N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


262 
Glossariy 
Absorbsiya –
eritma yoki gaz aralashmasidagi modda (absorbat)larning qattiq 
yoki suyuq jism (absorbent)larga yutilishi. Gazlarning suyuqliklarda absorblanishidan 
neftni qayta ishlash, koks-benzol va boshqa sanoat sohalarida foydalaniladi. 
Absorbsiyaga qarama-qarshi jarayon desorbsiya deyiladi. U eritmaga singigan gazni 
ajratib olish va absorbentni regeneratsiya qilishda foydalaniladi.
Absorbsiya kalonnasi – 
gaz aralashmasidagi ayrim komponentlarni suyuq 
absorbent yordamida yuttirish yo‗li bilan ajratishni ta‘minlaydigan issiqlik 
almashtiruvchi apparat. Bu apparat oltingugurt, ammiak, xlor ishlab chiqarish 
korxonalarida-tabiiy gazlarni quritish va tozalashda, gazdan benzin olishda keng 
foydalaniladi. 
Adsorbsiya – 
eritmadagi moddalar va gazlarning qattiq jism yoki suyuqlik 
sirtiga yutilishi (adsorbsiya). Adsorbsiyalanadigan modda adsorbat, adsorbsiyaga 
o‗tadigan jins «adsorbent» deyiladi. Adsorbsiya suv, gazlarni tozalashda qo‗llaniladi. 
Gazlarni adsorbsion usulida tozalash – 
nordon komponent (H
2
S, CO
2
) larni, 
oltingugurt, organik birikma va boshqa aralashmalarni adsorbent orqali singdirib 
selektiv yo‗l bilan so‗rib olish. Bu neft va gaz ishlab chiqarish korxonalarida keng 
foydalaniladi. 
Kon (uglevodorod konlari)
– Xududiy jihatdan bir maydonda joylashgan, 
tektonik tuzilma yoki boshqa turdagi tutqichlar bilan bog‗liq bo‗lgan – bir yoki bir 
nechta uyumlar. 
Gaz koni
– bir yoki bir nechta gaz uyumlaridan tashkil topgan kon. 
Gazkondensat koni 
– Gazkondensat uyumlaridan tashkil topgan, ular bilan 
birgalikda kesimda kondensat va gaz uyumlari uchrashi mumkin bo‗lgan konlar. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin