75
joylariga chiqishi va o‘z uyiga qaytishi rejalashtirilgan tartibda, navbat asosida
takrorlanadi. Bu uslub ishlab chiqarish ishlarini
bajarish hududlarining
infratuzilmasi rivojlanmaganligi va bunga bog‘liq ravishda, ishchilarning hayot
shart – sharoitlarini avtonom ta’minlash ehtiyoji bilan belgilanadi.
Navbatchilik asosidagi (
vaxta
) uslub
qurilish ob’yektlarining qurilish
tashkilotlari joylashgan joyidan shuningdek, quruvchilarning
doimiy yashash
joylaridan ancha uzoqda joylashganida qo‘llanilib, bunda qurilish ishlari
navbatchilik asosida (
vaxta
) o‘rin almashish bilan bajarilib, ya’ni
ishchilar
maxsus tashkil qilingan navbatchilik posyolkalarida oilasiz yashaydilar va vaqti-
vaqti bilan o‘z uylariga dam olish uchun qaytadilar. Mehnat va doimiy yashash
joylarida dam olish davrining qat’iy tartib ketma – ketligi navbatlashishi – bu
ushbu uslubning o‘ziga xos xususiyati. Bu uslub yangi hududlari o‘zlashtirishda,
qurilish ob’yektlari tarqoq joylashganida, masalan, qishloq xo‘jaligida
foydalaniladi.
Ekspeditsiya – navbat asosidagi (
vaxta
) uslub
oldingi uslublar
kombinatsiyasidan tashkil topgan bo‘lib, bunda ishchilarning oila a’zolaridan
alohida, bazaviy posyolka yoki shahardan ancha
uzoqda joylashgan hududga
ekspeditsiya turida ko‘chirilishi va keyin esa–navbatchilik (
vaxta
) sxemasida o‘z
ish faoliyatlarini amalga oshirishi belgilanadi.
Ekspeditsiya tavsifidagi va navbatchilik asosidagi (
vaxta
) qurilishni
amalga oshirish uslublari mehnat qilish va dam olishning alohida o‘ziga xos
tartibi hisoblanib, bunda ish vaqtining umumiy yig‘indisi
holatda hisobga
olinishi, amalga oshirilgan ishlarning to‘planib borishi (8 soatdan uzunroq ish
kuniga amal qilish) va doimiy yashash joyiga tizimli tarzda qaytishga
asoslanadi. Ma’lum aniq mehnat va dam olish tartibini
belgilash davomida
iqlimiy va mavsumiy shart – sharoitlar, shuningdek bazaning uzoqda joylashishi
va zarur materiallarni yetkazib berish va ishchilarni tashish kabilar hisobga
olinadi.
76
Harakatchan qurilishda ijtimoiy tayyorgarlikning muhim elementi–turar-
joylar, omborlar va yordamchi zonalardan tashkil topgan dala shaharchasini
(
vaxta posyolkasi
) o‘z ichiga olgan infratuzilmani rivojlantirish bilan bog‘liq.
Istiqomat zonasi tarkibiga turar–joy uylari va ijtimoiy – maishiy hamda
madaniy xizmat ko‘rsatish binolarini oladi.
Dostları ilə paylaş: