O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


Mavzu: Hodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar hisobi



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/15
tarix24.09.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#147651
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
budjet tashkilotlarida budjet hisobi

Mavzu: Hodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar hisobi 
Reja: 
1
Budjet tashkilotlarida mehnat va unga haq to„lash hisobini tashkil 
etish hamda uning vazifalari.
2
Budjet tashkilotlarida mehnat va unga tenglashtirilgan to„lovlar 
hisobi. 
3
 Stipendiya to„lovlari, pensiya va nafaqalar bo„yicha to„lovlar hisobi.
4
Budjet tashkilotlarida mehnat va unga tenglashtirilgan to„lovlarni 
to„lash bo„yicha soliq va majburiy ajratmalarning yuzaga kelishi va 
to„lanishi hisobi.
5
Ish haqiga nisbatan majburiy ushlanmalar hisobi.
6
Mehnat va unga tenglashtirilgan to„lovlarning to„lanishida plastik 
kartochkalardan foydalanish hisobi. 
Budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini 
amalga oshirish jarayonida kamomadlar, hizmat safarlari, ish haqqi va unga 
tenglashtirilgan to’lovlar bo’yicha xodimlar bilan, stipendiya to’lovlari 
bo’yicha talabalar bilan hisoblashuvlar amalga oshiriladi.
Material javobgar shaxslar bilan yo’l qo’yilgan kamomadlar bo’yicha 
hisoblashuvlar amalga oshiriladi. Bunda mulkiy qiymatliklar bo’yicha 
kamomadlar unidirish vaqtida bozor qiymatida undiriladi. Yo’l qo’yilgan 
kamomadlar inventarizatsiya dalolatnomalari orqali aks ettiriladi va mehnat 
qonunchiligi talablari asosida undiriladi. ―Inventarizatsiya jarayonida 
aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va 
soliqqa tortish tartibi to’g’risidagi Nizom‖ga asosan ish beruvchining 


56 
mulkiga etkazilgan zarar hajmi, zarar uchun xodimning moddiy javobgarlik 
chegaralari va tartibini aniqlash O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 
bilan tartibga solinishi ko’rsatilgan. 
Bir oylik o’rtacha ish xaqidan oshmaydigan etkazilgan zarar summasini 
aybdor xodimdan undirish ish beruvchining farmoyishiga muvofiq amalga 
oshiriladi. Farmoyish etkazilgan zarar aniqlangan kundan boshlab bir oydan 
kechikmasdan chiqarilishi mumkin. Bunda zarar hajmi inventarizatsiya 
o’tkazish davrida mazkur joyda amal qilayotgan bozor baholari bo’yicha 
hisoblanadi. 
Agar xodimdan undirilishi lozim bo’lgan etkazilgan zarar summasi uning 
o’rtacha oylik ish xaqidan yuqori yoki zarar aniqlangan kundan boshlab bir 
oylik muddat o’tgan bo’lsa, undirish sud orqali amalga oshiriladi. 
Hizmat 
safari 
harajatlari 
bo’yicha hisobdor shaxslar bilan 
hisoblashuvlar amalga oshiriladi. Budjet tashkilotlarida hizmat safari 
harajatlarini amalga oshirish ―O’zbekiston Respublikasi hududidagi hizmat 
safarlari to’g’risida Yo’riqnoma (O’z.R AV. tomonidan 2003 yil 29 avgustda
№ 1268-son bilan ro’yxatdan o’tgan) va Xorijiy mamlakatlarga hizmat 
safarlari ―Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari 
O’zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat 
safari xarajatlari uchun mablag’lar berish Tartibi‖ (O’z.R AV. tomonidan 
2000 yil 5 iyunda № 932-son bilan ro’yxatdan o’tgan)ga asosan amalga 
oshiriladi.
Hisobi beriladigan avanslar avans oluvchining yozma arizasiga binoan 
(arizada avansning nimaga mo’ljallanganligi ko’rsatilishi kerak) tashkilot 
rahbarining buyrug’i asosida beriladi. Hisobi beriladigan pullar ular 
berilayotgan vaqtda ko’zda tutilgan maqsadlar uchungina sarflanadi.
Avans summalarining sarflanganligi haqida hisobdor shaxslar 286-son 
shakldagi avans hisobotini tashkilot buxgalteriyasiga topshiradilar. Ular ushbu 
hisobotga qilingan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilib 
topshiradilar. Avans hisobotiga ilova qilingan hujjatlar hisobdor shaxs 
tomonidan ularning hisobotda yozilish tartibiga qarab raqamlab chiqiladi. 
Buxgalteriyada avans hisobotlari arifmetik tekshirib chiqiladi, 
shuningdek, hujjatlarni to’g’ri rasmiylashtirilganligi hamda mablag’larni 
muayyan maqsadlar uchun sarflanganligi tekshiriladi. Tekshirib chiqilgan 
avans hisobotlari tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Foydalanilmagan avans qoldig’i hisobdor shaxs tomonidan avans 
hisoboti topshirilgandan so’ng uch kundan kechiktirmasdan tashkilot 
kassasiga qaytarilishi lozim. Hisobdor shaxsga oldin berilgan avans summasi 
to’liq qaytarilgandan so’ng yangidan avans beriladi. Hisobi beriladigan 
summalarning sarflanganligi haqida belgilangan muddatda avans hisoboti 
topshirilmagan yoki foydalanilmagan avans qoldig’i kassaga qaytarilmagan 
hollarda tashkilotlar bu qarzlarni avans olgan shaxslarning ish haqlaridan 
qonunchilikda belgilangan tartibda ushlab qolish huquqiga ega. 
Xo’jalik yuritishning bozor tizimiga o’tish sharoitida mehnatga haq 
to’lash ijtimoiy qo’llab-kuvvatlash va xodimlarni himoya qilish sohasidagi 


57 
vazifalari bevosita xo’jalik sub’ektilarga berilgan. Har bir xodimning mehnat 
daromadlari, xo’jalik sub’ekti faoliyatining pirovard natijasini hisobga olgan 
xolda, uning qo’shgan hissasi va maksimal mikdori cheklanmaydi. Lekin 
xodimlarning minimal ish haqi miqdori qonunchilik bilan belgilanadi. 
Mehnat munosabatlarini, shu jumladan xodimlar mehnatiga hak to’lashni 
yuridik asosini mehnat to’g’risidagi konuniy hujjatlar, xo’jalik sub’ektilarning 
jamoa shartnomalarini va boshqa muayyan me’yoriy hujjatlar tashkil etadi. 
Ma’lumki ish haqi, o’z navbatida, asosiy va qo’shimcha ish haqiga 
bo’linadi: Asosiy ish xaqiga, xodimlarni ishlagan vaqti, bajargan ishining 
miqdori va sifatiga asosan hisoblangan ish haqi, tarif stavkalari, okladlar, 
mukofotlar, asosiy ish vaqtidan tashqari ishlagan ish vaqtiga hisoblangan 
qo’shimcha ish haqi, ishchi aybiga bog’liq bo’lmagan xolda turib qolishlarga 
xisoblangan ish haqi va shu kaba boshqalar kiradi . 
Qo’shimcha ish haqi, bu mehnat qonunchiligida ko’zda tutilgan 
ishchining ishlamagan ish vaqti uchun xisoblangan ish haqidir. Bunga 
ishchining mehnat ta’tili uchun hisoblangan ish haqi, voyaga etmaganlar 
o’smir yoshlar, ayollar va boshqalar uchun imtiyozli ish vaqti uchun 
hisoblangan ish haqi, ishdan bo’shashi munosabati bilan hisoblangan nafaqa 
va boshqalar kiradi.
Mehnatga haq to’lashni ikkita shakllari mavjud: ishbay va vaqtbay. 
Mehnat haqini hisoblashning ishbay shaklida ish haqi - ishlab chiqarilgan 
mahsulotning hajmi, sifati, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar 
hajmiga ko’ra hisoblanadi. Mehnat haqini hisoblashning vaqtbay shaklida 
mehnat haqi ishlangan ish soatlariga muvofiq, shtatlar jadvalidagi tarif 
stavkalariga asoslangan holda hisoblanadi.
Tarif setkasi – bu razryadlar va ularga tegishli bo’lgan tarif 
koeffitsentlari ko’rsatiladigan hujjatlardir. Birinchi razryadning tarif 
koeffitsenti birga teng bo’lib, razryad ortgan sari tarif koeffitsenti ham ortib 
boradi. 
Tarif stavkasi-ishchining razryadka muvofiq unga ma’lum vaqt birligi 
(soat, kun) uchun to’lanadigan haq miqdorini aniqlaydi. Odatda tarif stavkasi 
birinchi razryad uchun belgilanadi, qolgan razryadlar uchun esa birinchi 
razryad tarif stavkasini qolgan razryadlar tarif koeffitsentiga yo’naltirish yo’li 
bilan aniqlanadi. 
Xodimning mehnat haqini topish uchun razryad bo’yicha tarif 
koeffitsentini eng kam ish haqi miqdoriga ko’paytirish orqali aniqlanadi.
Budjet tashkilotlarida asosan vaqtbay asosida ish haqi to’lanadi. Bunda 
xar qaysi Budjet tashkiloti namunaviy shtatlar jadvaliga asoslanib shtat 
birliklarini shakllantiradi va belgilangan tartibda razryadlarini qo’yib oylik ish 
haqini (okladlarini) hisoblaydi va shtatlar jadvalini shakllantiradi. Xozirda 
Budjet tashkilotlarida shtatlar jadvaliga kiritilgan ba’zi lavozimlar bo’yicha 
qonunchilikka asosan belgilangan oylik ish haqlari tayinlanadi. Budjet
tashkilotlarida ―Budjet tashkilotlari xodimlarini moddiy rag’batlantirish 
maxsus jamg’armasi to’g’risida yo’riqnoma‖ (O’z.R AV. tomonidan 1995 yil 
20 sentyabrda № 177-son bilan ro’yxatdan o’tgan) asosan oylik ish haqiga 


58 
nisbatan 15 foiz miqdorida xodimlarini moddiy rag’batlantirish maxsus 
jamg’armasi tashkil etiladi va ushbu nizom talablari bo’yicha mukofot, 
moddiy rag’batlantirish ko’rinishida sarflanadi.
Budjet tashkilotlarida vaqtbay asosida ish haqi hisoblanishida 
tasdiqlangan ish vaqtini hisobga olish tabeliga asoslanadi. Ish haqi hisoblash 
uchun shtatlar jadvalida belgilangan oylik ish haqini xaqiqatda ishlagan ish 
kunlariga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. Budjet tashkilotlarida ishlovchi 
xodimlar ish haqiga qo’shimcha to’lovlar (moddiy rag’batlantirish va 
boshqalar) xodimlarini moddiy rag’batlantirish maxsus jamg’armasi 
hisobidan yoki qonunchilikda belgilangan tartibda Budjet dan tashqari 
mablag’lar hisobiga (manbaasi mavjud bo’lganda) to’lanadi. 
Mehnat qonunchiligiga asosan Budjet tashkilotlari xodimlari xar yili 
mehnat ta’tiliga chiqish xuquqiga ega. Bunda mehnat ta’tiliga chiqishi 
bo’yicha buyruq rasmiylashtirilgandan so’ng buxgalteriya tomonidan 
o’rnatilgan tartibda mehnat ta’tili uchun ish haqi hisoblanadi. Mehnat ta’tili 
uchun 
ish 
haqi 
hisoblashda 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Maxkamasining 1997 yil 11 martdagi 133 son qarori bilan tasdiqlangan 
―O’rtacha oylik ish haqini hisoblab chiqarish tartibi‖ga ko’ra o’rtacha oylik 
ish haqi hisoblab topiladi. Unga ko’ra hisoblanayotgan vaqtdagi shtatlar 
jadvali bo’yicha belgilangan oylik ish haqiga bir yil davomida oylik ish 
haqidan tashqari qo’shimcha olgan mukofotlar, boshqa to’lovlarni 12/1 
qo’shilib chiqqan natija 25.4 koeffitsentga bo’lish yo’li bilan bir kunlik 
mehnat ta’tili uchun ish haqi topiladi. Bir kunlik mehnat ta’tili uchun ish 
haqini ta’til kunlariga ko’paytirish yo’li bilan mehnat ta’tili uchun ish haqi 
topiladi. 
Vaqtincha mehnatga qobilyatsizlik nafaqalarini hisoblash ―Davlat 
ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha nafaqalar tayinlash va tartibi to’g’risida Nizom‖ 
(O’z.R AV. tomonidan 2002 yil 8 mayda № 1136-son bilan ro’yxatdan 
o’tgan) talablari asosida amalga oshiriladi. Unga ko’ra kasallik varaqasiga 
asosan xodimning haqiqatda vaqtincha mehnat qobilyatini yo’qotgan ish 
kunlari uchun yuqorida keltirib o’tilgan tartibda o’rtacha ish haqi aniqlanib 
mehnat stajidan kelib chiqib miqdori aniqlanadi.
Nizomga ko’ra quyidagi tartib belgilangan:
Vaqtincha 
mehnatga 
qobiliyatsizlik 
nafaqasi 
ish 
stajining 
davomiyligidan qat’i nazar ish haqining 100 foizi miqdorida quyidagilarga 
to’lanadi: 
- ishlayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga; 
- baynalminal jangchilarga va ularga tenglashtirilgan boshqa 
shaxslarga; 
- qaramog’ida 16 yoshga (o’quvchilar 18 yoshga) etmagan uch 
yoki undan ortiq bolalari bo’lgan xodimlarga; 
- Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan 
xodimlarga; 
- Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish 
zonasidan evakuatsiya qilingan va ko’chirilgan, qon hosil qiluvchi organlar 


59 
kasalliklari (o’tkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli 
o’smalar bilan bog’liq kasalliklarga chalingan xodimlarga; 
- mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha 
mehnatga qobiliyatsiz bo’lgan xodimlarga. 
Ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan kasalliklar (sil kasalligi, onkologiya 
kasalliklari, yangidan paydo bo’ladigan xatarli o’simtalar, jinsiy yo’l bilan 
o’tadigan kasalliklar, SPID, moxov (lepra) kasalligi, ruhiy kasalliklar) 
bo’yicha hisobda turgan xodimlarga ular tomonidan davlat ijtimoiy sug’urta 
badali to’lagan davrining (umumiy ish stajining) davomiyligiga bog’liq 
ravishda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi miqdorlarda 
to’lanadi: 
a) umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo’lgan xodimlarga ish haqining 
100 foizi miqdorida; 
b) umumiy ish staji 5 yildan 8 yilgacha bo’lgan xodimlarga ish haqining 
80 foizi miqdorida; 
v) umumiy ish staji 5 yilgacha bo’lgan xodimlarga ish haqining 60 foizi 
miqdorida. 
Yuqorida nazarda tutilgan xodimlardan tashqari qolgan xodimlarga 
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo’yicha nafaqa quyidagi miqdorlarda 
to’lanadi: 
a) umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo’lgan xodimlarga hamda 21 
yoshga etmagan chin (sag’ir) etimlarga ish haqining 80 foizi miqdorida; 
b) umumiy ish staji 8 yilgacha bo’lgan xodimlarga ish haqining 60 foizi 
miqdorida. 
Tashkilotda mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini tayinlanishi bo’yicha 
ijtimoiy sug’urta komissiyasi tarkibi kadrlar bo’limi , kasaba uyushmasi, 
buxgalteriya bo’limi xodimlaridan iborat tasdiqlanadi. Xar oyda ushbu 
komissiya tomonidan bir marta yig’ilish o’tkazilib bayonnoma asosida 
tushgan kasallik varaqalari bo’yicha mehnatga layoqatsizlik nafaqalari va 
boshqa ijtimoiy sug’urta nafaqalari tayinlanadi. 
Ish haqini hisoblab yozish uchun quyidagilar asosiy hujjatlar 
hisoblanadi: tashkilotning ishga qabul qilganlik, bo’shatganlik va xodimlarni 
tasdiqlangan shtatlar jadvali va ish xaqi stavkalariga muvofiq joydan-joyga 
ko’chirish haqidagi buyruqlari, 421-son shakldagi foydalanilgan ish vaqti 
hisobi va ish xaqi hisoblash tabeli va boshqa hujjatlar. 
Tabellar tashkilot rahbarining buyrug’i bilan tayinlangan shaxslar 
tomonidan har oyda belgilangan shaklda yuritiladi. Tabellar butun tashkilot 
bo’yicha yoki tuzilmaviy bo’linmalar (bo’limlar, bo’linmalar, fakultetlar, 
laboratoriyalar va boshqalar)ga bo’lingan holda yuritiladi. Oyning oxirida 
tabel bo’yicha ishlangan kunlarning umumiy miqdori, shuningdek, ortiqcha 
ishlangan soatlar aniqlanadi. To’ldirilgan va tegishli imzolar bilan 
rasmiylashtirilgan tabel va boshqa hujjatlar belgilangan muddatda ish haqi 
hisoblab yozish uchun buxgalteriyaga topshiriladi.
Oyning birinchi yarmi uchun xodimlarga avans beriladi. Avans 
belgilangan tartibda ushlab qolinishi kerak bo’lgan soliq summasini hisobga 


60 
olmagan holda, qoidaga ko’ra, ish haqining 40 foizi miqdorida belgilanadi. 
Avans 389-son shakldagi ish xaqi, avans berish uchun to’lov qaydnomasi 
bo’yicha beriladi. 
Oy uchun ish haqi hisoblab yozish va oyning ikkinchi yarmi uchun 
to’lash odatda, T–49-son shakldagi hisob-kitob to’lov qaydnomasi bo’yicha 
amalga oshiriladi. Ushbu hisob-kitob to’lov qaydnomasiga xodimlarning 
familiyasi, ismi va otasining ismi, hisoblangan ish haqi va nafaqalar summasi, 
berilgan avans, ushlangan soliqlar va boshqa summalar yoziladi.
Ishdan bo’shashda yoki ta’tilga ketishda qilingan hisob-kitoblar 425-
son shakldagi ta’til berish (ishdan bo’shash) bo’yicha hisob yozuvi bo’yicha 
amalga oshiriladi. Bu hisob-kitoblar bo’yicha hisoblangan summalar joriy oy 
uchun ochilgan hisob-kitob-to’lov qaydnomalariga kiritiladi. Ishdan 
bo’shashda yoki mehnat ta’tiliga ketishda qilinadigan bunday hisob-kitoblar, 
hisob-kitob davri oralig’iga to’g’ri kelib qolgan hollarda, to’lovlar 389-son 
shakldagi to’lov qaydnomasi yoki kassa chiqim orderlari orqali amalga 
oshiriladi. Bu hisob-kitoblar orqali hisoblangan va to’langan summalar joriy 
oy hisob-kitob-to’lov qaydnomalariga kiritiladi.
Hisob-kitob-to’lov qaydnomalari ana shu qaydnomalarni tuzgan va 
tekshirgan xodimlar tomonidan imzolanadi. Ish haqi to’lash uchun 
ruxsatnoma tashkilot rahbari va bosh hisobchi tomonidan imzolanadi.
Ta’lim muassasalarida talabalar bilan stipendiya to’lovlari bo’yicha 
hisoblashuvlar 
amalga 
oshiriladi. 
Stipendiya 
to’lovlari 
bo’yicha 
hisoblashuvlar ―Oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash 
va to’lash tartibi to’g’risidagi Yo’riqnoma‖(O’zR Oliy va o’rta mahsus ta’lim 
vazirligi va O’zR Moliya vazirligining 2004 yil 2 martdagi 2P, 43-
sonqarorlari bilan tasdiqlangan) ga asosan amalga oshiriladi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin