L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


Institutsionalizm yo‘nalishi



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#147186
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   135
Kitob 8491 uzsmart.uz

Institutsionalizm yo‘nalishi. 
Ijtimoiy-institutsional yo‘nalishning boshlanishi X1X asrning oxirlariga to‘g‘ri 
keladi va XX asr 20-30 yillarida AQSH da keng tarqalgan. 
Iqtisodiy ta’limotlardagi institutsionalizm yo‘nalishi AQShda 20-asrning 20-
30yillarida keng tarqaldi. Bu yo‘nalish nomi lotincha «instituto» - urf-odat
ko‘rsatma, muassasa so‘zidan olingan va kapitalizmning imperializm bosqichiga 
o‘tishi bilan bog‘liq ravishda ro‘y berdi (sanoat va moliya monopoliyalari
korxonalarning yiriklashuvi va b.). Institutsionalistlar moddiy omillar bilan birga 
ruhiy, ma’naviy, huquqiy va boshqa omillarni iqtisodiyotning harakatlantiruvchi 
kuchi deb hisobladilar. 
Yo‘nalish 
vakillarining 
fikricha 
institutlar 
jamiyat 
rivojlanishining 
harakatlantiruvchi kuchlari bo‘lib xizmat qiladi. Ob’ektiv iqtisodiy qonunlar tan 
olinmaydi. Xususiy mulk, soliq, pul, kredit, foyda va savdo kabi iqtisodiy 
kategoriyalar jamiyat ruhining paydo bo‘lishi shakli hisoblanadi. 
Bu yo‘nalishdagilar ma’lum guruhlarning odat, an’analari, yurish-turishi, o‘ylash 
usullari, huquqiy-ahloqiy va boshqa ko‘rinishlar evolyutsiyasini tadqiq qiladilar. 
Institutsionalizm evolyutsiyasi uch davrga bo‘linadi.
1. Eski negativ maktab (20-30 yillar) - T.Veblen (1857-1920), J.R.Kommons 
(1862-1945), 
U.Mitchell 
(1874-1948), 
J.Gobson 
(1858-1940), 
U.Gamilton 
g‘oyalarida namoyon bo‘ldi. Iqtisodiy jarayonlar turli tushunchalar asosida bayon 
qilinadi. Masalan, Veblen iqtisodiy jarayonlarni ruhshunoslik, biologiya va 
antropologiya bilan bog‘laydi. Kommons - ruhshunoslik huquqini , Mitchell - 
antropologiya va matematika hisob-kitoblarini ustun qo‘yadi. 
2. Kechki institutsionalizm (1 jahon urushidan keyin) J.M.Klarkning «Iqtisodiy 
institutlar va insonlar farovonligi» asarlarida, G.A.Berlining «Mulksiz hokimiyat» va 
«XX asr kapitalistik inqilobi» asarlarida, G.Minzning aksionerlar soni ortishi, kapital 
mulkning kapital funksiyadan ajralish jarayoni haqidagi maqolalarida qayd etilgan.
3. Neoinstitutsionalizm 60-70 yillardagi ijtimoy institutsional yo‘nalish. 
Amerikalik nazariyotchi L.Lou, shvesiyalik iqtisodchi G.Myurdal tomonidan ishlab 
chiqarilgan. J.K.Gelbreyt va R.Xeylbroner tomonidan rivojlantirilgan. Iqtisodiy 
jarayonlar rivoji industriya va texnokratiya rolining o‘sishi bilan bog‘liq qaraladi. 
Ijtimoy hayotga asoslanib, iqtisodiy jarayonlar borishi tushuntiriladi. 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin