54
yukoridagilardan farqli kapitalizmni faqat bozor munosabatlari bilangina bog‘langan
yakka xo‘jaliklarning mexanik yig‘idisi deb tasvirlab,
mehnatning kiymatni
belgilashdagi rolini inkor etdilar. qadriyat nazariyasi Avstriya maktabining
konsepsiyalarida markaziy o‘rinni oldi, bu nazariya «eng yukori foydalilik» nomini
oldi.
Siyosiy iqtisodda qabul qilingan «tovar» va «qiymat» kategoriyalari ijtimoiy
mazmundan mahrum bo‘lgan «ne’mat» va «qadriyat» kategoriyalari (foydalilik) naf
tushunchalari bilan almashtirildi. Bunda tovarning kadr kimmati shu mahsulotning
foydaliliga va noyobligi bilan o‘lchanadi.
K.Menger, Ye.Byom-Baverk va boshqalar qiymat-ijtimoiy zarur mehnatning
ifodasi, mehnat esa uning birdan-bir manba ekanligi to‘g‘risidagi qoidani noto‘g‘ri
deb e’lon qildilar.
Ular qiymat kategoriyasini sub’ektiv mazmun (kimmat) bilan to‘ldirdilar. Uning
ustun omili sifatida iste’mol qiymat yoki moddiy ne’matlarning foydaliligi (nafi)
qabul etildi. Bem-Baverkning fikricha, Avstriya maktabi iste’mol qiymatiga murojaat
etish orqali qadriyatni «Lozim bo‘lgan
daraxtdan, ildizning o‘zidan» taxlil eta
boshladi.
Shunday qilib Avstriya maktabining iqtisodchilari avalgi davrdagi ilmiy
nazariyaning qiymat-tovarlarning ob’ektiv xususiyati bo‘lib, mana shu xususiyat bu
tovarlarning ichki mazmunini belgilaydi, degan tub qoidani
rad etish orqali qiymat
hosil bo‘lishi jarayonini qayta ko‘rib chiqiladi. Yangi yo‘nalish hozirgi zamon
iqtisodiy ta’limotlari asosidir.
Ular buni baho beruvchilik mulohazalariga va individlarning psixogiyasiga
bog‘liq bo‘lgan sub’ektiv kategoriyaga aylantirib qo‘ydilar. Bu esa navbatdagi yangi
nazariya bo‘lib, bu nazariya qiymatni u hosil bo‘ladigan sharoit va manbadan ishlab
chiqarish va mehnat sohasidan butunlay ajratib qo‘yadi. Byom-Baverkning hamma
mulohazalari jarayonni oydinlashtiradigan, ushbu kategoriyada ifodalanadigan ishlab
chiqarish munosabatlarini kengaytiradigan fikrlar asosiga qurilgan. «Eng yuqori
foydalilik», «noyoblik» nazariyalari Avstriya maktabi va boshqa
yangi konsepsiyalar
uchun asos bo‘ldi, Byom-Baverkning ta’biricha, qadriyat to‘g‘risidagi ta’limot
daromadni taqsimlash, shu jumladan, yer rentasi, ish haqi,
kapitaldan olinadigan
foyda to‘g‘risidagi butun o‘z doktrinasining markaziy bandidir.
Dostları ilə paylaş: