53
etdilar. Natijada Yangi iqtisodiy g‘oyalar namoyandalari klassik iqtisodiy maktabning
davomchilari sifatida baholanib, ularga neoklassiklar deb nom berildi.
Marjinalizm nazariyasi markazida o‘z foydasini maksimallashtirishga
intiluvchi firma (ishlab chiqaruvchi) va harid qilingan ne’matlardan
maksimal
foydalilik olishga intiluvchi alohida iste’molchi turadi. Marjinalizmning asosiy
kategoriyalari: me’yorli unumdorlik, me’yorli foydalilik, me’yorli harajatlar va b.
Qiymat nazariyasini ilmiy tahlil qilishda yaratilgan eng yuqori foydalilik, ya’ni
marjinalizm ta’limotining keng tarqalishi ham
mana shu olimlar nomi bilan
bog‘liqdir.
Bu boradagi o‘zining ilk fikrlarini (deyarli bir vaqtda, turli davlatlarda)
S.Jevons 1863 yilda nashr etilgan «Siyosiy iqtisod nazariyalari» nomli asarida bayon
etadi. Siyosiy iqtisoddagi yangi yo‘nalishning o‘ziga xos xususiyati shundan iborat
ediki, ular moddiy ne’matlar qiymatini unga zarur bo‘lgan ijtimoiy mehnat chiqimlari
va mehnat
miqdori bilan belgilamasdan, balki tovarning foydaliligi (nafligi) va
noyobliligi bilan bog‘lanadi. «Eng yuqori foydalik» tushunchasini kiritdilar.
Dostları ilə paylaş: