K. Marks va uning «Kapital asari». Karl Marks (1818-1883) iqtisodiy
ta’limotlar tarixida yorqin iz qoldirdi. Uning bosh iqtisodiy asari «Kapital» bo‘lib,
unda asosiy iqtisodiy g‘oyalar ilgari suriladi.
Uning
tadqiqot
predmetida
iqtisodiyotda
ishlab
chiqarish
sohalari
muammolarining tahlili ustuvordir. Kapitalizm tizimi o‘tkinchi deb qaraladi.
Bazis (ishlab chiqarish munosabatlarining yig‘indisi) va ustqurma (huquq,
ideologiya, siyosat, din va b.) to‘g‘risidagi konsepsiya olim uslubiyotida markaziy
o‘rinni egallaydi. Unga ko‘ra ishlab chiqarish yetakchi hisoblanadi, formatsiyalar
to‘g‘risidagi fikrda esa kapitalistik jamiyatning o‘tkinchiligi ko‘rsatiladi, bunga
asosiy sabab ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulk va bozor anarxiyasidir. Yangi
jamiyat sotsializm va kommunizm bo‘lib, unda ishlab chiqarish vositalari xususiy
o‘zlashtirish ob’ekti bo‘lmaydi.
Ijtimoiy formatsiyalar nazariyasi K.Marks o‘z ta’limotida ijtimoiy taraqqiyotning 3ta bosqichini ko‘rsatib berdi:
1) arxaik (birlamchi) formatsiya: sinfiy jamiyatgacha bo‘lgan jamoa.
2) iqtisodiy (ikkilamchi) formatsiya: sinfiy jamiyat; xususiy
mulkchilikka asoslangan antik, feodal va kapitalistik ishlab chiqarish usuli.
3) Kommunistik formatsiya: sinfsiz jamiyat, ya’ni kommunistik
jamiyat.
K.Marksning mashhur «Kapital» asari uning hayoti mazmunini tashkil etdi. U
4 tomdan iborat bo‘lib, 1chi tomi 1867 yili nashr etildi, 2chi (1885y.) va 3chi
(1894y.) tomlari K.Marks o‘limidan keyin F.Engels tomonidan Chop etildi. 4chi tom
tugatilmay qoldi va chop qilinmadi.
«Kapital»ning birinchi va uchinchi tomi – kapital ishlab chiqarish jarayoniga
bag‘ishlangan edi;
ikkinchi tomi – kapitalning muomala jarayoni tadqiq etildi;
to‘rtinchi tom – («Qo‘shimcha qiymat nazariyasi») iqtisodiy ta’limotlar
tarixiga bag‘ishlangan edi.