10
dehqonchilik yuritish, ona tabiatni e’zozlash, hayvonlarni asrash, noo‘rin so‘ymaslik,
tuproq sharoitini yaxshilash masalalair yoritilgan.
«Avesto»da …erga yaxshi, sog‘lom urug‘lar sepishdan ortiq savob ish yo‘q…»
deb, xalq xo‘jaligi sohasida dehqonchilikning muhim ahamiyat kasb etishi ko‘rsatib
beriladi. Jumladan, kitobda yer, suv, havoni bulg‘ash, ifloslantirish og‘ir gunoh
hisoblanadi.
4
Shu bilan birga asarda ijtimoiy-iqtisodiy muammolar aks ettirilgan. Masalan,
«yomon ovqatlangan xalq na yaxshi, kuchli ishlovchilarga va na sog‘lom, baquvvat
bolalarga ega bo‘ladi», deb o‘qtiriladi. Shu Bilan birga «yomon ovqatlanishdan odob-
axloq ham aynib ketadi».
Avesto ma’lumotlariga qarab shu davrdagi jamiyatning
ijtimoiy ahvolini bilib
olish mumkin. Bu davrda urug‘ jamoasi yemirilib, dastlabki sinf (kasta)lar paydo
bo‘lganligi ayondir,
ular kohinlar, harbiylar, chorvadorlar va hunarmandlar,
demak
ilk sinfiy jamiyat yuzaga kelayotgan davr bo‘lgan. Aholi ko‘proq yarim
ko‘chmanchilik asosida kun kechirgan. ekstensiv chorvachilik yetakchi edi.
«Avesto»ning to‘liq asl nusxasi saqlanmagan,
uning ayrim qismlari topilgan,
hozirgi davrda rus va o‘zbek tillariga tarjima etilgan.
«Avesto» miloddan avvalgi 9-7 asrlar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy,
ma’naviy hayoti haqida g‘oyat muhim ma’lumotlar beruvchi bebaho obida,
xalqimizning merosiy boyligidir.
Dostları ilə paylaş: