264
Joriy gaz beraolishlik koeffitsienti
– hozirgi davrgacha olingan gaz hajmini
uyumning qatlamdagi boshlang‗ich zaxirasiga nisbati.
Yakuniy gaz beraolishlik koeffitsienti
– gidrodinmik va texnik-iqtisodiy
hisoblar natijasida konni ishlash mumkin bo‗lgan davrlarda aniqlangan jami qazib
olinadigan gaz miqdorini boshlang‗ich gaz zaxirasiga nisbati.
Hisoblangan kondensat beraolishlik koeffitsienti
– qatlam tizimini
differensial kondensatsiyalanish egri chizig‗i bo‗yicha hisoblangan ishlashning
so‗ngigacha qatlamdan olinadigan jami kondensat miqdorini, potensial (balans)
zaxiraga nisbati.
Saykling-jarayon
– qatlamdan qazib olingan va kondensati ajratib olingan
gazni, teskari kondensatsiyalanishni oldini olishda qatlam bosimini tushish sur‘atini
kamaytirish maqsadida va bu yo‗l bilan kondensatni to‗laroq qazib olish uchun,
qisman yoki to‗liq qatlamga haydash.
Gazlilikning tashqi chegarasi
– Gaz-suv tutashmasi va gazli qatlam usti
chiziqlarining kesishish chizig‗i proyeksiyasi.
Gazlilikning ichki chegarasi
– Gaz-suv tutashmasi va gazli qatlam osti
chiziqlarining kesishish chizig‗i proeksiyasi.
Gazlilikning boshlang‘ich chegarasi
– Gaz uyumini ishlash boshlanguncha
tashqi va ichki gazlilik chegarasining holati.
Dostları ilə paylaş: