78
tasdiqlash va unga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega.
Boshqaruvchining
vakolatlari doirasiga unga bo‘ysinadigan ishchilarni ishga qabul qilish va ishdan
ozod qilish huquqi ham kiritilib, bu vakolat
qabul qilingan mehnat
qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi. Boshqaruvchi bevosita rejalashtirish
va smeta – shartnomalar bo‘limlarini, hisobxona va kadrlar bo‘limini
boshqaradi. Qolgan bo‘linmalar va xizmatlarni u o‘z o‘rinbosarlari orqali
boshqaradi va joriy qilingan qoidalar asosida boshqaruv ishlarining ma’lum bir
uchastkasiga boshchilik qiladi va ushbu ish uchun javobgarlikni to‘liq
zimmasiga oladi. Odatda, boshqaruvchi o‘rinbosarlaridan biri, ya’ni
uning
birinchi o‘rinbosari bosh muhandis hisoblanadi.
Bosh muhandis
qurilish trestida texnik siyosat yuritilishi uchun javobgar.
Uning majburiyatlari tarkibiga fan va texnika yutuqlarini amaliyotga joriy qilish,
texnologiyalarni takomillashtirish, ishlar sifatini ta’minlash kabilar kiradi. U
ishlab chiqarish va texnik bo‘limlarni, shuningdek
bosh mexanik va bosh
energetik bo‘limlari, texnolog bo‘limi, laboratoriyalarni boshqaradi,
mehnatni
muhofaza qilish va ratsionalizatsiya ishlarini yo‘naltiradi.
Dostları ilə paylaş: