в
а
б
71
Jamlama – blokli uslubning amaliyotga joriy etilishi qurilish – montaj
ishlarida har bir million rubl hisobiga 20 tagacha kishini ishdan ozod qilish
imkonini beradi (bu qiymat 1984 yilgi hisob – kitoblar asosida keltirilgan),
shuningdek «ishlab chiqarish – tashish – montaj» bosqichi davrini ancha
qisqartirish imkonini beradi.
Bu ko‘rinishdagi tizim dastlab Sharqiy Sibir hududida ekstremal tabiiy–
iqlim va iqtisodiy-geografik sharoitlarda neft–gaz sanoati ob’yektlarini tezkor
qurib bitirish maqsadida «
Sibkomplektmontaj
» birlashmasi qo‘llagan.
Shuningdek, ishlab chiqarish – qurilish tizimlari tomonidan Podmoskove,
Orenburg, Boshqirdiston va boshqa bir qator hududlarda qo‘llangani qayd
qilinadi.
3.3.
Harakatchan qurilish tashkilotlari
Xalq xo‘jaligining ehtiyojlari bilan belgilanadigan qurilishlar geografiyasi
qurilish tashkilotlarining holati (quvvati, moddiy texnik bazasi) bilan to‘liq
tarzda mos kelmaydi, shu sababli ishlarning bir qismini qurilish bazalaridan
uzoqda joylashgan hududlarda bajarishga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, hatto
alohida, o‘ta muhim ob’yektlarda yirik qurilish–montaj tashkilotlari jalb
qilinganida ham ularning maksimal quvvati yetmay, bu holda bir hudud
doirasida ish olib boradigan trestlar quvvatini vaqtincha bir joydan ikkinchisiga
joyga ko‘chirish ehtiyoji yuzaga keladi. Bunday hollarda qurilish tashkilotlari
harakatchan (
mobil
) deyiladi.
Qurilish ishlab chiqarishining mobilligi
– bu mehnat jamoalari va ishlab
chiqarish quvvatining qisqa muddatda ob’yektlar bazasidan uzoqda joylashgan
qurilishni amalga oshirish maqsadida yangi joyga ko‘chirish imkoniyati bilan
belgiladi.
72
Qurilish tashkilotlarining harakatchanligi (
mobillik
) masalasi nisbatan
dolzarb masala bo‘lib, u maxsus ixtisoslashgan harakatchan shakllarni tashkil
etish bilan shuningdek, oddiy qurilish – montaj tashkilotlarining mobillik
darajasini oshirish yordamida hal qilinadi.
Harakatchan tashkilotlardan foydalanish sohalari
va ularning mamlakat
iqtisodiyotida tutgan roli quyidagi holatlarda o‘z ifodasini topadi:
ekstremal tabiiy – iqlim sharoiti hududlarda jumladan, Rossiya
shimoliy va sharqiy mintaqalarining o‘zlashtirilayotgan hududlari,
O‘zbekistonning shimoliy, g‘arbiy cho‘l zonalari qurilishlarni kengaytirish va
jadallashtirish;
cho‘ziq tavsifdagi ob’yektlarda (LEP, neft–gaz quvurli o‘tkazmalari,
avtomobil va temir yo‘llar) ishlarni bajarish;
ixtisoslashtirilgan ishlar hajmi ko‘payishida ortishida yuqori malakali
kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj ortishi;
yangi hududlar va maydonlarning birlamchi o‘zlashtirilishi;
qurilish tashkilotlarining me’yoridan ortiqcha yuklama tufayli
zo‘riqishini bartaraf qilish.
Harakatchanlik (
mobillik
)ni ta’minlash uchun quyidagi shartlarga amal
qilish talab qilinadi:
ob’yektlarning qurilishida mehnat sarf–xarajatlarining bevosita
qurilish maydonlarida kamaytirish bilan bog‘liq loyiha yechimlari;
harakatchan tashkilotlarni zarur resurslar bilan ta’minlovchi qurilish
maydonidan uzoqda joylashgan tayanch statsionar bazalarni rivojlantirsh;
qurilish mashinalarining harakatchanlik darajasini oshirish va qurilish
industriyasining harakatchan bazasini tashkil qilish;
hrakatchan ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish;
73
ekspeditsiya – navbatchilik (
vaxta
) asosidagi uslub yordamida mehnat
resurslarining harakatchanligiga turtki berish;
hududiy jihatdan ajralgan va avtonom tavsifda faoliyat yurituvchi
ishlab chiqarish sharoitlarida yuqoridagi omillar hisobga olinishini ta’minlovchi
maxsus tashkiliy shakllar.
