kayfiyatni ifodalabgina qolmay, balki uni o’zgartirishga ham ta’sir ko’rsatadi.
Demak, tashqi hotirjamlik va sabr-toqatni namoyon etish.
2 – qoida.
O’zini tutish bilan sherigiga ta’sir ko’rsatish.
Affekt holatni
yo’qotish uchun kelishmovchilik ishtirokchisining yuziga jimgina qarab turish va
shu yo’l bilan uning holatini o’rganib chiqish juda qo’l keladi.
3 – qoida.
Suhbatdoshning hulq–atvori motivlarini tushunishga harakat
qilish. Vaziyatni fikran tahlil qila bilish orqali hissiy qo’zg’alish pasaytiriladi.
YAhshisi, bu qiyin ahvolni tushunayotganligini ifodalash, (“Men sening (Sizning)
ahvoling(iz)ni tushunib turibman va sh.k.”) yoki o’zining munosabatini ifodalash
(“Meni tashvishlantiradi”) kerak. Demak, hatti-harakatni
darhol baholashga
o’tmang, avvalo yuz bergan holatga o’z munosabatingizni bildiring.
4 – qoida.
Maqsadni uyg’unlashtirish. O’zini o’quvchi bilan bog’lab turgan
narsani mumkin qadar oldinroq anlab etish. Birgalikdagi hatti–harakatlarning
umumiy nuqtasini ko’rib, ”biz” degan pozitsiyaga o’tish.
5 – qoida.
To’g’ri qaror qabul qilish uchun o’z pozitsiyasini ishonch bilan
mustahkamlash. Nihoyat,
ziddiyatni hal qila turib, hayolan unga qaytish va uni
keltirib chiqargan sabablar haqida o’ylash, yana shunday
ziddiyatlarning kelib
chiqishi oldini olish. Zero, ziddiyatlarni hal etishdan ko’ra undan qochish
afzalroqdir.