L. N. Xalikova, U. R. Mavlonova


Birinchi davrdagi iqtisodiy g‘oyalar uch oqimga bo‘linadi



Yüklə 1,33 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/135
tarix22.09.2023
ölçüsü1,33 Mb.
#147186
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   135
Kitob 8491 uzsmart.uz

Birinchi davrdagi iqtisodiy g‘oyalar uch oqimga bo‘linadi

1.Ijtimoiy-psixologik (T.Veblen). 
2.Ijtimoiy-huquqiy (Jon R.Kommons). 
3.Emperik yoki kon’yuktura-statistik (U.Mitchell). 


 
59 
Institutsional g‘oyalar evolyutsiyasining birinchi davridagi ijtimoiy-iqtisodiy 
qarashlarini uchta asosiy oqimlarga ajratish mumkin. 
Institutsionalizmning vatani AQSH, uning asoschisi Torsten Veblen (1857-1929) 
hisoblanadi. Zamonaviy institutsionalizm yo‘nalishining dastlabki ko‘rinishlari 
T.Veblenning «Bekorchilar sinfi nazariyasi» (1899) asarida izohlab berilgan. 
Bu asarda u kapital egalarini bekorchilar sinfiga kiritadi. Kapital egalarini faqat 
o‘z kapitallariga keladigan foyda qiziqtiradi, ular o‘z kapitallarini ishlab chiqarishga 
ko‘ymaydilar, balki faqatgina kreditga beradilar. Ularning daromad manbai real 
sektor emas, balki moliya sohasida aylanib turuvchi qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi. 
Ishchilar va ishlab chiqarishni tashkil etuvchilarni unumli sinfga kiritadi.
Shuningdek, u mavjud tuzumni isloh va modernizatsiya qilishga intiladi
jamiyatda ilmiy-texnika inqilobini kuchaytirish, hokimiyatni texnik intelligensiya 
qo‘liga berish bilan hal etishni taklif qiladi. T.Veblen Yangi jamiyat qurishni va unda 
texnika-texnologiya ahamiyatini ustun qo‘yadi. 
2. Jon Kennet Gelbreyt (1909 yilda tug‘ilgan) o‘zining «Yangi industrial 
jamiyat» (1967) nomli asosiy asarini iqtisodiyotda «texnostruktura»ning tahlili va 
roliga 
bag‘ishlandi. Texnostruktura deganda, J.K.Gelbreyt fikriga ko‘ra, 
texnologiyalar bo‘yicha olimlarni, konstruktorlarni, mutaxassislarni o‘z ichiga 
oluvchi jamiyat qatlamlari, boshqaruv, moliya va umuman olganda, yirik 
korporatsiyalarning normal ishlashini ta’minlash uchun kerak bo‘lgan barcha narsalar 
tushuniladi. 
Zamonaviy korporatsiyalarda real iqtisodiy hokimiyat kapital egalari va 
menedjerlarga emas, balki texnologik bilim egalari – texnostrukturaga tegishli 
bo‘ladi. Chunki zamonaviy jamiyatda eng noyob resurs – bu axborot, Fan-texnika 
(yer va kapital emas) hisoblanadi. Shuning uchun real hokimiyat texnostruktura 
qo‘lida. Insonning jamiyatdagi o‘rni, mavqei va nufuzi endi uning mulkiy boyligidan 
ko‘ra malakasi va bilim darajasiga ko‘proq bog‘liq bo‘ladi.
U shuningdek mayda va o‘rta tadbirkorlarni, uy-joy quruvchilarni, tibbiy 
xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchilarni, qishloq xo‘jaligi va san’atda ish bilan 
band bo‘lganlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashini talab qilib chiqdi. Bu esa 
ishlab chiqarish va xususiy investitsiyalarning barqarorlashuviga olib keladi. 
Davlatning aralashuvi inflyatsiyani to‘xtatish uchun ham zarur.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin