L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#147186
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   135
Kitob 8491 uzsmart.uz

Multiplikator 
J.M.Keyns investitsiyalarning ko‘payishi bilan milliy daromadning ko‘payishi 
o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qildi. Investitsiyalarning ko‘payishi milliy daromadning 
o‘sishiga olib keladi va u qo‘yidagi formula ko‘rinishida ifodalanadi: 
D. Y = D. I 
Investitsiyalarning ko‘payishi va uning natijasida milliy daromad va aholining 
ish bilan bandligining o‘sishi maqsadga muvofiq iqtisodiy samara sifatida ko‘riladi. 
Iqtisodiy samara multiplikator deb ataladi. Multiplikator – bu son koeffitsiyenti 
bo‘lib, daromad o‘sishi bilan ushbu o‘sishni yuzaga keltirgan investitsiyalar o‘simi 
o‘rtasidagi nisbatni ifodalab beradi. Multiplikator atamasini birinchi marta ingliz 
iqtisodchisi R.Kan 1931 yili ishlatgan (ish bilan bandlik sohasidagi multiplikator). 
M = dY / d I, yoki
M = 1/MRS 
Multiplikator nazariyasiga ko‘ra, kishilarning jamg‘armaga bo‘lgan moyilligi 
qancha ko‘p bo‘lsa, multiplikatorning ahamiyati shuncha kam bo‘ladi. To‘la ish bilan 
bandlik sharoitida multiplikator amal qilmaydi, negaki bo‘sh turgan resurslarning 
bo‘lmaganligi sababli ishlab chiqarishni ortiqcha kengaytirib bo‘lmaydi.
Keyns bir qancha hisob-kitoblarga asoslanib, AQShning multiplikatorini 
aniqladi, u 2,5 ga teng ekan. Bu daromadlar o‘sishi investitsiyalar ortishidan 2,5 


 
63 
marta ortiq degani, ya’ni 1 dollar investitsiya 2,5 dollar daromad keltiradi (ish bilan 
bandlikni o‘stirish – asosiy maqsad). 
Likvidlik ustunligi nazariyasi 
D.M.Keyns «likvidlik usutnligi» (odam o‘zida naqd pul bo‘lishini xohlash) 
tushunchasini kiritdi. O‘z ishlarining yurishib ketishidan xavotirlanish, kelajakka 
ishonmaslik kishilarni naqd pul saqlashga undaydi. Kishilarning o‘z uylarida naqd 
pul zaxiralarini ushlab turishi, J.M.Keyns bo‘yicha, qo‘yidagi sabab (motiv)larga 
bog‘liq: 

harid qilish zarurligi (transaksion motiv); 

kutilmagan vaziyat uchun (ehtiyot shartdan); 

olib sotarlik sababi. 
Likvidlikka bo‘lgan talab bilan foiz stavkasi o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud: 
foiz stavkasi qancha yuqori bo‘lsa, odamlarda o‘z aktivlarini naqd shaklda saqlashga 
bo‘lgan xohish shuncha kam bo‘ladi va aksincha. 

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin