N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov


 Kislotali ishlov berishda mexnat muhofazasi va texnika xavfsizligi



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

 
1.4. Kislotali ishlov berishda mexnat muhofazasi va texnika xavfsizligi
Tuz kislotasi bilan quduqlarga ishlov berish alohida extiyotkorlikni talab 
qiladi. xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilmaslik turli xil oqibatlarni, ya‘ni 
zaxarlanish, kuyish va to‗liq mexnat qilish qobiliyatini yo‗qotilishi holatlarini keltirib 
chiqaradi. 
25% li HCl kislota eritmasi havodagi namlik miqdori bilan birikib havoda 
tuman hosil qiladi. Bu tumanning bir qismi odam nafas olganda o‗pkasiga tushib 
nafas olish yo‗llariga ta‘sir qiladi va zaxarlanishni keltirib chiqarishi mumkin. 
Tuz kislotasi odamning himoyalangan tana qismlariga tushib kuydirishi 
mumkin. Kuchli konsentratsiyali kislota aniqlansa asosiy xavfni nomoyon qiladi. 
Konsentratsiyalangan kislotani quyish maxsus sifon yoki o‗zi oqar quvurlar orqali 
amalga oshirilishi kerak. 
Tuz kislotasi bilan ishlanganda himoya ko‗zoynaklari va rezina qo‗lqoplarni 
kiyish zarur. 
Ko‗zga kislota tomchilari sachraganda iloji boricha tezroq ko‗proq suv bilan, 
keyin soda eritmasi bilan yuvish kerak. Kislota tana qismlariga tushgan taqdirda shu 
joyni ko‗proq miqdordagi suv bilan yuvib tashlash kerak. 
Kislota bilan ishlaganda eritma yaqinida kislota tomchisi tushgan tana 
qismlarini yuvish uchun 5l dan kam bo‗lmagan soda eritmasi va 1l dan kam 
bo‗lmagan bor kislotasi eritmasi bo‗lishi shart. 
Kislotani quduqqa haydashdan oldin quduq usti jihozlari ishchi bosimidan 1,5 
barobar yuqori bosimda mustahkamlikka sinab ko‗rilishi kerak. 
Kislota va ishqorlardan kuyish. Kimyoviy kuyish sodir bo‗lganda kuydiruvchi 
moddani tanadan yuvib tashlash kerak. Birinchi darajali kuyish sodir bo‗lganda teri 
bo‗lsa, terini zaxarlash xavfi bo‗lmasa unda kuygan joyga ichadigan sodadan sepish 
kerak yoki o‗simlik moyi surtish kerak. Ikkinchi darajali kuyishda pufakchalar paydo 
bo‗ladi, ularni umuman teshish yoki ochish mumkin emas. Kuygan joyni birorta latta 


256 
bilan boylash yoki 10% margansovkali kaliy suyuqligi bilan to‗yingan tozalangan 
bint bilan bog‗lash kerak, uchinchi darajali kuydaganda ham xuddi shunday yordam 
ko‗rsatiladi. 
Kuygan paytda kiyimlarni va poyabzallarni juda ehtiyot bo‗lib yechish kerak, 
yaxshisi kesib olish ma‘qul. Kuygan qismini paketdan qilingan tozalangan mato bilan 
bog‗lab, uni tibbiy yordam punktiga jo‗natish kerak. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin