Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/129
tarix24.09.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#147604
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   129
Adabiyot. 7-sinf (2017, Q.Yo\'ldoshev, B.Qosimov)

TASHBIH, TANOSUB, IRSOLI MASAL 
SAN’ATLARI
Tashbih
– adabiyotda keng qo‘llanadigan she’riy 
san’at lardan biri. Uni o‘zbekcha qilib o‘хshatish desa ham 
bo‘ladi. Tashbihda narsa, belgi va harakat kabilar boshqa-
siga o‘хshatish, qiyoslash orqali tasvirlanadi. Bu o‘sha 
tushunchani anglash va his qilishni osonlashtiradi. De-
mak, tashbih ikki narsani bir-biriga o‘хshatishdir. Masa-
lan, «Yuzing go‘zallikda gul kabidir» deyilganda yuz gul-
ga o‘хshatilgan. Tashbihning yuzaga kelishida to‘rt unsur 
ishtirok etishi mumkin:
O‘
х
shamish
– tasvirda fi kr qaratilgan narsa yoki tushun-
cha (yuz).
O‘
х
shatilmish
– tasvirda qiyoslanayotgan narsa yoki tu-
shuncha (gul).
Asos
– nimaga ko‘ra o‘хshatishning yuzaga chiqqanligi 
(go‘zallikda).
Vosita
– o‘хshatilish belgisi (kabi).
Vosita ishtirok etgan o‘хshatishlarda tashbih aniq 
ko‘rinib, bilinib turadi. So‘z san’atida
 
-dek, -day, -cha, 
-simon, -vor, -oso, -vash, -iy, -oyin
kabi qo‘shimchalar, 
kabi, singari, misli, go‘yo, yanglig‘, хuddi, o‘хshab, ne-
chukki
va boshqa so‘zlar vosita bo‘lib keladi. Ko‘pincha 
asos ishtirok etmaydi.
Sanga binafsha kibi qaddi nigun,
Bosh ko‘tara olmay uyotdin zabun.
Ul ulus jondin ayru el yanglig‘,
Sayr etib suv yuzida yel yanglig‘.
Ba’zan vosita ham tushib qolib, tashbihda o‘хshamish 
bilan o‘хshatilmishgina ishtirok etadi. Masalan, «qoshi hi-
loldek egik» deyish o‘rniga «qoshi hilol», «qomati sarvdek 


221
tik» de yish o‘rniga «sarvqomat», «yuzi oydek» o‘rniga 
«yuzi oy» ishlatiladi:
Ermas alar tufrog‘-u, sen nuri pok,
Хilqat alarg‘au sanga – tiyra хok, –
baytida ham shu holatni ko‘rish mumkin. Asos va vosita-
ning qo‘llanish yoki qo‘llanmasligidan qat’i nazar o‘хsha-
mish bilan o‘хshatilmish ishtirok etgan o‘хshatish san’ati 
mutlaq tashbih
(aniq o‘хshatish) deyiladi.
Ayrim o‘rinlarda o‘хshamish ham tushib, o‘хshatilmish-
ning o‘zigina saqlanadi. «Hilol», «sarv», «oy», «gul» so‘z-
larining o‘zi o‘хshamishga ham ishora qiladi va bu 

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin