L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


Tavsiya etiladigan adabiyotlar



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#147186
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   135
Kitob 8491 uzsmart.uz

Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1.
Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. T., O‘zbekiston, 1998. 
2.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. T., Fan, 1997. 
3.
Razzoqov A. va boshq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. Darslik. T., Moliya, 
2002. 341-354b. 
4.
Islomov A. va boshq. Iqtisodiy ta’limotlar tarixi. O‘quv qo‘llanma. T., 
O‘zbekiston, 2003. 187-199b. 
 
MAVZU 8: JON MEYNARD KEYNS TA’LIMOTI VA KEYNSCHILIK 
 
J.M.Keyns ta’limoti. 
J.M.Keynsning «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» asari. 
Yangi keynschilik. 
Keyns g‘oyalarining hozirgi davrdagi ahamiyati. 
Keynschilik onsepsiyasining Monetarizmdan farqi. 
 
J.M.Keyns ta’limoti. 
Jon Meynard Keyns (1883-1946) – hozirgi zamonning buyuk olimi-
iqtisodchisi. Uning dunyoqarashi o‘zi oldin bilim olgan, keyin o‘qituvchilik qilgan 
Kembridj universitetida shakllandi. U A.Marshall qo‘lida ta’lim oldi. Ammo uning 
izidan bormadi, o‘ziga xos yo‘nalishda nazariya yaratdi. 


 
61 
J.M.Keyns o‘z tadqiqotlari asosida bir qator asarlarni nashr etdi. Ular 
«Ehtimollar to‘g‘risida traktat» (1921), «Erkin tadbirkorlikning tugatilishi» (1926), 
«Pul to‘g‘risida traktat» (1930) va b. Uning «Ish Bilan bandlik, foiz va pulning 
umumiy nazariyasi» nomli asosiy asari 1936 yili Chop etildi. Bu asarlardagi bosh 
masala kapitalizmni oqlash, uning inqirozlarsiz rivojini ta’minlashning abadiyligini 
isbotlashga urinishdir. 
Keyns ta’limotining asosiy va Yangi g‘oyasi shuki, bozor iqtisodiy 
munosabatlari tizimi mukammal va o‘z-o‘zini avtomatik ravishda tartibga sola 
olmaydi. Shu sababli maksimal darajada bandlikni va iqtisodiy o‘sishni faqat 
davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi ta’minlay oladi.
2. J.M.Keynsning «Ish Bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» nomli 
asosiy asari 1936 yil Chop etildi. Iqtisodchilarning ta’kidlashicha, J.M.Keynsning 
Ushbu asari 20-asr iqtisodiy fanida katta burilish yasadi va ko‘p jihatdan hozirgi 
davrda ham mamlakatlar iqtisodiy siyosatini ifodalaydi.
J.M.Keyns birinchi bo‘lib makroiqtisodiy uslubni qo‘lladi, ya’ni xalq xo‘jaligi 
yalpi miqdorlari: ijtimoiy mahsulot, yalpi jamg‘arma, yalpi investitsiya, jami iste’mol 
harajatlari va b. o‘rtasidagi bog‘liqlik va nisbatlarni tadqiq etdi. 
Keyns o‘z tahlilining boshlang‘ich nuqtasi qilib ish Bilan bandlik muammosini 
tanladi, chunki ishsizlik o‘sha paytda nihoyatda ko‘paygan edi. Aynan iste’mol 
buyumlariga talabning kamligi bahoning pasayishini va taklifning qisqarishini 
keltirib chiqaradi, bu esa ish joylarining kamayishiga olib keladi.
Keyns asarning boshidayoq klassik maktab ta’limotiga qarshi ekanligini bayon 
etdi. 
J.M.Keyns fikriga ko‘ra, inqiroz paytida davlat yalpi talabni pul-kredit va 
byudjet siyosati vositasi yordamida tartiblab turishi kerak. U, eng avvalo, xususiy 
investitsiyalarni 
rag‘batlantirishga asosiy e’tiborni qaratdi. Yalpi talabni 
rag‘batlantiruvchi vositalardan biri kambag‘allar, ya’ni jamg‘armaydiganlar uchun 
soliqlarni kamaytirish, boylar uchun esa soliq stavkasini oshirish (bu jamg‘armani 
kamaytiradi) taklif qilindi.
J.M.Keyns insonning psixologik moyilligini o‘rganib, uni daromad o‘zgarishi 
bilan bog‘laydi. Iste’mol o‘zgarishi bilan daromad o‘zgarishi o‘rtasidagi nisbatni 
iste’molga bo‘lgan me’yorli moyillik, deb ataydi va uni qo‘yidagi formula bilan 
ifodalaydi: 
MRS = delta S / delta Y 
Agar daromad o‘zgarsa, iste’mol ham shu yo‘nalishda o‘zgaradi, lekin iste’mol 
o‘zgarishi daromad o‘zgarishi darajasidan past bo‘ladi.
Iste’mol va umumiy daromad o‘rtasidagi nisbatni u iste’molga bo‘lgan o‘rtacha 
moyillik deb atadi: 
ARS = S / Y 
Shu bilan birga J.M.Keyns o‘z nazariyasida jamg‘armaga bo‘lgan moyillik 
tushunchasini ham ilgari surdi. 


 
62 
MRS = delta S / delta Y, 
va
ARS = S/ Y 
Agar umumiy daromad oshsa, unda kishilar ushbu oshgan daromadning bir 
qismini iste’molga sarflasalar, ikkinchi qismini jamg‘aradilar, ya’ni 
Delta S q delta S = delta Y. 
J.M.Keynsning asosiy psixologik qonuniga muvofiq, daromadlarning o‘sib 
borishi bilan jamg‘armaga bo‘lgan moyillik oshib boradi, ya’ni milliy daromadning 
jamg‘ariladigan qismi ko‘payadi.
Milliy daromad 

100 
200 
300 
400 
500 
Iste’mol (S) 
50 
100 
150 
200 
250 
300 
Jamg‘arma (S) 
-50 

50 
100 
150 
200 
Keyns jamg‘arma va investitsiya o‘rtasida bog‘liqlikni aniqlab, agar jamg‘arma 
bilan investitsiya o‘rtasida katta, sezilarli uzilish paydo bo‘lsa, u o‘z navbatida 
iqtisodiy inqirozga olib kelishini isbotlab berdi. Agar investitsiyalar jamg‘armalardan 
kam bo‘lsa, u holda yalpi talab taklifdan kam va milliy daromad kamaya boradi. Agar 
investitsiyalar jamg‘armalarga teng bo‘lsa, yalpi talab taklifga teng va milliy daromad 
darajasi o‘zgarmay qoladi.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin