O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


Mavzu: Budjet tashkilotlarida tovar(ish, xizmat)lar ishlab



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/15
tarix24.09.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#147651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
budjet tashkilotlarida budjet hisobi

Mavzu: Budjet tashkilotlarida tovar(ish, xizmat)lar ishlab
chiqarish xarajatlari hisobi 
Reja: 
1
Budjet tashkilotlarida tovar(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish 
xarajatlari hisobini tashkil etishning maqsadi va vazifalari.
2
Budjet tashkilotlarida tovar(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish 
xarajatlari hisobini tashkil etish.
3
Tovar(ish, xizmat)lar kalkulyatsiyasi.
4
Tovar(ish, xizmat)larni sotish hisobi. 
5
Tovar(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish xarajatlarini hisobdan 
chiqarish tartibi. 
Budjet dan mablag’ oluvchilar bilan etkazib beruvchilar o’rtasidagi 
shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish va Budjet mablag’larini ularning 
xarajatlarini to’lashga o’tkazish ustidan nazorat qilish bo’yicha vazifalar 
hamda funktsiyalarni bajarish moliya organlarining tegishli bo’linmalari 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga bevosita 
mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan, ishlab 
chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar 
kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli bo’ladi: bevosita va bilvosita moddiy 
xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, boshqa bevosita va 
bilvosita xarajatlar, shu jumladan, ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan 
ustama xarajatlar. 
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxini hosil 
qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko’ra quyidagi elementlar 
bilan guruhlarga ajratiladi: 
- ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati 
chiqarib tashlangan holda); 
- ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash 
xarajatlari; 
- ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar; 


30 
- asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy 
aktivlar amortizatsiyasi; 
- ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar. 
Ishlab chiqarish bilan bog’liq moddiy xarajatlarga quyidagilar tegishli 
bo’ladi: 
1. Ishlab chiqariladigan mahsulotning asosini tashkil etib, uning tarkibiga 
kiradigan yoki mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, xizmatlar 
ko’rsatishda) zarur tarkibiy qism hisoblangan chetdan sotib olinadigan xom 
ashyo va materiallar. 
2. Normal texnologiya jarayonini ta’minlash va mahsulotlarni o’rash 
uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar) yoki boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga 
sarflanadigan (asbob-uskunalar, binolar, inshootlar va boshqa asosiy vositalar 
sinovini o’tkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish) 
uchun ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan xarid qilinadigan 
materiallar, shuningdek asbob-uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qismlar, 
inventarlarning, xo’jalik buyumlarining va asosiy vositalarga kirmaydigan 
boshqa mehnat vositalarining qiymati. 
3. Sotib olinadigan, kelgusida ushbu xo’jalik yurituvchi sub’ektda montaj 
qilinadigan yoki qo’shimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim 
tayyor mahsulotlar. 
4. Tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xo’jalik yurituvchi 
sub’ektning ichki tarkibiy bo’linmalari tomonidan bajariladigan faoliyatning 
asosiy turiga tegishli bo’lmagan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan 
ishlar va xizmatlar. 
Ishlab chiqarish xarakteriga ega bo’lgan ishlar va xizmatlarga mahsulot 
tayyorlash bo’yicha ayrim operatsiyalarni bajarish, xom ashyo va 
materiallarga ishlov berish, iste’mol qilinayotgan ashyo va materiallar sifatini 
aniqlash uchun sinovlar o’tkazish, belgilangan texnologik jarayonlarga rioya 
etilishi ustidan nazorat qilish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini tuzatish va 
boshqalar tegishli bo’ladi. 
Budjet tashkilotlarida ichida tashqi yuridik shaxslarning transport 
xizmatlari (xom ashyo, materiallar, instrumentlar, detallar, tanavorlar, 
yuklarning boshqa turlarini bazis (markaziy) ombordan tsexga keltirish va 
tayyor mahsulotni saqlash uchun omborga keltirish) ham ishlab chiqarish 
xususiyatiga ega bo’lgan xizmatlarga tegishli bo’ladi. 
1. Tabiiy xom ashyo (er rekultivatsiyasiga ajratmalar, ixtisoslashtirilgan 
yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan erni rekultivatsiya qilish 
ishlariga haq to’lash), ildizi bilan beriladigan daraxtga haq to’lash, korxonalar 
tomonidan suv xo’jaligi tizimlaridan beriladigan iste’mol qilinadigan suv 
uchun haq to’lash. Sanoatning xom ashyo tarmoqlari uchun yog’och, taxta 
materallaridan 
yoki 
foydali 
qazilmalardan 
(rudadan) 
foydalanishga 
huquqlarning amortizatsiya qilinadigan qiymati yoki atrof muhitni tiklash 
xarajatlari.
2. Texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab 
chiqarishga, binolarni isitishga sarflanadigan yonilg’ining chetdan sotib 


31 
olinadigan barcha turlari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning transporti 
tomonidan bajariladigan ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish bo’yicha 
transport ishlari. 
3. Budjet tashkilotlarining texnologik transport va boshqa ishlab 
chiqarish va xo’jalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi xarid 
qilinadigan energiya. (Budjet tashkilotlarining o’zi tomonidan ishlab 
chiqariladigan elektr energiyasiga va energiyaning boshqa turlariga, 
shuningdek, xarid qilinadigan energiyani iste’mol joyigacha transformatsiya 
qilish va uzatish xarajatlari xarajatlarning tegishli elementlariga kiritiladi). 
4. Ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning yaroqsizlanishi va 
kam chiqishi. 
5. Budjet tashkilotlarining transporti va xodimlari tomonidan moddiy 
resurslarni etkazish bilan bog’liq xarajatlar (yuklash va tushirish ishlari ham 
shu jumlaga kiradi) ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlariga 
kirishi kerak (mehnatga haq to’lash xarajatlari, asosiy fondlar amortizatsiyasi, 
moddiy xarajatlar va boshqalar). 
6. Budjet tashkilotlarilar tomonidan moddiy resurslarni etkazib 
beruvchilardan olinadigan idishlar ham moddiy resurslar qiymatiga kiritiladi. 
7. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy resurslar xarajatlaridan 
qaytariladigan chiqitlar qiymati va idish va o’rash-joylash materiallari qiymati 
ularning amalda sotilishi, foydalanilishi yoki omborga kirim qilinishi narxi 
bo’yicha chiqarib tashlanadi. 
8. "Moddiy xarajatlar" elementi bo’yicha aks ettiriladigan moddiy 
resurslar qiymati sotib olish narxidan, shu jumladan, barter bitishuvlarida, 
qo’shimcha narx (ustama)dan, ta’minot, tashqi iqtisodiy tashkilotlar 
tomonidan to’lanadigan vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari 
xizmatlari qiymatidan, shu jumladan, brokerlik xizmatlaridan, bojlar va 
yig’imlardan, soliqlardan (korxona keyinchalik qarz surishish, masalan, 
qo’shilgan qiymat solig’i tarzida qaytarib oladiganlardan tashqari), 
transportda tashishga haq to’lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan 
amalga oshiriladigan saqlash va etkazib berishga haq to’lashdan kelib chiqib 
shakllanadi. 
Qo’shimcha tibbiy xizmatlar fuqarolarning, shuningdek tashkilotlar
muassasalar va korxonalarning o’z mablag’lari hamda qonun bilan 
ta’qiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi. 
- O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat 
tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy-sanitariya yordami ko’rsatishi 
belgilangan tibbiyot muassasalarida respublika aholisiga tibbiy xizmatlar 
bepul asosda ko’rsatiladi.
- qo’shimcha pullik tibbiy xizmat ko’rsatishga ruxsat etiladi. 
Shoshilinch va tez tibbiy yordam respublika aholisiga, shu jumladan 
xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga bepul asosda 
ko’rsatiladi. Pullik tibbiy xizmatlar tibbiyot muassasalari tomonidan 
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi (keyinchalik - Sog’liqni 
saqlash vazirligi) va Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent 


32 
shahar sog’liqni saqlash boshqarmalari (keyinchalik - Sog’liqni saqlash 
boshqarmalari) tomonidan beriladigan ruxsatnomalarga asosan ko’rsatiladi. 
Tibbiyot muassasalarining pullik tibbiy xizmat ko’rsatish to’g’risidagi 
murojaatlarini ko’rib chiqish va ruxsatnoma berish uchun Sog’liqni saqlash 
vazirligi va Sog’liqni saqlash boshqarmalari qoshida ishchi guruh tashkil 
etiladi. Ishchi guruh tarkibi Sog’liqni saqlash vazirligi va Sog’liqni saqlash 
boshqarmalari tomonidan, ruxsatnoma shakli Sog’liqni saqlash vazirligi 
tomonidan tasdiqlanadi. 
Tibbiyot muassasasalari aholiga pullik tibbiy xizmat ko’rsatishga 
ruxsatnoma olish uchun bo’ysunishiga qarab Sog’liqni saqlash vazirligiga 
yoki Sog’liqni saqlash boshqarmalariga quyidagi xujjatlarni takdim etishlari 
lozim: 
- tibbiyot muassasasi rahbarining so’rovnomasi; 
- pullik tibbiy xizmat ko’rsatuvchi bo’lim Nizomi;. 
- aholiga pullik asosda ko’rsatiladigan tibbiy xizmatlar ro’yxati; 
- aholiga pullik asosda ko’rsatiladigan tibbiy xizmatlar preyskuranti; 
- pullik xizmat bo’yicha daromad va xarajatlar smetasi. 
Tibbiyot muassasalariga pullik xizmat ko’rsatish huquqini beruvchi 
ruxsatnoma 5 yil muddatga beriladi.
Tibbiyot muassasalarida aholiga ko’rsatiladigan pullik tibbiy xizmat turlari, 
hajmi bo’ysunishiga qarab Sog’liqni saqlash vazirligi yoki Sog’liqni saqlash 
boshqarmalari tomonidan aniqlanadi. Sog’liqni saqlash vazirligi va Sog’liqni 
saqlash boshqarmalarida tibbiyot muassasalariga pullik xizmat ko’rsatish 
huquqini beruvchi ruxsatnomalar reestri yuritiladi.
Pullik tibbiy xizmat ko’rsatuvchi tibbiyot muassasalari pullik 
xizmatlardan tushayotgan mablag’larni tasarruf etish uchun bank 
muassasalarida maxsus hisob raqamiga, shuningdek zarur hollarda valyuta 
hisob raqamiga ega bo’lishi kerak. 
Tibbiyot muassasalarida pullik tibbiy xizmatlarga narxlar xarajatlar 
kalkulyatsiyasiga asosan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
1999 yil 5 fevraldagi 54-son Qarori bilan tasdiklangan ―Mahsulotni ishlab 
chiqarish va sotishda (ishlar va xizmatlar) xarajatlar tarkibi va moliya 
ko’rsatkichlarini shakllanishi to’g’risidagi Nizom‖ va Adliya vazirligidan 
2000 yil 25 yanvarda ro’yxatdan o’tkazilgan 880-raqamli Tartibga hamda 
Sog’liqni saqlash vazirligining 2007 yil 26 noyabrdagi 526-sonli buyrug’iga 
asosan shakllantiriladi. 
Pullik xizmatlarga kalkulyatsiyalar muassasalar tomonidan ishlab 
chiqilib tasdiqlanadi va bo’ysunishiga qarab Sog’liqni saqlash vazirligi yoki 
Sog’liqni saqlash boshqarmalari bilan kelishiladi. Pullik tibbiy xizmatlar (shu 
jumladan servis xizmatlari) tibbiyot muassasasi va bemor o’rtasida tuzilgan 
shartnomaga asosan amalga oshiriladi. Shartnomada pullik tibbiy xizmat olish 
muddatlari, hisob-kitob tartibi, tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va 
javobgarligi belgilanadi.
Pullik tibbiy xizmatlar tibbiyot muassasasining hisob raqamiga naqd pul 
yoki pul o’tkazish yo’li bilan oldindan 100% to’lov shaklida amalga 


33 
oshiriladi. Bemor tibbiy xizmat olib bo’lgach chiqarilib yuborilayotganda 
yakuniy hisob-kitob amalga oshiriladi. Pullik tibbiy xizmat ko’rsatish tartibi 
hamda tibbiyot muassasasi bosh shifokori tomonidan tasdiqlangan pullik 
tibbiy xizmat preyskuranti har bir tibbiyot muassasasi tomonidan bemorlar 
e’tiboriga etkazilishi maqsadida fuqarolar uchun qulay joylarda osilgan 
bo’lishi kerak. 
Tibbiyot muassasalari tasdiqlangan shakllar asosida kirim orderini va 
kvitantsiyani rasmiylashtirishi va pullik tushumlarni hisobini olib borishi 
shart. Kvitantsiyalarning bir nusxasi bemorga beriladi
ikkinchi nusxasi 
tibbiyot muassasasi buxgalteriyasida 5 yil saqlanadi. 
Naqd pul tushumlarini aholidan tibbiyot muassasasining buyrug’i bilan 
tayinlangan alohida xodim (moddiy javobgar shaxs) qabul qiladi. Ushbu 
xodimlardan tashqari boshqa xodimlarning naqd pul tushumini qabul qilishi 
qatiyan man etiladi. Kirim orderlarini rasmiylashtirmasdan naqd pul tushumi 
qabul qilinishi hollari aniqlanganda aybdor shaxslar qonun bilan o’rnatilgan 
tartibda javobgarlikka tortiladi. 
Tibbiyot muassasalari pullik xizmatlar bo’yicha statistika va buxgalteriya 
hisobi va hisobotini olib borishi, o’rnatilgan tartibda va muddatlarda yuqori 
hududiy sog’liqni saqlash boshqaruv organiga va statistika organlariga 
belgilangan shakllarda hisobotlarni topshirishi shart. 
Tibbiyot muassasasining pullik tibbiy xizmat ko’rsatuvchi bo’limi. 
Pullik tibbiy xizmat ko’rsatuvchi bo’lim tibbiyot muassasasining 
tarkibiy tuzilmasi hisoblanib, uning asosiy maqsadi aholiga malakali tibbiy va 
servis xizmati ko’rsatishdan iborat. 
Davolash-profilaktika 
muassasalarining 
pullik 
tibbiy 
xizmat 
ko’rsatuvchi bo’lim to’g’risidagi namunaviy Nizom Sog’liqni saqlash 
vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Pullik tibbiy xizmatni o’z vaqtida to’liq va 
sifatli ko’rsatilishi uchun tibbiyot muassasasi rahbari shaxsan javob 
beradi.Pullik tibbiy xizmatlar sifati ustidan nazorat Sog’liqni saqlash vazirligi 
va Sog’liqni saqlash boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. 
Tibbiyot muassasasi va tibbiy xizmatni oluvchi bemor o’rtasida yuzaga 
keladigan e’tiroz va tortishuvlar o’zaro kelishuvga asosan, yuqori sog’liqni 
saqlash boshqaruv organida yoki sud organlarida hal etiladi.O’zbekiston 
Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tomonidan 
kafolatlangan bepul tibbiy-sanitariya yordami ko’rsatishi belgilangan 
davolash-profilaktika muassasalarida pullik tibbiy xizmat ko’rsatish shartlari 
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat 
tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy-sanitariya yordami ko’rsatishi 
belgilangan davolash-profilaktika muassasalarida faqat quyidagi hollarda 
pullik tibbiy xizmat ko’rsatishga ruxsat etiladi (shoshilinch va tez tibbiy 
yordamdan tashqari): 
- xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga;
- Budjet dan moliyalashtirilmaydigan to’liq ho’jalik hisobidagi 
reabilitatsiya va sog’lomlashtirish bo’limlarida; 


34 
- korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan shartnoma asosida pul 
o’tkazish yo’li bilan xodimlarni dispanserizatsiyasi, sog’lomlashtirish; 
- dekretiv kontingentni tibbiy ko’rikdan o’tkazish; 
- haydovchilarni avtotransport vositalarini xaydashga yaroqlilik 
bo’yicha tibbiy ko’rikdan o’tkazish. 
- ushbu tibbiy xizmat turlariga moddiy-texnika bazasi, mutaxassislari, 
yordamchi diagnostika bo’limlari etarli bo’lgan ambulator-poliklinika 
muassasalarida – oilaviy poliklinikalar, shaxar poliklinikalari, diagnostika 
markazlari, tuman va shaxar ko’p tarmoqli markaziy poliklinikalarida ruxsat 
beriladi. 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin