74
1. Berilgan rasmlarni nafosat tu-
shunchasi bilan bog‘lang.
2. “Nafosat va san’at”ning o‘zaro
bog‘liq tomonlari haqida fikr yuriting.
3. “Ommaviy madaniyat”ning nafo-
satga qanday ta’siri bor?
4. Alisher Navoiyning “Hayrat ul-
abror”
dostonidan olingan parchani
o‘qing. Qalamga berilgan ta’rifni nafosat
tushunchasi bilan bog‘lang. Ushbu asar
-
ni nafosat bilan yozilgan deyish mum
-
kinmi?
Alisher Navoiyning
“Hayrat ul-abror”
dostonidan
parcha
Bu qanday bichimi kelishgan, yoqimli narsaki, ovozi ham yaxshi, diqqat
bilan
quloq solsang arziydi. Uchi ma’noli gaplarga naqsh-u nigor beradi, mistarining
qashlog‘ich iplari uning tirnoqlaridir. Uning tuzilishi qushga o‘xshab ko‘rinadi;
tumshug‘idan har tomonga ma’noli so‘zlarni sochadi. U o‘zi nur
ustidan vatan
qilgan bo‘lsa-da, yemishi – qorong‘ilik; oq qog‘ozning ustiga mushk sochadi.
Uning harakatlari tez va bir me’yorda, lekin uchish uchun unga qanot yetishmay-
di, xolos.
Yo‘q, uni qush dema, u xushbo‘y bir ilon, xushbo‘y dema, fusungar ilon.
Uning (sahifadan sahifaga) go‘zal uchib o‘tishlari, qo‘l, oyog‘ining yashirinligi
bunga dalildir. U tilini chiqarganda har gal bitta sehr ko‘rsatadi.
Bunaqa sehrni
qaysi bir ilon ko‘rsatgan?!
U ilon ham emas, tilla xazina ustidagi ajdardir. Uning qornida yuz xil ajoyib
boylik yashiringan. Og‘zidan tutun chiqaradi. Tutuni orasidan chiqqan har bir
munchoq bir gavharga o‘xshaydi.
U
ajdar ham emas, chunki u egri; uni yaxshisi Muso (payg‘ambar)ning
(sehrli) hassasi deb atay qol. Bo‘lmasa, qanday qilib u butun jahon sehrini, hatto
uning ma’nosini va ifodalash sehrini ichiga yuta oldi? Tanasining og‘irligi ham
yo‘q
darajada; u bu zahmatlarni chekkanda qiynalmaydi! Uni hassa ham dema,
balki qalam deb atay qol; uning uchini xatga naqsh bituvchi de.
U dunyoda hamma narsadan oldin yaratilgan...
?
Dostları ilə paylaş: