67
Kombinatning ishlab chiqarishga oid qismini ishlab chiqarish boshlig‘i,
qurilish qismini esa – bosh quruvchi boshqaradi.
Quyidagi 3.6-rasmda Leningradcha
turdagi uy-joylar qurilishi
kombinatining (
Glavmosstroy
UJQK – 2) tub tuzilma sxemasi ko‘rsatilgan. Bu
ko‘rinishdagi korxonalar birlamchi ishlab chiqarish – qurilish tashkilotlari
hisoblanadi. Bu turdagi uy qurish kombinatlari boshqaruv tizimining
moslashuvchanligi, apparat
tuzilmasining tejamkorligi, barcha zvenolarning
qat’iy tartibda va bevosita o‘zaro bog‘liq va mos ravishda, kombinatning ishlab
chiqaruvchi yakuniy mahsuloti bilan ularning bajargan ishlariga baho berish
mumkinligi bilan ajralib turadi. Bu ko‘rinishdagi
kombinatlar asosan, 35, 70,
100 ming m
2
daraja qiymatidagi quvvatga ega hisoblanadi. Quvvat qiymati
ortishi bilan
ishlab chiqarish va shuningdek, qurilish sektorlarida boshqaruv
jarayoni murakkablashadi.
Katta qiymatdagi quvvatga ega bo‘lgan uy – joy qurish kombinatlari bir –
biridan qisman ajralgan ishlab chiqarish korxonalari asosida tashkil qilinadi.
Quvvat qiymati ortishi bilan qurilish bo‘linmalarining ta’sir radiusi kengayib,
shu sababli quvvati nisbatan yuqori bo‘lgan uy – joy qurish kombinatlari boshqa
turdagi, ya’ni Moskva turidagi uy – joylar qurish kombinatlari bo‘yicha tashkil
qilinib, ulardan dastlabki tashkil etigani–
Glavmosstroy
1 – UJQK.
Moskva turidagi uy–joy qurilishi kombinati (3.7–rasm) markazlashtirilgan
boshqaruv sharoitida ikki mustaqil balansga ega: ya’ni, ishlab chiqarishga oid va
qurilishga oid balanslar. Har ikkala sektor ham to‘liq xo‘jalik
hisobi asosida
yuritiladi. Bunda boshqaruv tizimi uchta zvenodan tashkil topgan:
69
kombinat boshqaruvi – zavodlar, montaj boshqaruvi – ishlab chiqarish
sexlari, qurilish oqimlari. Bu turdagi uy qurish kombinatlari
tarkibiga uylarning
turli qismini qurishga ixtisoslashgan, qurilish – montaj boshqaruvi (MB) va
ishlab chiqarish zavodlarini qamrab olgan – birlamchi kenja bo‘linmalari
bo‘lgan qurilish trestlariga o‘xshaydi. Bu turdagi uy qurish kombinatlari
miqdoriga ko‘ra barcha uy – joy qurish kombinatlarining 1/10 qismini tashkil
qilsa ham to‘rtdan bir qism quvvatini o‘zida mujassamlashtiradi.
Moskva
turidagi uy – joy qurish kombinatlarida keng ko‘lamli ishlab chiqarish jarayoni
ixtisoslashish ya‘ni navbatdagi chuqurlashtirish yo‘li bilan ishlab chiqarishni
takomillashtirish uchun qo‘shimcha shart – sharoit paydo qiladi. Aralash turdagi
uy – joylar qurilishi kombinati birinchi va ikkinchi turdagi uy – joylar qurilishi
kombinatlari belgi – xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Bunda uy – joy
kombinat zavodlari mustaqil balansni tashkil qilsa, qurilish oqimlari esa, uy –
joy qurish kombinati balansida bo‘ladi. Ishlab chiqarish sektorida boshqaruv
sxemasi uchta zvenodan: ya’ni, kombinat boshqaruvi – zavod – sex, bo‘lsa
qurilishga oid sektorda esa – ikkita zvenodan tashkil topadi: ya’ni,
kombinat
boshqaruvi – oqim (uchastka).
Dostları ilə paylaş: