N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov


 §. Atrof – muhitni muhofaza qilish to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

 
2 §. Atrof – muhitni muhofaza qilish to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar 
Inson va atrof – muhit o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlar keskinlashgan, fan 
texnika jadal rijovlanayotgan davrda tabiatni muhofaza qilish eng asosiy 
muammolardan hisoblanadi. Tabiatni muhofaza qilish tushinchasi insonning atrof – 
muhitga salbiy ta‘siri yuzaga kelgan uzoq o‗tmishdan yaxshi ma‘lum. 
Atrof muhitning hozirgi zamon ekologik muhofazasi bosqichi insonning 
tabiatga ta‘siri umumjahon miqyosiga yetgan XX asrning o‗rtalaridan boshlangan. 
Tabiatdan foydalanish, uni o‗zgartirish va tabiatni muhofaza qilish o‗zaro 
chambarchas bog‗langan jarayonlar hisoblanadi. Tabiatni muhofaza qilishning 
hozirgi asosiy vazifalari – tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, chiqindisiz ishlab 
chiqarishni joriy qilish, atrof – muhitni ifloslanishdan saqlash, salbiy o‗zgarishlarni 
bashorat qilish va ularni oldini olishdan iborat. 
Atrof – muhitni muhofaza qilishda tabiatdagi jarayon va hodisalarning uzviy 
bog‗liqligini resurslardan foydalanishda maxalliy sharoitlarni hisobga olish, bir resurs 
yoki tabiat komponentlarini muhofaza qilish orqali boshqa komponentlarning ham 
muhofazasini ta‘minlash ishlab chiqarishning oldiga qo‗ygan asosiy vazifasidir. 
Tabiatni muhofaza qilish termini XX asrning birinchi 10 – yilligidan keyin 
keng tarqala boshladi. 
Hozirgi kunda atrof muhit muhofazasi jahonda eng katta, ya‘ni global 
muammolardan biri bo‗lib qoldi, chunki insoniyat bu muammoni yechmasdan turib 
kelajak avlodning sog‗lom bo‗lishiga erishib bo‗lmasligini ona yer va tabiatimizning 
muvozanatini buzilib ketishini tushinib yetdi, shuning uchun dunyoning barcha 


257 
mamlakatlari bu muommoni yechishga erishgan va bu borada bir qancha tashkilotlar 
tuzilib tadbirlar o‗tkazilmoqda. 
M.S.O.P - tabiat va tabiiy resurslar muhofazasi bo‗yicha xalqaro ittifoq 1948 
yil oktabr oyida Fransiyaning Ranteblo konferensiyasida tashkil etilgan. 
M.F.O.P – tabiatni o‗rganish va muhofaza qiish bo‗yicha yoshlarning xalqaro 
tashkiloti. 
Y.N.E.P 
– BMT tomonidan 1972 yil Shvetsariyaning Stokgolm 
konferensiyasida atrof – muhit muhofazasi maqsadida tuzilgan xalqaro tashkilot. 
M.P.G.K - geologik korrelyatsiya xalqaro tashkiloti atrof – muhit va tabiiy 
resurslar muammolarini, avvalo geologik muammolarni hal qilishga qaratilgan. 
O‗zbekiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilishga daxldor bir qator 
qonunlar chiqarilgan, jumladan: 
1.
O‗zbekiston Respublikasining konstitutsiyasi (8 dekabr, 1992 yil). 
2.
O‗zbekiston Respublikasining o‗rmon kodeksi (26 iyun, 1978 yil). 
3.
Xayvonot dunyosidan foydalanish va uni muhofaza qilish to‗g‗risida (1981 
yil). 
4.
Yer yuzasida (1990 yil). 
5.
O‗zbekiston Respublikasida Davlat sanitar nazorati to‗g‗risida (3 iyul 1992 
yil). 
6.
Tabiatni muhofaza qilish to‗g‗risida (9 dekabr 1992 yil). 
7.
Suv va suvdan foydalanish to‗g‗risida (6 may 1993 yil). 
8.
Aloxida muhofaza qilinadigan xududlar to‗g‗risida (7 may 1993 yil). 
9.
Yer osti qazilmalari to‗g‗risida (20 sentabr 1994 yil). 
10.
O‗zbekiston Respublikasida atmasferv xavosining muhofaza qilish 
to‗g‗risida (26 dekabr 1996 yil). 
Ushbu chiqarilgan qonunlar va kodekslar atrof muhitni va tabiatni muhofaza 
qilish uchun muxim omillardan hisoblanadi. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin