya, 11-sinf
dilar sarhisob qilinibdi. Shunda qarashsa, bir xonadon
qizi bir chimdim ham
chiqmaydigan supurindi topshirgan ekan. Uni chaqirib, so‘roqqa tutishibdi:
– Hoy qiz, senga podshohning sovrini kerak emasmi? Nega bunchalik oz
supurindi topshirding?
– Uyimizni qayta-qayta supursam ham bundan boshqa supurindi chiqmasa,
ilojim qancha? – deb javob beribdi qiz.
Bu jarayonni kuzatib turgan podshoh qizning
soddaligi, saranjom-
sarishtaligi, rostgo‘yligi va halolligiga tasanno aytibdi va uni o‘ziga kelin qilishga
qaror qilibdi.
Abdulla Qahhorga Kibriyoxonimdek didli, oqila
umr yo‘ldoshini nasib qildi. Zamondoshlari xotirala-
rida ko‘p
bor yozilganidek, Abdulla Qahhor uch-to‘rt
oy o‘tmasdanoq Kibriyoxonimga butkul suyanib qol-
di – Kibriyoxonimsiz bir lahza ham o‘zini qo‘yarga joy
topolmas, qayerga borsa Kibriyoxonimni, o‘zining
ibora-
si bilan aytganda, “nosqovoqday beliga tugib olar edi”.
Xurshid Davron
Ochig‘i, aziz insonimdan ayrilgach, bu yog‘iga
uzoq yashay
olmasam kerak, deb o‘ylagandim. Ammo
Abdulla Qahhordek so‘z san’atkori bilan o‘tkazgan chorak asrlik umrimning nur-
li xotiralari meni shu yoshgacha olib keldi. Qalbim to‘rida saqlab kelayotgan zarif
xotiralarni
odamlarga aytib berish, vaqti kelib, qog‘ozga tushirish uchun ham
yashashim kerak, deb o‘yladim…
Kibriyo Qahhorova
Ma’naviyat xazinasidan
?
1. Mazkur rivoyatga qanday sarlavha qo‘yardingiz? Nima uchun?
2. Ushbu rivoyatda insonlarda uchraydigan qanday illatlar aks etgan?
3. Podshohga qizning qaysi xislatlari yoqdi? Fikringizni mavzuga bog‘lab
asoslang.
4. Saranjom-sarishta, sabrli bo‘lishning hikmati nimada?
?
Dostları ilə paylaş: