11
tovarlar uchun 10 foiz qilib belgilangan. Tovarlar bahosining mavsumga qarab
tebranib turishini bartaraf etish uchun, davlatning
kerak paytda muomalaga
chiqaradigan tovar zaxirasi bo‘lishi kerak. Bu Bilan tovarlar bahosi barqarorligini
ta’minlashga erishiladi.
«Artxashastra»da davlatning moliya muammolarini yechishga katta ahamiyat
beriladi.
Jumladan, daromad solig‘iga katta e’tibor berilgan. Davlat ba’zi ishlarini
rivojlantirishi uchun moddiy va ma’naviy yordam berishi kerak, deyilgan.
Mahsulotga
baho belgilash, davlatning boyishini ta’minlash (foydani oshirib, sarf-
harajatni kamaytirish), hisob-kitobni tartibga solish kerakligi belgilangan. Shu Bilan
birga davlat amaldorlarini tez-tez o‘zgartirib turish kerakligi tavsiya etilgan, chunki
«suvda
suzib yurgan baliq, o‘sha suvdan ichayaptimi, yo‘qmi bilib bo‘lmaganidek,
ishga birkitilgan amaldor mulkni o‘zlashtirayaptimi, yo‘qmi – aniqlab bo‘lmaydi»,
deyiladi asarda.
Qadimgi Hindistonning «Manu qonunlari»da (e.a.IV-III asrlar) ijtimoiy mehnat
tahsimotining hukmronligi va bo‘ysunish institutlarining mavjudligi aytiladi.
Qadimgi Hindistonda yaratilgan «Veda»larda
bir qancha muhim iqtisodiy
g‘oyalar keltirilgan. Ularda xususiy mulk daxlsiz ekanligi qayd etilgan.
Dostları ilə paylaş: