43
davomida malakasiz va sinalmagan ishchi kuchlaridan keng ko‘lamda
foydalanib, shuningdek bunda qo‘l kuchi yordamida bajariladigan ishlarning
umumiy ulushi kuzatiladi va buning natijasida barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlar
tushishi qayd etiladi. Bu uslubdan foydalanish asosida davlat miqyosidagi va
kooperativ korxonalar va tashkilotlarda kapital qurilish ishlari bo‘linmalari
(boshqarmalari) (Kapital qurilish bo‘linmasi – KQB,
Kapital qurilish
boshqarmasi – KQB) ish olib boradi, shuningdek bunda nisbatan kichik kenja
bo‘linmalar – ya’ni, qurilish uchastkalari va brigadalardan foydalaniladi. Bir
qator katta korxonalarda mustaqil qurilish – montaj tashkilotlari (QMT)
mavjudligi qayd qilinadi. Masalan, mustaqillik yillarida temir yo‘l
sohasida
avval tarqatilgan va keyinchalik yo‘l xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan xo‘jalik
uslubida bir qator yangi qurilishlar amalga oshirilgan, ehtiyoj tufayli,
keyinchalik qurilish tresti qaytadan tuzilgan. Bu holda ishlarni amalga oshirish
va olingan natijalar pudrat
uslubiga yaqinlashtiriladi, chunki buyurtmalar
uzluksiz kelib turishi trestda muqim ishlaydigan kadrlar va moddiy-texnika
bazasini tuzish va idora qilish imkoniyati paydo bo‘lgan.
Xo‘jalik uslubida ishlarni amalga oshirishning
ijobiy sifatlariga
foydalanishdagi sanoat miqyosidagi korxonalarda joriy ta’mirlash–qurilish
ishlarini bajarish talab qilingan vaziyatida (joriy va foydalanishdagi ta’mirlash,
qurilmalarning almashtirilishi, qisman qayta konstruksiyalash va boshqalar)
zarur hisoblangan boshqaruv jarayonida katta qiymatli tezkorlik xosligini aytish
mumkin. Shuningdek, xo‘jalik uslubidan foydalanish
ishlab chiqarish jadalligi
mavsumiy tebranishlar bilan tavsiflanuvchi, masalan qishloq xo‘jaligiga oid,
murakkab bo‘lmagan ob’yektlarda jihozlash ishlarini bajarishda samarali uslub
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: