67
Budjet tashkilotlarining xarajatlari bu aktivning sof qiymatini (moliyaviy
natijani) kamayishiga sabab bo’luvchi tashkilot aktivlarining kamayishi yoki
uning majburiyatlarini oshishidir.
Budjet tashkilotining moliyaviy natijasi uning barcha daromadlarining
turlari bo’yicha alohida holda aniqlanadi, ya’ni:
- Budjet mablag’lari bo’yicha;
- to’lovlarni mahsus turlariga doir hisoblashuvlar bo’yicha;
- ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari
bo’yicha;
- Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha;
- Budjet tashkilotining boshqa daromadlar bo’yicha.
Budjet tashkilotining Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy
natijalari bu tashkilotning Budjet mablag’lari hisobiga moliya yili
mobaynida, ya’ni hisobot yilining 1-yanvaridan 31 dekabriga qadar bo’lgan
davr mobaynida amalga oshirilgan kassa xarajatlari (bunda
moliya yiliga
qo’shimcha vaqt mobaynida o’tgan moliya yili uchun amalga oshirilgan kassa
xarajatlari ham hisobga olinishi lozim) va mazkur vaqt mobaynida Budjet
mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlarini solishtirish
natijasida olingan ko’rsatkichdir. Budjet mablag’lari bo’yicha moliyaviy
natija 23 ―Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar‖
schyotida hisobga olinadi.
23 ―Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar‖ schyoti
hisobda quyidagi subschyotlarga bo’linadi:
230 ―Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar‖;
231 ―Budjet mablag’lari bo’yicha xaqiqiy xarajatlar‖;
232 ―Budjet dan moliyalashtirish‖.
231 ―Budjet mablag’lari bo’yicha xaqiqiy xarajatlar‖ subschyotida tashkilotni
saqlash va boshqa tadbirlar uchun Budjet mablag’lari hisobidan amalga
oshirilgan haqiqiy xarajatlari hisobga olinadi.
Budjet mablag’lari bo’yicha amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar yil
davomida 231 ―Budjet mablag’lari bo’yicha xaqiqiy xarajatlar‖
subschyotning debetida aks ettirilib boriladi, bunda,
hisob-kitoblar va
boshqalarni hisobga oluvchi subschyotlar kreditlanadi.
Yil oxirida 231 ―Budjet mablag’lari bo’yicha xaqiqiy xarajatlar‖ subschyot
debetida aks ettirilgan barcha xaqiqiy xarajatlar Budjet mablag’lari bo’yicha
joriy yilga moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi 230 ―Budjet mablag’lari
bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar‖ subschyotining debetiga yozib,
hisobdan o’chirish yo’li bilan yopiladi va subschyot bo’yicha yil oxirida
qoldiq qolmaydi.
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi :
№
Muomalalar mazmuni
Dt
Kt
Asos bo’luvchi
xujjat
1
Budjet mablag’lari hisobiga ish haqi
hisoblanganda
231
173
421-son shakldagi
foydalanilgan ish
vaqti hisobi va ish
xaqi
hisoblash
68
tabeli
2
Budjet mablag’lari hisobiga hisoblangan ish
haqiga nisbatan 25% yagona ijtimoiy to’lov
ajratmalari summasiga
231
161
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
3
Budjet mablag’lari hisobiga berilgan hizmat
safari harajatlari hisobdan chiqarilganda
231
172
Avans hisoboti
4
Budjet mablag’lari hisobiga kommunal
to’lovlar uchun to’lov hisoblanganda
231
150
Yuk hati
5
Budjet
mablag’lari hisobiga amalga
oshirilgan
haqiqiy
harajatlar
hisobdan
chiqarilganda
230
231
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
232
―Budjet
dan
moliyalashtirish‖
subschyotida
Budjet
dan
moliyalashtirilgan
mablag’lar, shuningdek g’azna ijrosiga o’tilgan
tashkilotlarda g’aznachilikda ochilgan shaxsiy hisobvaraqlari orqali amalga
oshirilgan to’lovlar summasi hisobga olinadi.
Bu subschyotning kreditida g’azna ijrosiga o’tilmagan
tashkilotlarda Budjet
dan moliyalashtirilgan mablag’lar summasi aks ettiriladi, bunda, tegishli pul
mablag’larini hisobga oluvchi subschyotlar debetlanadi. Subschyot debetiga
esa, joriy yilda Budjet ga qaytarib olingan mablag’lar summasi, yil oxirida
hisobdan chiqarilgan summalar va boshqalar yoziladi, bunda, pul
mablag’larini, Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalarni
hisobga oluvchi va boshqa tegishli subschyotlar kreditlanadi.
Shuningdek, ushbu subschyotda yuqori tashkilotdan quyi tashkilotlarga
moliyalashtirib berilgan mablag’larning ham hisobi yuritiladi. Bunda,
yuqori
tashkilot tomonidan quyi tashkilotlarga moliyalashtirib berilgan mablag’lar
summasiga 232 ―Budjet dan moliyalashtirish‖ subschyoti debetlanadi va 10
schyotning tegishli subschyotlari kreditlanadi. Quyi tashkilotlarda esa, yuqori
tashkilot tomonidan moliyalashtirib berilgan mablag’lar 10 schyotning
tegishli subschyotlari debetida va 232 ―Budjet dan moliyalashtirish‖
subschyotining kreditida aks ettiriladi.
G’azna ijrosiga o’tilgan tashkilotlarda esa, ushbu subschyotning kreditida
g’aznachilikdagi shaxsiy hisobvaraqlar orqali Budjet mablag’lari hisobidan
amalga oshirilgan to’lovlar aks ettiriladi, bunda, debitor va kreditorlarni
hisobga oluvchi va boshqa tegishli subschyotlar debetlanadi.
Subschyot debetiga esa, shaxsiy hisobvaraqlar
orqali amalga oshirilgan
to’lovlar bo’yicha kassa xarajatlarining tiklanishi (joriy yilgi), hisobot yilining
oxirida amalga oshirilgan to’lovlarning yopilishi, shuningdek boshqa amalga
oshirilgan to’lovlarni kamaytiradigan mablag’larni aks ettiradilar, bunda,
debitor va kreditorlarni, Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy
natijalarni hisobga oluvchi va boshqa tegishli subschyotlar kreditlanadi.
Yil oxirida barcha moliyalashtirilgan Budjet mablag’larni, shuningdek
amalga oshirilgan to’lovlarni Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga
moliyaviy natijalarga yopilishi 230 ―Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga
moliyaviy natijalar‖ subschyotning kreditida va 232 ―Budjet dan
69
moliyalashtirish‖ subschyotning debetida aks ettiriladi. 232 ―Budjet dan
moliyalashtirish‖ subschyot bo’yicha yil oxirida qoldiq qolmaydi.
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi :
№
Muomalalar mazmuni
Dt
Kt
Asos bo’luvchi
xujjat
1
Budjet mablag’lari
hisobiga ish haqi kassaga
kirim qilinganda
120
232
Shahsiy
hisobvaraqdan
ko’chirma
2
Budjet mablag’lari hisobiga hisoblangan ish
haqiga nisbatan 25% yagona ijtimoiy to’lov
ajratmalari o’tkazib berilganda
161
232
Shahsiy
hisobvaraqdan
ko’chirma
3
Budjet mablag’lari hisobiga hizmat safari
harajatlari uchun beriladigan mablag’ kassaga
kirim qilinganda
120
232
Avans hisoboti
4
Budjet
mablag’lari hisobiga kommunal
hizmatlar uchun to’lovlar amalga oshirilganda
150
232
Shahsiy
hisobvaraqdan
ko’chirma
5
Budjet mablag’lari
hisobiga amalga oshirilgan
kassa harajatlar hisobdan chiqarilganda
232
230
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
230 ―Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar‖
subschyotida tashkilotning Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy
natijalari aks ettiriladi. Ushbu subschyotning debetida yuqorida aytib
o’tganimizdek, yil oxirida hisobdan chiqarilgan Budjet mablag’lari bo’yicha
amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar aks ettiriladi, bunda 231 ―Budjet
mablag’lari bo’yicha xaqiqiy xarajatlar‖ subschyoti kreditlanadi.
Subschyot kreditida esa, yil mobaynida Budjet dan moliyalashtirilgan
mablag’larni (amalga oshirilgan to’lovlarni) hisobdan chiqarilishi aks
ettiriladi, bunda 232 ―Budjet dan moliyalashtirish‖ subschyot debetlanadi.
Dostları ilə paylaş: