L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


Simond de Sismondning iqtisodiy qarashlari va uning nazariyasi



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#147186
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   135
Kitob 8491 uzsmart.uz

Simond de Sismondning iqtisodiy qarashlari va uning nazariyasi. 
 
Simond de Sismondi (1773-1842) shvesariyalik iqtisodchi, fransuz klassik 
iqtisodiy maktabini nihoyasiga yetkazuvchi va ayni vaqtda mayda ishlab 
chiqaruvchilar iqtisodiy maktabi asoschilaridan biridir. Siyosat bilan unchalik ko‘p 
vaqt shug‘ullanmadi, Fransiya ma’naviy va siyosiy fanlar akademiyasining a’zosi 
etib saylandi. S. Sismondi iqtisod va tarix fanlari sohasida katta ishlarni amalga 
oshirib, boy ilmiy adabiy meros qoldirdi. «Toskani qishloq xo‘jaligining 
ko‘rinishi»(1801), «Savdo boyligi yoki siyosiy iqtisod prinsiplari va ularni savdo 
qonunchiligida qo‘llanish to‘g‘risida»(1803), «Italiya respublikalarining tarixi» 
(1807), 1818 yilda esa Edinburg ensiklopediyasi uchun «siyosiy iqtisod» maqolasini 


 
44 
tayyorladi. Lekin «Siyosiy iqtisod yangi ibtidolari yoki boylikning aholi nufusiga 
munosabatlari to‘g‘risida» (1819) kitobining nashr qilinishi uning shuhratini keskin 
oshirdi. Keyingi yillarda «Siyosiy iqtisoddan etyudlar» (1837 ) va fundamental 
tarixiy asarlar «Fransuzlar tarixi» (31 tom), «Rim imperiyasi qulashining tarixi» va 
boshqa asarlari nashr qilindi. 
S.Sismondi g‘oyalarining shakllanishi sanoat to‘ntarilishi davri bilan bog‘liq 
bo‘lib, u mayda ishlab chiqaruvchilar tomonida turib kapitalizmni tanqid qilib, mayda 
tovar ishlab chiqarishga qaytishni orzu qildi. 
Olim klassik maktab g‘oyalarini qo‘llaydi, kapitalni, inqirozlarni, mahsulotni 
realizatsiya qilish masalalarini tadqiq etadi. U birinchilardan bo‘lib zarur ish vaqti 
tushunchasini joriy etdi. Sismondi 
pul-ichki
qiymatga ega bo‘lgan mehnat mahsuloti 
va shu sababli u qiymatning umumiy mezoni tarzida namoyon bo‘ladi, degan to‘g‘ri 
xulosa chiqaradi. Pulning qadrsizlanishi ortiqcha qog‘oz pullar muomalaga 
chiqarilishi xaddan ortib ketishining natijasideb hisoblaydi. Ammo u pulning vujudga 
kelish jarayonini, uning vazifasini tadqiq etmaydi. Sismondi iste’mol qiymati bilan 
qiymat o‘rtasidagi ziddiyatlarni ko‘ra bilgan bo‘lsa ham, ammo uning mohiyatini 
tushunmadi. U qiymatdan chetga chiqishni qiymat qonunining buzilishi deb 
hisoblaydi. 
S.Sismondi ta’biricha, ijtimoy fan ikki qismdan: 
1.Oliy siyosat
2.Siyosiy iqtisoddan iborat. 
Agar siyosat davlat tarkibini qanday vujudga kelishini, fuqarolarni diyonat va 
din to‘g‘risida tarbiyalashni o‘rgatsa, siyosiy iqtisod xo‘jalikni qanday boshqarishni, 
ijtimoy tartibni saqlashni hukumatga tavsiya qilishi kerak. 
Umuman, siyosiy iqtisod-ma’naviy fan bo‘lib, u odamlarni his tuyg‘ulari, 
ehtiyojlarini va ehtiroslarini o‘rganishi kerak. S Simondining fikricha «odamlarning 
moddiy farovonligi, inson tabiati» siyosiy iqtisod predmeti bo‘lishi kerak, 
«odamlarning moddiy farovonligi esa» davlatga bog‘liq, S.Sismondi siyosiy iqtisod 
predmetini davlatning iqtisodiy siyosati bilan aini bir narsa deb biladi, uni sinflardan 
ustun turadigan fan deb talqin etdi. U ishlab chiqarish munosabatlari, iqtisodiy 
qonunlarni bilish zarurligini inkor qiladi. U insonning fe’l-atvorini birinchi o‘ringa 
qo‘ydi. 
S.Sismondi iqtisodiy qonunlarning sub’ektiv harakterini tan olmadi. U 
kapitalistik iqtisodiyot notekis rivojlanishini xaqli ravishda ko‘rsatgan bo‘lsa ham, bu 
narsa iqtisodiy qonunlar amal qilinishining o‘ziga xos tarzida namoyon bo‘lishi 
ekanini ko‘ra bilmadi. 
S.Sismondi klassik maktabga qarama-qarshi o‘laroq, mayda tovar ishlab 
chiqaruvchilarning 
xonavayron 
bo‘layotganligini «ortiqcha» aholi paydo 
bo‘layetganini, mashinalar ishchilarni siqib chiqarayotganini ko‘rsatdi. S.Sismondi 
klassik maktabning inqirozlar bo‘lishi mumkin emas va kapitalizm ziddiyatlar nima 
ekanligini bilmaydi degan mulohazalarini tanqid qildi. 
Olim o‘z g‘oyasini isbotlashda ishlab chiqarish va iste’mol o‘rtasidagi tafovutni 
1-o‘ringa qo‘yadi. Yirik ishlab chiqaruvchilar iste’moli pasayadi, oqibatda 
mamlakatda inqiroz ro‘y beradi, deydi. Shuning uchun yirik ishlab chiqarishni 
to‘xtatish va mayda ishlab chiqarishga qaytishni taklif etadi, kapitalizmni inkor etadi. 


 
45 
S.Sismondi yakka tartibdagi daromadlardan, boyliklardan olingan foyda va 
ishchi ish haqining yig‘indisi bo‘lgan daromad muammosiga o‘tadi. Bu milliy 
daromad bilan yalpi mahsulotni aynan bir narsa deb bilganligi uning asosiy nazariy 
xatosidir. U kapitalni doimiy va o‘zgaruvchi kapitalga ajrata bildi. Sismondi kapitalni 
milliy daromaddan farqini izohlay olmadi.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin