20
MAVZU-4: ILK KLASSIK MAKTABNING VUJUDGA KELISHI
DAVRIDAGI IQTISODIY TA’LIMOTLAR
Klassik iqtisodiy maktabningvujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari.
V.Pettining iqtisodiy ta’limoti.
P.Buagilberning iqtisodiy qarashlari.
Fiziokratlar. F.Kene – fiziokratlar ta’limotlarining asoschisi.
A.Tyurgoning iqtisodiy ta’limoti.
Fiziokratizmning ahamiyati va uning tarixiy taqdiri.
Klassik iqtisodiy maktabningvujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlari.
Merkantilizmning yemirilishi va klassik siyosiy iqtisod maktabining paydo
bo‘lishi Angliyada 17-asrga to‘g‘ri keldi. Buyuk Britaniya dunyoda iqtisodiyoti eng
rivojlangan
mamlakatga
aylandi.
Bu
yerda
manufakturalarning
rivoji
mustamlakalardan
keltirilgan arzon, ko‘p va sifatli xom Ashe hisobiga ro‘y berdi,
tayyor mollar esa o‘sha va boshqa mamlakatlarga olib borilib,
ancha qimmatga
pullagan. Noekvivalent almashuv oqibatida metropoliya boyib borgan. Bu sohada
aynan Angliya yuksak yutuqlarni qo‘lga kiritdi. Agar Angliya hududini 1 deb olsak, u
o‘zidan 120 marta kata bo‘lgan yerni koloniyaga aylantirgan va undan ustalik Bilan
foydalangan. 18-asrga kelib bu yerda kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari faqat
savdoda emas, balki sanoat va qishloq xo‘jaligida ham g‘alaba qozondi.
Xullas, bu davrga kelib iqtisodiy ta’limotlarni
rivojlantirish uchun, ya’ni
iqtisodiyotni ob’ektiv tahlil qilish uchun qulay sharoit yaratildi. Mana shu sharoitda
yashab ijod qilgan V.Petti, A.Smit, D.Rikardo, F.Kene
iqtisodiyotni ilmiy nuqtai
nazardan tadqiq qildilar.
Bu maktabni klassik (mumtoz) deb atalishining asosiy sababi,
eng avvalo,
shundan iboratki, uning ko‘plab nazariy va metodologik
qoidalari chinakam ilmiy,
namunali bo‘lib, ular zamonaviy iqtisodiy nazariya asosini tashkil etadi. «Klassik
maktab» atamasi K.Marks tomonidan berilgan. Klassik siyosiy iqtisod vakillari
tufayli iqtisodiy nazariya ilmiy Fan maqomiga ega bo‘ldi.
Angliyada klassik siyosiy iqtisod maktabining dastlabki vakili V.Petti bo‘lsa,
Fransiyada – P.Buagilber, F.Kene, A.Tyurgo hisoblanadi.
Keyinchalik bu maktkb
ta’limoti A.Smit, D.Rikardo, J.B.Sey, T.Maltus tomonidan rivojlantirildi va J.S.Mill,
K.Marks tomonidan yakunlandi.
Dostları ilə paylaş: