O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


Mavzu: Budjet mablag„lari bo„yicha joriy yilga moliyaviy natijalar



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/15
tarix24.09.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#147651
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
budjet tashkilotlarida budjet hisobi

Mavzu: Budjet mablag„lari bo„yicha joriy yilga moliyaviy natijalar 
Reja: 
1
Budjet tashkilotlarida Budjet mablag„lari bo„yicha joriy yilga 
moliyaviy natijalarni aniqlashning zarurligi.
2
Joriy yilga moliyaviy natijalarni aniqlashning davriyligi.
3
Budjet tashkilotlarida Budjet mablag„lari bo„yicha joriy yilga 
moliyaviy natijalarni aniqlash tartibi.
4
Budjet mablag„lari bo„yicha joriy yilga moliyaviy natijalarni 
aniqlashni buxgalteriya hisobvaraqlari va hisob registrlarida aks 
ettirish. 
Moliyaviy natijalar – bu xo’jalik sub’ektlarida ma’lum bir hisobot 
davrida xo’jalik jarayoni natijasida o’ziga qarashli mablag’larni oshishi yoki 
kamayishidir. Moliyaviy natijalar ijobiy yoki salbiy bo’lishi mumkin. Ijobiy 
moliyaviy natija bu foyda, salbiy moliyaviy natija bu zarar. Budjet
tashkilotlarida moliyaviy natijalar deganda tashkilotning barcha daromadlari 
(tushumlari, Budjet mablag’lari bo’yicha g’aznachilik orqali amalga oshirgan 
kassa xarajatlari) va hisoblangan barcha xaqiqiy xarajatlarining o’zaro 
solishtirilishi (ayrilishi) natijasida kelib chiqadigan aktivning sof qiymati 
tushuniladi. 
Budjet tashkilotlarining daromadlari bu aktivning sof qiymatini (moliyaviy 
natijani) oshishiga sabab bo’luvchi tashkilot aktivlarini oshishi yoki uning 
majburiyatlarini kamayishidir.


67 
Budjet tashkilotlarining xarajatlari bu aktivning sof qiymatini (moliyaviy 
natijani) kamayishiga sabab bo’luvchi tashkilot aktivlarining kamayishi yoki 
uning majburiyatlarini oshishidir. 
Budjet tashkilotining moliyaviy natijasi uning barcha daromadlarining 
turlari bo’yicha alohida holda aniqlanadi, ya’ni: 
- Budjet mablag’lari bo’yicha; 
- to’lovlarni mahsus turlariga doir hisoblashuvlar bo’yicha; 
- ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari 
bo’yicha; 
- Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha; 
- Budjet tashkilotining boshqa daromadlar bo’yicha. 
Budjet tashkilotining Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy 
natijalari bu tashkilotning Budjet mablag’lari hisobiga moliya yili 
mobaynida, ya’ni hisobot yilining 1-yanvaridan 31 dekabriga qadar bo’lgan 
davr mobaynida amalga oshirilgan kassa xarajatlari (bunda moliya yiliga 
qo’shimcha vaqt mobaynida o’tgan moliya yili uchun amalga oshirilgan kassa 
xarajatlari ham hisobga olinishi lozim) va mazkur vaqt mobaynida Budjet
mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlarini solishtirish 
natijasida olingan ko’rsatkichdir. Budjet mablag’lari bo’yicha moliyaviy 
natija 23 ―Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar‖ 
schyotida hisobga olinadi. 
23 ―Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar‖ schyoti 
hisobda quyidagi subschyotlarga bo’linadi: 
230 ―Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar‖; 
231 ―Budjet mablag’lari bo’yicha xaqiqiy xarajatlar‖; 
232 ―Budjet dan moliyalashtirish‖. 
231 ―Budjet mablag’lari bo’yicha xaqiqiy xarajatlar‖ subschyotida tashkilotni 
saqlash va boshqa tadbirlar uchun Budjet mablag’lari hisobidan amalga 
oshirilgan haqiqiy xarajatlari hisobga olinadi. 
Budjet mablag’lari bo’yicha amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar yil 
davomida 231 ―Budjet mablag’lari bo’yicha xaqiqiy xarajatlar‖ 
subschyotning debetida aks ettirilib boriladi, bunda, hisob-kitoblar va 
boshqalarni hisobga oluvchi subschyotlar kreditlanadi.
Yil oxirida 231 ―Budjet mablag’lari bo’yicha xaqiqiy xarajatlar‖ subschyot 
debetida aks ettirilgan barcha xaqiqiy xarajatlar Budjet mablag’lari bo’yicha 
joriy yilga moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi 230 ―Budjet mablag’lari 
bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar‖ subschyotining debetiga yozib, 
hisobdan o’chirish yo’li bilan yopiladi va subschyot bo’yicha yil oxirida 
qoldiq qolmaydi. 
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi : 
№ 
Muomalalar mazmuni 
Dt 
Kt 
Asos bo’luvchi 
xujjat 

Budjet mablag’lari hisobiga ish haqi 
hisoblanganda
231 
173 
421-son shakldagi 
foydalanilgan ish 
vaqti hisobi va ish 
xaqi hisoblash 


68 
tabeli 

Budjet mablag’lari hisobiga hisoblangan ish 
haqiga nisbatan 25% yagona ijtimoiy to’lov 
ajratmalari summasiga
231 
161 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi 

Budjet mablag’lari hisobiga berilgan hizmat 
safari harajatlari hisobdan chiqarilganda 
231 
172 
Avans hisoboti 

Budjet mablag’lari hisobiga kommunal 
to’lovlar uchun to’lov hisoblanganda
231 
150 
Yuk hati 

Budjet 
mablag’lari hisobiga amalga 
oshirilgan 
haqiqiy 
harajatlar 
hisobdan 
chiqarilganda 
230 
231 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi 
232 
―Budjet 
dan 
moliyalashtirish‖ 
subschyotida 
Budjet 
dan 
moliyalashtirilgan 
mablag’lar, shuningdek g’azna ijrosiga o’tilgan 
tashkilotlarda g’aznachilikda ochilgan shaxsiy hisobvaraqlari orqali amalga 
oshirilgan to’lovlar summasi hisobga olinadi. 
Bu subschyotning kreditida g’azna ijrosiga o’tilmagan tashkilotlarda Budjet 
dan moliyalashtirilgan mablag’lar summasi aks ettiriladi, bunda, tegishli pul 
mablag’larini hisobga oluvchi subschyotlar debetlanadi. Subschyot debetiga 
esa, joriy yilda Budjet ga qaytarib olingan mablag’lar summasi, yil oxirida 
hisobdan chiqarilgan summalar va boshqalar yoziladi, bunda, pul 
mablag’larini, Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalarni 
hisobga oluvchi va boshqa tegishli subschyotlar kreditlanadi.
Shuningdek, ushbu subschyotda yuqori tashkilotdan quyi tashkilotlarga 
moliyalashtirib berilgan mablag’larning ham hisobi yuritiladi. Bunda, yuqori 
tashkilot tomonidan quyi tashkilotlarga moliyalashtirib berilgan mablag’lar 
summasiga 232 ―Budjet dan moliyalashtirish‖ subschyoti debetlanadi va 10 
schyotning tegishli subschyotlari kreditlanadi. Quyi tashkilotlarda esa, yuqori 
tashkilot tomonidan moliyalashtirib berilgan mablag’lar 10 schyotning 
tegishli subschyotlari debetida va 232 ―Budjet dan moliyalashtirish‖ 
subschyotining kreditida aks ettiriladi. 
G’azna ijrosiga o’tilgan tashkilotlarda esa, ushbu subschyotning kreditida 
g’aznachilikdagi shaxsiy hisobvaraqlar orqali Budjet mablag’lari hisobidan 
amalga oshirilgan to’lovlar aks ettiriladi, bunda, debitor va kreditorlarni 
hisobga oluvchi va boshqa tegishli subschyotlar debetlanadi.
Subschyot debetiga esa, shaxsiy hisobvaraqlar orqali amalga oshirilgan 
to’lovlar bo’yicha kassa xarajatlarining tiklanishi (joriy yilgi), hisobot yilining 
oxirida amalga oshirilgan to’lovlarning yopilishi, shuningdek boshqa amalga 
oshirilgan to’lovlarni kamaytiradigan mablag’larni aks ettiradilar, bunda, 
debitor va kreditorlarni, Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy 
natijalarni hisobga oluvchi va boshqa tegishli subschyotlar kreditlanadi. 
Yil oxirida barcha moliyalashtirilgan Budjet mablag’larni, shuningdek 
amalga oshirilgan to’lovlarni Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga 
moliyaviy natijalarga yopilishi 230 ―Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga 
moliyaviy natijalar‖ subschyotning kreditida va 232 ―Budjet dan 


69 
moliyalashtirish‖ subschyotning debetida aks ettiriladi. 232 ―Budjet dan 
moliyalashtirish‖ subschyot bo’yicha yil oxirida qoldiq qolmaydi. 
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi : 
№ 
Muomalalar mazmuni 
Dt 
Kt 
Asos bo’luvchi 
xujjat 

Budjet mablag’lari hisobiga ish haqi kassaga 
kirim qilinganda 
120 
232 
Shahsiy 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 

Budjet mablag’lari hisobiga hisoblangan ish 
haqiga nisbatan 25% yagona ijtimoiy to’lov 
ajratmalari o’tkazib berilganda 
161 
232 
Shahsiy 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 

Budjet mablag’lari hisobiga hizmat safari 
harajatlari uchun beriladigan mablag’ kassaga 
kirim qilinganda
120 
232 
Avans hisoboti 

Budjet 
mablag’lari hisobiga kommunal 
hizmatlar uchun to’lovlar amalga oshirilganda
150 
232 
Shahsiy 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 

Budjet mablag’lari hisobiga amalga oshirilgan 
kassa harajatlar hisobdan chiqarilganda 
232 
230 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi 
 
230 ―Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar‖ 
subschyotida tashkilotning Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy 
natijalari aks ettiriladi. Ushbu subschyotning debetida yuqorida aytib 
o’tganimizdek, yil oxirida hisobdan chiqarilgan Budjet mablag’lari bo’yicha 
amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar aks ettiriladi, bunda 231 ―Budjet
mablag’lari bo’yicha xaqiqiy xarajatlar‖ subschyoti kreditlanadi.
Subschyot kreditida esa, yil mobaynida Budjet dan moliyalashtirilgan 
mablag’larni (amalga oshirilgan to’lovlarni) hisobdan chiqarilishi aks 
ettiriladi, bunda 232 ―Budjet dan moliyalashtirish‖ subschyot debetlanadi. 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin