75
Tarbiya, 11-sinf
TA’SIRCHAN MA’RUZA
Ma’ruzalar muvaffaqi
-
yatli chiqishi uchun
nima qilish kerak?
Notiq tinglovchilarning his-tuyg‘ulariga
ta’sir etish
orqali ularning ongiga
ma’ruzadagi fikrlarni singdirishi zarur.
Har bir chiqish uchun ma’ruza matnini
shaxsan notiqning o‘zi tayyorlashi, asosiy
tezislarni yod olishi shart.
Notiqning
eng yaxshi xislati uning
chiroyli muomalasi va oddiyligi.
Yaxshi notiqning ajralmas sifatlari –
o‘ziga ishonchi, o‘zini erkin tutishi va
do‘stona ohangda so‘zlashi.
Bu rasmni qanday nomlagan bo‘lardingiz?
76
bosh g‘oyaning ochiq-ravshan bo‘lishi va barcha uchun tushunarli
tilda, sodda
va ravon tarzda bayon qilish;
qat’iyat bilan boshlab, ishonchli fikrlar yordamida tugatish;
jumlalarni lo‘nda gapirish, ma’ruzani
monolog shaklida emas,
samimiy, ochiq so‘zlashuv hamda muloqot uslubida amalga oshirish;
chuqur hissiyot (emotsiya)larga berilmasdan, aksincha, emotsi-
yalarni yuzaga chiqaruvchi
dalillarni keltirish;
ko‘tarilayotgan mavzu tinglovchiga nihoyatda kerak ekanini,
notiq esa bu ma’lumotlarni yetkazish uchun astoydil harakat qilayot-
ganini ko‘rsatish;
tinglovchilar bilan vizual aloqa o‘rnatish.
Ko‘pchilik oldida qilinadigan ma’ruzaga
qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilar:
III bob. Go‘zal fazilatlar
77
Tarbiya, 11-sinf
Hovliqish yoki aksincha, ortiqcha viqor bilan yurish, yo‘l-yo‘lakay
galstukni yoki sochini to‘g‘rilash, tugmalarini qadash mumkin emas.
Suyanchiq va tirsak qo‘ygichga suyanmaslik, qo‘l va oyoqni
chalishtirmaslik,
shuningdek, mikrofon ustiga engashmaslik zarur.
Notiqning o‘z-o‘zini oqlashi yoki kechirim so‘rashi tinglovchilarga
ruhiy ustunlik berib, “avtoritet” maqomini yo‘qotadi, oqibatda ma’ru-
za kutilayotgan samarani bermaydi.
Qo‘lni ko‘krak ustiga qo‘yib gapirayotganda oyoqlarni qovushtirib
turmaslik, shuningdek, qo‘lni tirsaklar bilan qovushtirmaslik kerak.
Ko‘rsatkich barmoqni yuqoriga qilib gapirmaslik.
Dam-badam qo‘l bilan yuz qismiga tegib turmaslik va h.k. (mazkur
harakatni odamlar beixtiyor tarzda odatda yolg‘on gapirayotganda
ishlatadilar)
Yuqoridagi talablar asosida ma’ruza tayyorlang va sinfdoshlaringiz
o‘rtasida notiqlik mahoratingizni sinab ko‘ring.