L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


Ijtimoiy takror ishlab chiqarish nazariyasi



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#147186
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   135
Kitob 8491 uzsmart.uz

Ijtimoiy takror ishlab chiqarish nazariyasi 
K.Marks ijtimoiy mahsulotni uch qismga bo‘linadi: 
1. Doimiy kapital (s) – moddiy sarflarga (amortizatsiya, xom ashyo, yoqilg‘i va 
b.); 
2.O‘zgaruvchi kapital (v) – ishchi kuchini sotib olishga bo‘lgan sarflar; 
3. Qo‘shimcha qiymat (m). 
Yalpi milliy mahsulot (SqVqm) bilan, sof milliy mahsulot (Vqm) bilan 
aniqlanadi. Qo‘shimcha qiymat me’yori g= m/ V shaklida keltiriladi.
K.Marks iqtisodiyotni ikki bo‘linmaga bo‘ladi: 
1-bo‘linma ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish, 
2-bo‘linma iste’mol buyumlarini ishlab chiqarish.
Keyin u oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish o‘rtasidagi farqni 
ko‘rsatib beradi. «Oddiy takror ishlab chiqarish» o‘zgarmas bo‘lib, unda sof 
investitsiya nolga teng (F.Keneda oddiy takror ishlab chiqarish). 
Iqtisodiy sikllar 
K.Marks iqtisodiyot rivojlanishi davrida to‘rtta ketma-ket bosqichlarni 
(sikllarni) qamrab oladi: inqiroz, turg‘unlik, jonlanish, iqtisodiy o‘sish (yuksalish). 
Sikli jarayon, K.Marks bo‘yicha, yuksalishdan boshlanadi. Yuksalish davrida 
mehnatga bo‘lgan talab (jamg‘arish sababli) uning taklifidan oshib ketadi; ishsizlik 
tugatiladi va ishchi kuchining nisbatan yetishmasligi sababli ish haqining oshishiga 
olib keladi; natijada foyda kamayadi va jamg‘arish sekinlashadi. 
Renta nazariyasi

K.Marks renta to‘g‘risida nazariya yaratdi. Unigcha, renta yerga bo‘lgan 
mulkchilikni namoyon bo‘lish shaklidir. K.Marks differensial rentani tahlil qilib, bu 
renta ayrim yer uchastkalarining hosildorligi bir-biridan farq qilganda hosil bo‘lishini 


 
52 
ko‘rsatib berdi. Differensial renta ikki shaklda- differensial renta 1 va differensial 
renta 2 shaklida mavjud bo‘ladi.
K.Marks differensial renta bilan birga absolyut rentaning ham amal qilishini 
ko‘rsatib beradi.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin