L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#147186
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   135
Kitob 8491 uzsmart.uz

5
 
Islomov A. va boshq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. O‘quv qo‘llanma. T., O‘zbekiston, 2003 14-15b
 


 
13 
Platon birinchilardan bo‘lib, bahoning asosi va darajasi muammosini tahlil 
etdi. Uningcha baho davlat tomonidan tartibga solinib turishi kerak. Asos qilib 
shunday baho olinishi kerakki, bu baho o‘rtacha foyda olishni ta’minlasin. 
Antik dunyodagi iqtisodiy qarashlarning yirik namoyandalaridan biri Aristotel 
(Arastu) (m.o. 384-322y.) hisoblanadi. Bu qadimgi grek mutafakkiri boshqa 
zamondoshlariga qaraganda iqtisodiy muammolariga chuqurroq kirib borishga 
muvaffaq bo‘lgan. Uning asosiy asarlari «Nikomaxov etikasi» va «Siyosat» 
hisoblanadi. Bu yerda Aristotel, xudi Platonga o‘xshab, ideal davlat loyihasini ilgari 
suradi. Uning fikricha, jamiyatning quldor va qullarga bo‘linishi – bu tabiiy va 
qonuniy hol bo‘lib, odamlarning tabiatan turli-tumanligidandir. Uning g‘oyalarining 
o‘ziga xosligi shundaki, erkin fuqarolar, boshqaruvdagilar, yer egalari, chorvador, 
xunarmand va savdogarlar ham yashash vositalaridan foydalanish va boylik topish 
huquqiga ega. 
Shu Bilan birga Aristotel o‘z asarlarida iqtisodiyot (ekonomika) va 
xrematistika tushunchalari farqini ajratib ko‘rsatib beradi. Ekonomika, Aristotel 
tushunchasi bo‘yicha – bu, eng avvalo, dehqonchilikdagi kishilarning hamda 
hunarmandchilik va mayda savdo Bilan band bo‘lganlarning asosiy va sharafli 
faoliyatidir. Uning maqsadi – insonning eng muhim ehtiyojlarini qondirish 
hisoblanadi va shuning uchun unga davlat g‘amxo‘rlik qilishi kerak. Xrematistika esa 
– bu yirik savdo yo‘li Bilan boylik orttirish mahoratidir. Boshqacha aytganda
xrematistika – bu kapital qo‘yish, sudxo‘rlik va jamg‘arish «san’ati»dir. Aristotelning 
aytishicha, «ekonomika maqtovga sazovor», xrematistika esa «tanbehga».
Qadimgi grek mutafakkirining ekonomika va xrematistikaga bo‘lgan bunday 
munosabati uning natural-xo‘jalik tarafdori bo‘lganligini yaqqol ko‘rsatib turibdi. 
Aristotel savdoning rivojlanish bosqichlarini va pul muomilasini tahlil qilib, 
yirik savdo va ssuda operatsiyalariga salbiy munosabatda ekanligini bayon etdi. U 
pulning qiymat ulchovi va muomila vositasi funksiyalarini ekonomikaga, boylikni 
ko‘paytirish funksiyasini xrematistikaga kiritdi. 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin