16
«Iqtisodchilar va siyosiy faylasuflarning
to‘g‘ri g‘oyalari ham, xato g‘oyalari ham biz
o‘ylaganimizdan ko‘ra kattaroq ta’sir kuchiga
ega».
6
Jon Meynard Keyns
MAVZU -3: MERKANTELIZM IQTISODIY TA’LIMOTI
VA UNING MOHIYATI
Merkantilizmning birinchi iqtisodiy maktab ekanligi.
Merkantilizmning predmeti va uslubi.
Dastlabki va keyingi merkantilizmning o‘ziga xosligi.
Merkantilizmning tarixiy ahamiyati.
Merkantilizmning birinchi iqtisodiy maktab ekanligi.
Natural-xo‘jalik munosabatlarining bozor iqtisodiy
munosabatlari tomonidan
siqib chiqarilishi 16-asrdan 18-asrgacha bo‘lgan tarixiy davrni o‘z ichiga oladi. Bu
davr merkantilizm davri deb ataladi. Merkantilizm (italyancha «merkante» so‘zidan
kelib chiqqan – savdogar ma’nosini anglatadi) birinchi ilmiy qarashlar tizimi
hisoblanadi.
Bu ta’limotning kelib chiqishiga bir qancha sotsial-iqtisodiy sabablar turtki
bo‘ldi. Avvalo feodal tuzumning yemirilishi, tovar-pul munosabatlarining o‘sishi, fan
va
madaniyatning rivoji, ayniqsa, yangi yerlarning ochilishi, buyuk geografik
kashfiyotlar, mustamlakachilik tizimining paydo bo‘lishi
savdo-sotiqning rivojiga
turtki bo‘ldi.
Merkantilizm, eng avvalo, davlatning iqtisodiy siyosatini ifoda etgan,
uning
amaliy faoliyati uchun tavsiyalar ishlab chiqqan. Ular davlatning iqtisodiyotga faol
aralashuvini qo‘llab-quvvatladilar, yuqori soliq stavkasini va davlat harajatlarini
himoya qildilar.
Bir qancha asr davomida boylikning manbai, halq farovonligining asosi mehnat,
yer,
dehqonchilik, chorvachilik va xunarmandchilik deb tushnilar edi. Lekin XV
asrga kelib, natural xujalikning yemirilishi, tovar-pul munosabatlarining o‘sishi, Fan
va madaniyatning yuksalishi,
Yangi yerlarning ochilishi, buyuk geografik
kashfiyotlar va mustamlakachilik tuzumining paydo bo‘lishi savdoning tez
rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Manna shu davrga kelib, Yevropadagi asosiy mamlakatlar
merkantilizm siyosati ta’sirida edilar.
Merkantilistlar , millatlar xuddi savdogarlar
singari foyda olish uchun bir-birlari bilan raqobat qilishlari kerak deb hisoblardilar.
Xukumat eksportni qonunlar bilan qo‘llab quvvatlashi, sanoatda ish haqi va resrslarga
kam harajat qilishi kerak deb ta’kidladilar. Shu usulda «qulay savdo balansiga»
erishishi mumkin.
«Qulay savdo balansi» deb eksport importdan ortiq bo‘lgan vaziyat tshunilar edi.
Merkantilistlarning fikricha oltin va kumush zahirasining ko‘payishi millat
farovonligining o‘lchovidir.
Dostları ilə paylaş: