262
Glossariy
Absorbsiya –
eritma yoki gaz aralashmasidagi modda (absorbat)larning qattiq
yoki suyuq jism (absorbent)larga yutilishi. Gazlarning suyuqliklarda absorblanishidan
neftni qayta ishlash, koks-benzol va boshqa sanoat sohalarida foydalaniladi.
Absorbsiyaga qarama-qarshi jarayon desorbsiya deyiladi. U eritmaga singigan gazni
ajratib olish va absorbentni regeneratsiya qilishda foydalaniladi.
Absorbsiya kalonnasi –
gaz aralashmasidagi ayrim komponentlarni suyuq
absorbent yordamida yuttirish yo‗li bilan ajratishni ta‘minlaydigan issiqlik
almashtiruvchi apparat. Bu apparat oltingugurt, ammiak, xlor ishlab chiqarish
korxonalarida-tabiiy gazlarni quritish va tozalashda, gazdan benzin olishda keng
foydalaniladi.
Adsorbsiya –
eritmadagi moddalar va gazlarning qattiq jism yoki suyuqlik
sirtiga yutilishi (adsorbsiya). Adsorbsiyalanadigan modda adsorbat, adsorbsiyaga
o‗tadigan jins «adsorbent» deyiladi. Adsorbsiya suv, gazlarni tozalashda qo‗llaniladi.
Gazlarni adsorbsion usulida tozalash –
nordon komponent (H
2
S, CO
2
) larni,
oltingugurt, organik birikma va boshqa aralashmalarni adsorbent orqali singdirib
selektiv yo‗l bilan so‗rib olish. Bu neft va gaz ishlab chiqarish korxonalarida keng
foydalaniladi.
Kon (uglevodorod konlari)
– Xududiy jihatdan bir maydonda joylashgan,
tektonik tuzilma yoki boshqa turdagi tutqichlar bilan bog‗liq bo‗lgan – bir yoki bir
nechta uyumlar.
Gaz koni
– bir yoki bir nechta gaz uyumlaridan tashkil topgan kon.
Gazkondensat koni
– Gazkondensat uyumlaridan tashkil topgan, ular bilan
birgalikda kesimda kondensat va gaz uyumlari uchrashi mumkin bo‗lgan konlar.
Dostları ilə paylaş: