№1-LABORATORIYA
MASHG’ULOTI
CAD tizimlarining amaliy dasturlarini interfeysini o‘rganish va qo‘llash. CAD tizimlarida
muhandislik masalalarini yechishda matematik modellariga hisoblash ekspriment va sonli
tahlilni amalga oshirish
Ishdan maqsad:
Talabalarga MathCAD dasturida ishlash malakasini hosil
qilishlari va
MathCAD dasturida grafikka bilan ishlash va ularni qayta ishlay olish ko’nikma va
malakasini hosil qilish.
Tajriba natijalarini tahlil qilishga doir modellashtirish masalalarni echishni o`rganish;
1.
Kerakli jihozlar:
Shaxsiy kompyuter; Proyektor.
2.
Ishni bajarish tartibi
Nazariy ma’lumotni o`rganish;
Keltirilgan amaliy ko`rsatmani bajarish;
Shaxsiy topshiriqni olish va bajarish;
Laboratoriya ishi bo`yicha hisobotni rasmiylashtirish;
Nazorat savollariga javob berish.
Nazariy ma’lumotlar:
MathCAD interfeysi
Hozirgi davrda
modellashtirishning regression, korrelyatsion, o`xshash, taqlidiy,
argumentlarni guruрlab hisobga olish usullari keng tarqalgan.
Matematik modellar ob’yektni nazariy va amaliy tahlil qilish natijasida yaratiladi.
Tajribalarni matematik rejalashtirish usullari qaralayotgan jarayon
yoki tizimning matematik
modelini chiquvchi ko`rsatkichga ta’sir etuvchi faktorlarning o`zgarish miqyosida optimal usulda
qurish imkonini beradi.
Jarayon va tizimlarni ilmiy tadqiqot qilish quyidagi maqsadlarni ko`zlaydi:
jarayon yoki tizimning mohiyati va qonuniyatlarini ochish;
ob’yektning optimal ishlashi yo`lini aniqlash;
ob’yektning statik va dinamik xususiyatlarini aniqlash va shunga o`xshashlar.
Zamonaviy kompyuter matematikasi matematik hisoblarni avtomatlashtirish
uchun butun
bir birlashtirilgan dasturiy tizimlar va paketlarni taqdim etadi. Bu tizimlar ichida Mathcad oddiy,
yetarlicha qayta ishlangan va tekshirilgan matematik, kimyoviy hisoblashlar tizimidir.
Umuman olganda Mathcad – bu kompyuter matematikasining zamonaviy sonli usullarini
qo`llashning umumiy kompleksidir. U o`z ichiga yillar ichidagi
matematikaning rivojlanishi
natijasida yig`ilgan tajribalar, qoidalar va matematik hisoblash usullarini olgan.
Mathcad paketi muhandislik va hisob ishlarini bajarish uchun dasturiy vosita bo`lib, u
professional matematiklar, texnoliglar uchun mo`ljallangan. Uning yordamida o`zgaruvchi va
o`zgarmas parametrli algebraik va differentsial tenglamalarni yechish, funktsiyalarni tahlil qilish
va
ularning ekstremumini izlash, topilgan yechimlarni tahlil qilish uchun jadvallar, grafiklar
qurish va boshqa shunga o’shash vazifalarni bajarish mumkin. Mathcad
murakkab masalalarni
yechish uchun o`z dasturlash tiliga ham ega.
MathCAD integralashgan tizim bo’lib matematik hamda tehnik-muhandislik hisoblashlarni
amalga oshirish uchun mo’ljallangan. Hisoblash vaqtida tushinarlilik, aniqlik, oddiylik kabi
hususiyatlarni o’z ichiga oladi. Electron jadvallaarga hos foydalanishda oson.
Mathcad interfeysi Windowsning barcha dasturlari intefeysiga o`xshash.
Mathcad ishga
tushurilgandan so`ng uning oynasida bosh menyu va uchta panel vositasidan iborat bo’lib ular
quyidagi tartibda:
• Standart (Standart)- vositalar paneli bir necha fayllar bilan ishlash uchun buyruqlar
to`plamini o`z ichiga oladi
• Formatting (Formatlash) - formula va matnlarni formatlash bo`yicha bir necha
buyruqlarni o`z ichiga oladi.
• Math (Matematika)- matematik vositalarini o`z ichiga olgan bo`lib,
ular yordamida
simvollar va operatorlarni hujjat fayli oynasiga joylashtirish uchun qo`llaniladi
Mathcad ishga tushganda avtomatik ravishda uning ishchi hujjat fayli Untitled 1 nom bilan
ochiladi va unga Workshet (Ish varag`i) deyiladi 1-rasmdagi oyna ochiladi.
1-rasm. MathCAD tizimini ishchi oynasi.
1 –Sarloha qatori(Строка заголовка).
2 – Bosh menyu(Главное меню).
3 – Standart instrumentlar paneli(Панель инструментов Стандартная).
4 – Formatlash(Форматирование) instrumentlar paneli.
5 – Kiritish kursori + . Har qanday ob'ekt kiritiladigan ishchi varaqdagi nuqtani
ko'rsatadi: formula, matn, grafik yoki rasm.
6 – MathCAD ishchi varog’i yoki ish maydoni.
7 – Holatlar qatori.
8 – Math (математика) paneli. MathCAD ishchi panellida (palitralar) u 9 ta
havolani o'z ichiga oladi.
9 – O'tish chiziqlari.