3
KIRISH
Ushbu uslubiy qo‘llanma bakalavriat ta’lim standartlariga kiritilgan «Iqtisodiy
ta’limotlar tarixi» fanidan barcha bakalavriat yo‘nalishdagi talabalarga mo‘ljallangan.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi (ITT) iqtisodiy fanlar tizimida alohida o‘rin tutadi. U
iqtisodiy nazariyani to‘ldiradi va mustaqil fan sifatida
iqtisodchi mutaxassislarni
tayyorlashda, ularning iqtisodiy bilim, malakasini oshirishda katta rol o‘ynaydi.
Ayniqsa, hozirgi davrda iqtisodiyot har bir inson hayotiga jo‘shqinlik bilan kirib
bormoqda va odamlar iqtisodiyot to‘g‘risida imkoni boricha ko‘proq
bilishga
intilmoqdalar. Shu maqsadda respublikamizda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ham
«Iqtisodiyot asoslari» fani o‘tilmoqda
Iqtisodiy ta’limotlar iqtisodiyotda sodir bo‘ladigan jarayonlarni passiv aks
ettirmaydi, balki ularga muayyan ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan ijtimoiy rivojlanishning
tezlashishiga yoki sekinlashishiga olib keladi. Har bir davrda u yoki bu mamlakatda
ayrim shaxslar, olim yoki hokimlar tomonidan shunday
iqtisodiy ahamiyatga molik
fikr, g‘oya, nazariya, konsepsiyalar ilgari surilgan va amalga oshirilganki,
bir holda
shular tufayli davlat va xalqlar ravnaq topgan, ba’zida esa tushkunlikka uchragan.
Hammaga ma’lumki, ko‘pchilik konsepsiyalar davlatlarning iqtisodiy dasturlari asosi
hisoblanib kelindi. Masalan, bizga bugun yangidek tuyulgan bozor iqtisodiyoti
to‘g‘risidagi fikrlar A.Smit tomonidan 1776 yili chop etilgan «Xalqlar boyligi»
asarida asosan to‘la tahlil etib berilgan.Uzoq o‘tmishdagi ko‘pgina o‘gitlar,
hayotiy
tajribalar, allomalarning fikri va g‘oyalari hozirgi kunda asqotmoqda, ularni o‘rganish
va eng muhimi hayotga tatbiq etish zarur.Taniqli davlat arbobi Uinston Cherchill
(1874-1965) «Qayerga borishimizni bilish uchun, qayerdan
chiqqan ekanligimizni
bilishimiz kerak», deb aytgan edi. Bu g‘oya nihoyatda ahamiyatli bo‘lib, bosib
o‘tilgan yo‘lni to‘g‘ri baholash va kelajak istiqbolni ko‘zlash haqida gap boradi.
Albatta, bugungi kunning dolzarb muammolarini to‘la hal etishda o‘tgan davr
iqtisodchilaridan tayyor javob topish qiyin, ammo o‘tgan
donishmandlarning fikr-
mulohazalari hozirda va kelajak to‘g‘risida to‘g‘ri xulosa chiqarish va Yangi
g‘oyalarni yaratish uchun imkon beradi. Aniqrog‘i, oldin yaratgan mashinani qayta
kashf qilishga hojat qolmaydi. Zero tarixiy tajriba shunisi bilan ham qimmatlidir.
Ushbu uslubiy qo‘llanmani tayyorlashda 27.07.06 yil O‘zbekiston
Respublikasi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan «iqtisodiy ta’limotlar
tarixi» fanidan Namunvaiy Dasturga asoslanildi.Uslubiy qo‘llanmani tayyorlashda
A.Islomov, E.Egamovning «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» o‘quv qo‘llanmasidan,
Razzoqov A. va boshq. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» darslikligidan, Tarjimonlar I.
Fozilov va boshqalar tahriridagi «Amaliy iqtisodiyot» o‘quv qo‘llanmasidan hamda
R.Qarshiyev, A.To‘xtamishev. «Iqtisodiy ta’limotlar tarixi» o‘quv qo‘llanmasidan
foydalanildi.