Harakatchan tashkilotlarning o‘ziga xosligi–yangi hududlarning doimiy
ravishda o‘zlashtirilishi (dastlabki,
pioner
tavsifdagi o‘zlashtirish) bilan bog‘liq
bo‘lib, bu xususiyat ularning odatdagi (statsionar) qurilish–montaj
tashkilotlaridan farqini belgilab beradi.
Harakatchan (
mobil
) tashkilotlar jumlasiga ishchilarning doimiy yashash
joylaridan uzoq masofada joylashgan hududlarda qurilish ob’yektlarida ishlashi
bajarishi, tashish imkoniyatlari, ularni har kuni yashash joyiga qaytarib olib
kelish imkonini bermaydigan tashkilotlar kiritiladi.
Harakatchan qurilish – montaj tashkilotlarining oqilona tashkiliy shakli –
yagona qurilish bazasi tarkibida birlashtirilgan, umumiy qurilish yoki
ixtisoslashtirilgan trest.
1.
Harakatchan qurilish – montaj boshqarmasi (HQMB), harakatchan
ixtisoslashtirilgan qurilish – montaj boshqarmasi (IHQMB), PMK, SMK va
boshqalar. PMK–tarqoq joylashgan qurilish sharoitlarida ishlarni bajaradigan,
samarali tavsifli birlamchi tashkiliy shakl hisoblanadi. PMK transport sohasi va
qishloq xo‘jaligida keng tarqalgan. PMKning ish faoliyatidagi o‘ziga xos
xususiyat–bo‘linmalarning o‘z joyini tez–tez o‘zgartirib turishi va bazadan
uzoqdagi joylashgan ob’yektlar qurilishi amalga oshirishi bilan belgilanadi.
Umumiy qurilishga oid PMK – barcha qurilish ishlari va qurilish
konstruksiyalarini montaj qilish ishlarini bajaradigan bosh pudratchi
hisoblanadi. Umumiy qurilishga oid PMK ning tamoyil jihatidan tuzilmasi
3.10–rasmda ko‘rsatilgan. Uning tarkibidagi harakatchan otryadlar binolarning
ma’lum aniq konstruksiya elementlarini qurishga ixtisoslashtiriladi yoki bir,
74
shuningdek bir nechta ishlar turlarini amalga oshirishga yo‘naltiriladi. Ishlarni
amalga oshirish davrida brigadalarga zarur qurilish mashinalari, qurilmalar,
vagon turidagi umumiy yotoqxonalar va ombor inshootlari ajratib beriladi.
Brigadalarga inventar moslama va anjom – uskunalarning to‘liq jamlamasi
biriktiriladi.
2.
Ishlab chiqarish faoliyatiga xizmat ko‘rsatadigan kenja bo‘linmalar –
mexanizatsiya boshqarmasi (MB), avtotransport korxonasi (ATK), IChTJB –
Ishlab chiqarish – texnologik jamlash boshqarmasi, ishlab chiqarish bazasi
(statsinar tavsifda) va harakatchan turda (harakatlanuvchi korxona, sex,
poligonlar, BQB
– Beton – qorishmasi bo‘g‘ini, qozonxona, elektr stansiyasi va
h.k.)
3.
Navbatchilik asosidagi (
vaxta
) istiqomat posyolkalarida hayot faoliyati
va kundalik – maishiy turmush shart – sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha maxsus
bo‘linma tashkil qilinadi.
Harakatchan qurilishning o‘ziga xos xususiyatlari – uning tarkibida
ekspeditsiya, navbatchilik asosida (
vaxta
), ekspeditsiya – navbatchilik asosida
(
vaxta
) mehnatni tashkil qilish shakllari mavjudligi. Bu uslublar ko‘plab
umumiy xususiyatlari egaligi bilan birga, ayrim tarkibiy elementlari bilan
farqlanadi: jumladan, ular boshqaruv tuzilmasi, mehnat va dam olish rejimi,
ijtimoiy infratuzilmalarning tashkil qilinishi va shu kabilar bilan bir – biridan
farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |