L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#147186
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   135
Kitob 8491 uzsmart.uz

Qiymat nazariyasi. 
V.Petti va P.Buagilber bir-biridan bexabar 
qiymatning mehnat nazariyasini
ilgari surdilar va har qanday qiymatning manbai unga sarflangan mehnat miqdori 
Bilan o‘lchanadi. U non bahosi Bilan kumushni solishtiradi va ularning bahosi 
sarflangan mehnat miqdori Bilan tenglashtiriladi. U tovarning qiymati mehnat va yer 
ishtirokida yaratiladi, ya’ni tovar bahosi asosida, uning zamirida 
sarfli mexanizm
yotadi, degan xulosaga keladi.
Daromadlar nazariyasi 
V.Petti ishchining daromadi (ish haqi)ni mehnatning bahosi deb hisobladi va 
uning darajasini ishchining yashashi uchun zarur bo‘lgan vositalar minimumi Bilan 
ifodaladi. U har bir ishchi «yashash, mehnat qilish va ko‘payishi uchun» kerakli 
narsani olsa bas, degan xulosaga keldi. Bu fikrini u nazariy jihatdan isbotlab 
bermoqchi bo‘ldi: agar ishchiga ko‘rsatilgan minimumdan ikki baravar ko‘p haq 
to‘lansa, u chog‘da ishchi ikki marta kamroq ishlaydi, bu esa jamiyat uchun shuncha 
miqdordagi mehnat boy berilganini bildiradi.
V.Petti dehqonchilikda yaratilgan mahsulot qiymati Bilan uni ishlab 
chiqarishga ketgan harajatlar o‘rtasidagi farqni renta deb atagan. Uning fikricha, renta 


 
22 
qishloq xo‘jaligida tuproq unumdorligining har xilligidan va yer uchastkasining 
bozorga uzoq-yaqin joylashishidan kelib chiqadi. Bundan biz V.Pettining 
birinchilardan bo‘lib differensial renta tushunchasini ilgari surganligini ko‘ramiz. 
«Siyosiy arifmetika» deb nomlagan asarida olim birinchilardan bo‘lib 
raqamlarni, hisob-kitobni, statistik ma’lumotlarni va statistik tahlil uslublarini keng 
qo‘lladi. Uning asarlarida milliy boylik va milliy daromad statistikasiga, aholi sonini 
va uning tuzulishini hisoblashga, mehnat resurslarining qimmatini aniqlashga katta 
e’tibor beriladi.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin