Mavzu. Asosiy vosita va nomoddiy aktivlar hisobi
Reja:
1.
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobini tashkil etishning
maqsadi va vazifalari;
2.
Asosiy vositalar kirimi hisobi;
3.
Asosiy vositalarga eskirish hisoblash va ularni hisobi;
4.
Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish va ularni hisobda aks
ettirish;
5.
Nomoddiy aktivlar hisobi
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalar hisobi alohida tashkil etiladi.
Tashkilotlar o’zlarining zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan
bog’liq bo’lgan faoliyatlarini amalga oshirishi, shuningdek ishlab chiqarish
(ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish) jarayonida foydalaniladigan, qiymatidan
qat’i nazar 1 yildan ortiq xizmat qilish muddatiga ega bo’lgan moddiy
aktivlarni buxgalteriya hisobida asosiy vositalar tarkibida hisobga oladi va aks
ettiradi.
Asosiy vositalar – qonunchilikka muvofiq zimmasiga yuklatilgan
vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkilot tomonidan uzoq vaqt
davomida (bir yildan ortiq) foydalanadigan, shuningdek, ijaraga berishi
mumkin bo’lgan moddiy aktivlardir.
Asosiy vositalar tarkibida quyidagilar hisobga olinadi: imoratlar, inshootlar,
mashina va uskunalar, kompyuter texnikasi va unga qo’shimcha qurilmalar,
transport vositalari, kutubxona fondi, uzatkich moslamalari, ishchi va
mahsulot beruvchi hayvonlar va boshqa asosiy vositalar (muzey boyliklari,
hayvonot olami eksponatlari, sahna-tomosha vositalari, o’quv kinofilmlari,
magnit disklari va lentalari, kassetalar va hokazo).
Qiymati va xizmat muddatidan qat’i nazar, quyidagilar asosiy vositalar
tarkibiga kiradi: qishloq xo’jaligi mashinalari va uskunalari, katta yoshdagi
ishchi va mahsulot beruvchi hayvonlar (shu jumladan, maydasi ham),
kutubxona fondlari, muzey boyliklari (muzey eksponatlaridan tashqari),
hayvonot olami eksponatlari va namunaviy loyihalashtirishga oid hujjatlar.
12
Ko’p yillik ko’chatlarga doir kapital xarajatlar har yili, butun ishlar majmui
tugashidan qat’i nazar, foydalanishga qabul qilingan maydonlarga taalluqli
xarajatlar summasida asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi.
Asosiy vositalar hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobi oldiga
quyidagi vazifalar qo’yiladi:
1.
Moddiy aktivlarni qonunchilikda belgilangan tartibda asosiy vositalar
tarkibida aks ettirish;
2.
Asosiy vositalarning kelib tushishi, ularning tashkilot ichida joydan-
joyga o’tishi (ko’chishi), tashkilot hisobidan chiqarilishi (jumladan, yaroqsiz
holga kelganligi sababli), shuningdek, har bir ob’ektning (predmetning,
komplektning) saqlanishi va to’g’ri foydalanishi ustidan nazorat qilinish;
3.
Asosiy vositalar xarakatini hujjatlarda to’g’ri rasmiylashtirilish hamda
hisob registrlarida o’z vaqtida aks ettirilishini ta’minlash;
4.
Belgilangan tartibda asosiy vositalarga eskirish hisoblash va qayta
baholash hamda ularni buxgalteriya xujjatlari, hisob registrlarida qayd etib
borish;
5.
Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari hisobini yuritish;
6.Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobvaraqlarda holati va xarakatini aks
ettirish;
7. Asosiy vositalar bo’yicha o’z vaqtida to’liq hamda aniq buxgalteriya
axborotlarini shakllantirib berish.
Asosiy vositalar qonunchilik (―1 yanvar holati bo’yicha asosiy fondlarni har
yili qayta baholashni o’tkazish tartibi to’g’risida‖ Nizom) da belgilangan tartibda
har yili qayta baholanadi. Asosiy fondlar qiymatini qayta baholash har yili (joriy
yilning 1 fevraligacha) 1 yanvar holati bo’yicha qayta baholashni o’tkazish
davrida narxlar darajasidan kelib chiqib o’tkaziladi. 1 yanvar holati bo’yicha
asosiy fondlarni har yili qayta baholash oldingi qayta baholash natijasida
olingan ob’ektlarning dastlabki (tiklanish) qiymatidan, yil davomida kelib
tushgan asosiy fondlar bo’yicha esa - harid qilish qiymatidan amalga
oshiriladi.
Er uchastkalari va tabiatdan foydalanish ob’ektlarining qiymati qayta
baholanmaydi.
Nizomga ko’ra asosiy vositalarning to’liq tiklanish qiymati
tashkilotning hohishiga qarab qayta baholashni o’tkazish davrida 1 yanvarga
shakllangan, baholanayotganlariga aynan o’xshash bo’lgan yangi ob’ektlarga
hujjatlar asosida tasdiqlangan bozor narxlari bo’yicha alohida ob’ektlar
qiymatini bevosita hisoblash yo’li bilan yoki asosiy fondlar turlari bo’yicha
va ularni harid qilish davrlariga bog’liqlikda tabaqalangan asosiy fondlar
qiymatini o’zgartirish indekslarini qo’llagan holda ayrim ob’ektlarning
dastlabki (tiklanish) qiymatini indekslash yo’li bilan aniqlanadi.
Bunda asosiy fondlarning bir turdagi ob’ektlari (markalari, hillari va
hokazo) bo’yicha yagona usul qo’llaniladi.
Bevosita qayta baholash usuli qo’llanilganda ob’ektlarning to’liq
tiklanish qiymatini hujjatlar asosida tasdiqlash uchun tashkilotning hohishiga
ko’ra quyidagilardan foydalanilishi mumkin:
13
a) tayyorlovchi tashkilotlar va ularning rasmiy dilerlari, tovar-xom ashyo
birjalari, ko’chmas mulk birjalaridan yozma shaklda olingan huddi shunday
mahsulotga doir narxlar to’g’risidagi ma’lumotlar;
b) qayta baholashni o’tkazish sanasiga va asosiy fondlarni xarid qilish
sanasiga MB kurslarining nisbati sifatida belgilanadigan hisob-kitob
koeffitsientini qo’llagan holda harid qilish sanasiga EAVda asosiy
fondlarning qiymati to’g’risidagi (tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo’lganida)
ma’lumotlar;
v) tegishli davlat organlarida mavjud bo’lgan narxlar darajasi to’g’risidagi
ma’lumotlar;
g) qayta baholashni o’tkazish davrida ommaviy axborot vositalari va maxsus
adabiyotlarda e’lon qilingan narxlar darajasi to’g’risidagi ma’lumotlar;
d) asosiy fondlar qiymati to’g’risida baholovchining hisoboti.
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi tomonidan asosiy
fondlarni qayta baholash chog’ida indeks usulini qo’llash uchun 31 dekabrga
qadar navbatdagi qayta baholash bo’yicha tegishli indekslar ishlab chiqiladi
va rasmiy ravishda ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Asosiy vositalarning butligi ustidan nazoratni yo’lga qo’yish va ularni
hisobini tashkil etish uchun har bir ob’ekt (predmet)ga, kutubxona
fondlaridan tashqari, sakkiz belgidan (asosiy vositalar ko’p bo’lgan hollarda,
ushbu belgilar soni ham ko’paytirilishi mumkin) iborat inventar raqami
beriladi.
Asosiy vositalar quyidagilar natijasida tashkilot balansiga kirim qilinadi:
o
oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha ob’ektni sotib olish;
o
kapital qo’yilmalar tugaganidan so’ng tiklangan ob’ektni qabul
qilish-topshirish;
o
beg’araz kelib tushish;
o
tovar-moddiy zahiralar tarkibidan o’tkazish;
o
asosiy vositalarning ortiqcha (hisobga olinmagan) ob’ektlarini
aniqlash;
o
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar.
Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobiga kirim qilinishi asosiy
vositalarning dastlabki qiymati bo’yicha amalga oshiriladi.
Cotib olingan asosiy vositalar, tugallangan qurilishlar va inshootlar,
shuningdek, tashkilotning o’zida tayyorlangan asosiy vositalarning dastlabki
qiymatiga ularning sotib olish narxi va ularga qilingan barcha xarajatlarning
to’liq summasida, jumladan, mazkur asosiy vositalarni foydalanish uchun
ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog’liq bo’lgan etkazib berish va
montaj qilish, o’rnatish, ishga tushirish va boshqa xarajatlarni hisobga olgan
holda kiritiladi.
Sotib olingan asosiy vositalarning dastlabki qiymati quyidagi
xarajatlardan tashkil topadi:
- etkazib beruvchilarga hamda shartnoma bo’yicha qurilish-montaj ishlarini
bajarganlik uchun pudratchilarga to’lanadigan summalar;
14
- asosiy vositalarni sotib olish (qurish) munosabati bilan qonunchilikda
belgilangan tartibda to’langan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar
summalari, shu jumladan bojxona bojlari va yig’imlari (agar ular
qoplanmasa);
- asosiy vositalarni sotib olish (qurish) bilan bog’liq axborot va maslahat
xizmatlari uchun to’langan summalar;
- asosiy vositalarni etkazib berish (qurish) xatarini sug’urtalash bo’yicha
xarajatlar;
- asosiy vositalar ob’ektini sotgan vositachilarga to’lanadigan haqlar;
- asosiy vositalarni o’rnatish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirishga oid
xarajatlar;
- aktivdan foydalanish uchun uni ishchi holatga keltirish bilan bevosita
bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar.
Tashkilotning o’zida tayyorlangan (qurilgan) asosiy vositalarning
dastlabki qiymati asosiy vositalarni tiklash (qurish, qurib bitkazish) bo’yicha
amalga oshirilgan barcha haqiqiy xarajatlar summasi (tannarxi) bo’yicha aks
ettiriladi.
Beg’araz olingan asosiy vositaning dastlabki qiymati buxgalteriya
hisobida qabul qilingan sanadagi ularning belgilangan tartibda aniqlangan
joriy qiymati bo’yicha aks ettiriladi.
Hisobga qabul qilingan asosiy vositalarning dastlabki qiymatini
o’zgartirishga asosiy vosita ob’ektlarida amalga oshirilgan qo’shimcha
qurish, qo’shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlash, rekonstruktsiya yoki
modernizatsiya qilish, qisman tugatish va qayta baholash amalga oshirilgan
hollarda ruxsat etiladi.
Qo’shimcha qurish, qo’shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlash
ishlariga asosiy vositalar ob’ektining texnologik yoki xizmat mo’ljalining
o’zgarishi, oshirilgan ishlar ko’lami va sifatni yanada yaxshilashga doir
boshqa hollar tufayli qilinishi lozim bo’lgan ishlar kiritiladi.
Rekonstruktsiya qilish ishlariga ishlab chiqarishni takomillashtirish va
uning texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini oshirish bilan bog’liq bo’lgan hamda
ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, mahsulot (ishlar, xizmatlar) sifatini
yaxshilash va nomenklaturasini o’zgartirish maqsadlarida asosiy vositalarni
rekonstruktsiya qilish loyihasi bo’yicha amalga oshiriladigan mavjud asosiy
vositalar ob’ektlarini qayta qurish kiritiladi.
Asosiy vositalar oldi sotdi shartnomasi bo’yicha sotib olinganda,
beg’araz olinganda yuk xati (schyot faktura yoki nakladnoy)ga asosan boshqa
yuridik yoki jismoniy shaxslardan olinadi. Korxonada raxbar tomonidan
tuzilgan asosiy vositalarni qabul qilish va hisobdan chiqarish bo’yicha doimiy
faoliyat qiladigan komissiya tomonidan asosiy vositani balansga qabul qilish
bo’yicha AV-1 shakldagi Budjet tashkilotlarida asosiy vositalarni qabul
qilish-topshirish to’g’risida dalolatnoma tuziladi. Bu dalolatnoma ikki
nusxada tuzilib, raxbar tomonidan tasdiqlanadi va tegishli bo’lgan texnik
xujjatlar(pasport va boshqalar) ilova qilinadi.
15
Qo’shimcha qurilgan, qo’shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlangan,
rekonstruktsiya yoki modernizatsiya qilingan asosiy vositalar bo’yicha
tugallangan ishlarni qabul qilish AV-3-son shakldagi qo’shimcha qurilgan,
qo’shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlangan, rekonstruktsiya yoki
modernizatsiya qilingan asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish bo’yicha
dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu dalolatnoma mazkur ishlarni
amalga oshirgan va qabul qilib olgan shaxslar tomonidan imzolanadi.
Tovar-moddiy zahiralar tarkibidan o’tkazilganda yoki inventarizatsiya
natijasida asosiy vositalarning ortiqcha (hisobga olinmagan) ob’ektlari
komissiya tomonidan asosiy vositani balansga qabul qilish bo’yicha AV-1
shakldagi Budjet tashkilotlarida asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish
to’g’risida dalolatnoma tuziladi.
Yuqoridagi xujjatlarga asosan AV-6, AV-8, AV-9 – son inventar
kartochkalar ochiladi va buxgalteriya yozuvlari berilib 274-son shakldagi 6-
memorial orderda aks ettiriladi. Memorial orderdan 308-son shakldagi bosh
jurnal kitobi va hisobot shakllariga tushiriladi.
Budjet tashkilotlarda asosiy vositalarining eskirishi ―Budjet
tashkilotlarining asosiy vositalarining eskirishini aniqlash va buxgalteriya
hisobida aks ettirish tartibi to’g’risidagi Nizom (O’zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligida 2009 yil 30 oktyabrda 2028-son bilan ro’yxatga olingan)ga
muvofiq asosiy vositalarining yillik eskirish me’yorlaridan kelib chiqqan
holda, har yili aniqlanadi va har oyda shu tashkilotlarning buxgalteriya hisobi
va hisobotida aks ettiriladi. Eskirish imoratlar, inshootlar, uzatkich
moslamalar, mashina va jihozlar, ish hayvonlari va transport vositalari, ishlab
chiqarish (ashyolarni ham qo’shib) va xo’jalik inventarlari hamda foydalanish
mumkin bo’lgan yoshga etgan ko’p yillik daraxtlar, butalar va boshqa asosiy
vositalar bo’yicha aniqlanadi va hisobga olinadi. Vazirliklar, davlat
qo’mitalari va idoralari, zarur hollarda, o’zlarining tizimidagi tashkilotlarda
asosiy vositalarning eskirishi me’yorlarini asosiy vositalarning texnik shartlari
yoki tayyorlovchi-tashkilotlar tavsiyalariga muvofiq asosiy vositalar
ob’ektlarining samarali foydalanish muddatini hisobga olgan holda, tegishli
qonunchilik bilan belgilangan me’yorlardan oshmagan holda o’rnatilgan
tartibda belgilashlari mumkin. Asosiy vosita ob’ektlarida amalga oshirilgan
qo’shimcha
qurish,
qo’shimcha
asbob-uskunalar
bilan
jihozlash,
rekonstruktsiya yoki modernizatsiya natijasida dastlabki qabul qilingan
me’yoriy ko’rsatkichlari yaxshilanishi (oshirilishi) hollarda tashkilotlar shu
ob’ektning amalga oshirilgan qo’shimcha qurish, qo’shimcha asbob-uskunalar
bilan jihozlash, rekonstruktsiya yoki modernizatsiya ishlari tugatilgan oydan
keyingi hisobot oyining birinchi sanasidan boshlab shu ob’ektning samarali
foydalanish muddatini qayta ko’rib chiqadilar.
Beg’araz olingan asosiy vositalar ob’ektlarining samarali foydalanish
muddati quyidagicha aniqlanadi:
- tashkilotlardan olinganlar uchun – amalda foydalanilgan muddatlarini va
avval hisoblangan eskirish summasini hisobga olgan holda;
- boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan olinganlar uchun – tashkilotlarda
16
doimiy ishlaydigan inventarlash komissiyasi tomonidan belgilangan
ob’ektning bozor bahosi va foydalanish muddatidan kelib chiqqan holda.
Eskirish quyidagi asosiy vositalar bo’yicha aniqlanmaydi: arxitektura va
san’atning noyob yodgorliklari bo’lgan imoratlar va inshootlar, kabinet va
laboratoriyalarda
joylashgan
o’quv ishlari va ilmiy maqsadlarda
foydalaniladigan jihozlar, eksponatlar, nusxalar, amaldagi va amal
qilmayotgan modellar, maketlar va boshqa ko’rgazmali qo’llanmalar,
mahsuldor qora mollar, hayvonot olami eksponatlari (hayvonot bog’i va
shunga o’xshash tashkilotlarda), foydalanish mumkin bo’lgan yoshga
etmagan ko’p yillik ko’chatlar, kutubxona fondlari, filmlar fondi, sahnaga
qo’yish uskunalari, badiiy va muzey buyumlari.
Asosiy vositalar ob’ekti bo’yicha eskirish hisoblash mazkur ob’ekt
asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi
sanasidan boshlanadi hamda mazkur ob’ektning dastlabki (tiklanish) qiymati
doirasida yoxud bu ob’ektni balansdan hisobdan chiqarilguncha amalga
oshiriladi.
Hisobot yili mobaynida asosiy vosita ob’ektlari bo’yicha eskirish
har oyda yillik eskirish summasining 1/12 miqdorida hisoblanadi. Asosiy
vosita ob’ektlari bo’yicha eskirish hisoblash asosiy vositalarning dastlabki
(tiklanish) qiymati to’liq qoplangan yoxud bu ob’ekt balansdan hisobdan
chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab to’xtatiladi.
Asosiy vositalar ob’ektining samarali foydalanish muddati mobaynida
eskirish
hisoblanishi
to’xtatilmaydi, ob’ektlarda amalga oshirilgan
qo’shimcha
qurish,
qo’shimcha
asbob-uskunalar
bilan
jihozlash,
rekonstruktsiya, modernizatsiya, texnik qayta jihozlash ishlari olib borilishi
tufayli to’liq to’xtatilgan hollar bundan mustasno.
Asosiy vosita ob’ektlari bo’yicha eskirish hisoblash hisobot davrida amalga
oshiriladi va buxgalteriya hisobida tegishli hisobot davrida aks ettiriladi.
Eskirish hisoblash asosiy vositalar ob’ektlari qiymatining 100 foizidan
oshib ketishi mumkin emas. Hisobot yili mobaynida buxgalteriya hisobi va
hisobotlarda asosiy vositalarning qayta baholanishi, kirim qilinishi va
hisobdan chiqarilishi (eskirganligi tufayli tugatilishi munosabati bilan ularni
hisobdan chiqarilishi natijasida ham) hisobiga eskirishning umumiy summasi
o’zgarishi mumkin.
Har oyda hisoblangan eskirish summasi tegishli inventar kartochkalar
(kitoblar)da asosiy vositalar ob’ektlari bo’yicha hisobi yozib borilmaydi. Agar
asosiy vositalar tugatilayotganda yoki boshqa tashkilotga berilayotganda,
shuningdek ob’ektlarni eskirishining yillik me’yori belgilangan tartibda
o’zgartirilayotgan bo’lsa, asosiy vosita ob’ektlarining butun foydalanish
muddati mobaynida hisoblangan to’liq eskirish summasi alohida inventar
ob’ektlari bo’yicha aniqlanadi.
Avval foydalanishda bo’lgan asosiy vositalar bir tashkilotdan boshqasiga
berilayotganda, shuningdek tugatilishi sababli hisobdan chiqarilayotganda
ob’ektlarning dastlabki (tiklanish) qiymati o’rnatilgan tartibda hisoblangan
eskirish summasi ko’rsatilgan holda tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
17
Asosiy
vositalarga
belgilangan
me’yorlar
bo’yicha
eskirish
hisoblanganda
buxgalteriya
tomonidan
buxgalteriya
raschyotlari,
ma’lumotnomalari tuzilib ushbu xujjatlarga asosan buxgalteriya yozuvlari
berilib, 274-son shakldagi memorial orderda aks ettiriladi. Memorial orderdan
308-son shakldagi bosh jurnal kitobi va hisobot shakllariga tushiriladi.
Budjet tashkilotlarida asosiy vositalarni hisobdan chiqarilishi ―Asosiy
vositalarni balansdan chiqarish tartibi to’g’risida Nizom‖ (O’zR Moliya
vazirining 2004 yil 16 avgustdagi 101-son Buyrug’i bilan tasdiqlangan) ga va
boshqa qonuniy xujjatlarga tartibga solinadi.
Asosiy vositalar quyidagilar natijasida tashkilot balansidan chiqariladi:
- tugatish;
- sotish;
- beg’araz berish;
- kamomad yoki yo’qotishning aniqlanishi;
- qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar.
Asosiy vositalarni ularning tugatilishi sababli hisobdan chiqarish
to’g’risida komissiya tomonidan qabul qilingan qaror natijalari Budjet
tashkilotlarida asosiy vositalarni hisobdan chiqarish to’g’risidagi dalolatnoma
bilan (AV-4-son shakl, byudj.), shu jumladan, transport vositalari bo’yicha
Budjet tashkilotlarida transport vositalarini hisobdan chiqarish to’g’risidagi
dalolatnoma (AV-4a-son shakl, byudj.) bilan, kutubxonadagi mavjud
adabiyotlarni hisobdan chiqarish Budjet tashkilotlari kutubxonasida mavjud
bo’lgan adabiyotlarni hisobdan chiqarish bo’yicha dalolatnoma (444-son shakl)
bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu dalolatnomalar komissiya tomonidan ikki
nusxada tuziladi va barcha komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi. Birinchi
nusxasi buxgalteriyaga beriladi, ikkinchi nusxasi asosiy vositalar ob’ektlarining
saqlanishi uchun javobgar bo’lgan shaxsda qolib, hisobdan chiqarish natijasida
qolgan moddiy qimmatliklar yoki temir-tersakni omborga topshirish yoki sotish
uchun asos bo’ladi. Transport vositasini hisobdan chiqarishda buxgalteriyaga
dalolatnoma bilan birgalikda O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar
vazirligining Yo’l harakati xavfsizligi davlat xizmati organlarida hisobdan
chiqarilganligini
tasdiqlaydigan
hujjat
ham
taqdim
qilinadi.
Ushbu
dalolatnomalar tashkilot rahbari (yoki uning o’rinbosari) tomonidan
tasdiqlanguniga qadar asosiy vositalarni qismlarga bo’lish va demontaj qilishga
yo’l qo’yilmaydi.
Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish va joydan-joyga ko’chirish
operatsiyalarining hisobi 438-son shakldagi jamlanma qaydnomada (9-
memorial orderda) olib boriladi. Jamlanma qaydnomaga yozuvlar har bir
hujjat bo’yicha yoziladi. Bunda, ―Jami‖ ustunida (tikqatorida) yoziladigan
hisobdan chiqarilgan va joydan-joyga ko’chirilgan moddiy ashyolar summasi
subschyotning debet bo’yicha summasiga teng bo’lishi kerak. Oyning oxirida
subschyot bo’yicha natijalar 308-son shakldagi ―Bosh-jurnal kitobi‖ga
yoziladi.
Nomoddiy aktivlar
-
tashkilot tomonidan ulardan ishlab chiqarish, ishlar
bajarish, xizmatlar ko’rsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish
18
maqsadida yoxud ma’muriy va boshqa funktsiyalarni amalga oshirish uchun
uzoq muddat mobaynida tutib turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega
bo’lmagan mol-mulk ob’ektlaridir.
Aktivlarni buxgalteriya hisobiga nomoddiy aktivlar sifatida qabul
qilishda bir vaqtning o’zida quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
a) moddiy-ashyoviy tuzilish (shakl)ga ega bo’lmasligi;
b) aktivlardan mahsulot ishlab chiqarishda, ishlar bajarish yoki xizmatlar
ko’rsatishda yoxud korxonaning ma’muriy va boshqa funktsiyalari uchun
uzoq muddat, ya’ni davomiyligi 12 oydan yuqori foydali xizmat muddati yoki
agar u 12 oydan oshadigan bo’lsa, oddiy operatsion tsikl mobaynida
foydalanish.
v) korxona ushbu aktivni keyinchalik qayta sotishni mo’ljallamaydi;
g) ishonchlilik, ya’ni korxonada aktiv va unga bo’lgan mutlaq
huquqning mavjudligini tasdiqlovchi tegishli ravishda rasmiylashtirilgan
hujjatlar (patentlar, guvohnomalar, boshqa muhofaza qiluvchi hujjatlar,
patent, tovar belgisidan voz kechish (sotib olish) shartnomasi)ning
mavjudligi;
d) identifikatsiyalash imkoniyati.
Nomoddiy aktiv identifikatsiyalanadigan bo’lib hisoblanadi, agarda u
quyidagi mezonlardan biriga muvofiq kelsa:
a) ajraladigan bo’lsa, ya’ni uni korxonadan ajratib bo’lsa hamda sotish,
berib yuborish, ijaraga berish, alohida yoki ular bilan bog’liq aktiv, kontrakt
yoki majburiyat bilan birga ayirboshlash (gudvilldan tashqari) mumkin
bo’lsa.
Agar EHM uchun dasturlar va ma’lumotlar bazasi tegishli asosiy
vositaning (shu jumladan o’rnatilmagan) tarkibiy qismi hisoblansa, u moddiy
aktiv ahamiyatiga ega bo’lgan asosiy vosita bilan birga qaraladi. Agar EHM
uchun dasturlar va ma’lumotlar bazasi tegishli asosiy vositaning tarkibiy
qismi hisoblanmasa va mutlaq huquq korxonaga tegishli bo’lsa, u nomoddiy
aktiv hisoblanadi;
b) ushbu huquqlar beriladigan yoki korxonadan yoxud boshqa huquq va
majburiyatlardan ajraladigan bo’lishidan qat’i nazar, shartnomaviy va boshqa
yuridik huquqlardan paydo bo’ladi.
Kelgusida korxonaning nomoddiy aktiv bilan bog’liq iqtisodiy foyda
olish ehtimoli faqatgina quyidagi holda mavjud bo’ladi:
a) aktivning kelgusida korxonaning iqtisodiy foydasi (daromadi)ning
ko’paytirishga qodirligi, shuningdek korxonaning aktivdan ushbu maqsadda
foydalanish niyati isbotlanganda;
b) korxona kutilayotgan kelgusidagi iqtisodiy foydani topa olishi uchun
etarlicha resurslar mavjud bo’lganda yoki ularning hammabopligini isbotlash
mumkin bo’lganda.
Nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi birligi bo’lib inventar ob’ekti
hisoblanadi. Nomoddiy aktivlarning inventar ob’ekti bo’lib bitta patentdan,
guvohnomadan, huquqdan voz kechish shartnomasidan va shu kabilardan
kelib chiqadigan huquqlar jami hisoblanadi. Bir inventar ob’ekti boshqasidan
19
ajratilishi (identifikatsiyalanishi)ning asosiy belgisi bo’lib, ular tomonidan
mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko’rsatishda mustaqil
vazifalarning bajarilishi yoxud korxonaning ma’muriy va boshqa
funktsiyalari uchun ishlatilishi hisoblanadi.
Ikkita yoki bir nechta korxona mulkida bo’lgan nomoddiy aktivlar ob’ekti har
bir korxona tomonidan umumiy mulkdagi uning ulushiga teng miqdorda
nomoddiy aktivlar tarkibida aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlarga yuqoridagi talablarga javob beruvchi quyidagi
ob’ektlar kiritilishi mumkin:
a) patent egasining ixtiro, sanoat namunalari va foydali modellarga
bo’lgan mutlaq huquqi;
b) muallif yoki boshqa huquq egasining EHM uchun dasturlar va
ma’lumotlar bazalariga bo’lgan mutlaq huquqi;
v) muallif yoki boshqa huquq egasining integral mikrosxemalarning
topologiyalariga bo’lgan mutloq huquqi;
g) huquq egasining tovar belgisi va xizmat ko’rsatish belgisiga bo’lgan
mutlaq huquqi, shuningdek tovar ishlab chiqarilgan joy nomidan foydalanish
huquqi;
d) huquq egasining selektsiya yutuqlariga bo’lgan mutlaq huquqi;
e) gudvill
j) tabiiy resurslardan foydalanish huquqi, ya’ni er osti boyliklari, atrof-
muhitdagi boshqa resurslar, atrof-muhit to’g’risidagi geologik va boshqa
ma’lumotlar va shu kabilardan foydalanish huquqi;
z) er uchastkasidan foydalanish huquqi;
i) boshqa nomoddiy aktivlar (mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish
va xizmatlar ko’rsatish, iqtisodiy va boshqa imtiyozlardan foydalanish huquqi
va shu kabilar).
Nomoddiy aktivlar quyidagilar natijasida tashkilot balansiga kiritiladi:
- ishlab chiqarish tugaganidan so’ng yaratilgan ob’ektni qabul qilish-
topshirish;
- oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha ob’ektni sotib olish;
- beg’araz kelib tushish;
- ortiqcha (hisobga olinmagan) nomoddiy aktivlar ob’ektlarini
aniqlash;
- qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarga ko’ra.
Cotib olingan, shuningdek tashkilotning o’zida yaratilgan nomoddiy
aktivlarning dastlabki qiymatiga ularning sotib olish narxi (tannarxi) va
ularga qilingan barcha xarajatlarining to’liq summasida, jumladan mazkur
nomoddiy aktivlarni etkazib berish va o’rnatish, ishga tushirish va boshqa shu
bilan bog’liq xarajatlarni hisobga olgan holda kiritiladi. Jumladan, sotib
olingan nomoddiy aktivlarning boshlang’ich qiymati quyidagi xarajatlardan
tashkil topadi:
huquqdan voz kechish (sotib olish) shartnomasiga muvofiq huquq egasi
(sotuvchi)ga to’langan summalar;
huquq egasining mutlaq huquqidan voz kechishi (sotib olish) munosabati
20
bilan amalga oshirilgan ro’yxatdan o’tkazish yig’imlari, davlat bojlari,
patent bojlari va boshqa shunga o’xshash to’lovlar;
bojxona bojlari va yig’imlari;
nomoddiy aktivlarni sotib olish munosabati bilan to’lanadigan soliqlar va
boshqa majburiy to’lovlar summalari (agar ular qoplanmasa);
nomoddiy aktivlarni sotib olish bilan bog’liq axborot va maslahat
xizmatlari uchun to’langan summalar;
nomoddiy aktivlar ular orqali sotib olingan vositachilarga to’lanadigan
haqlar;
nomoddiy
aktivlar
ob’ektlarini etkazib berish tavakkalchiligini
sug’urtalash bo’yicha xarajatlar;
aktivdan maqsadga ko’ra foydalanish uchun uni yaroqli holatga keltirish
bilan bevosita bog’liq boshqa xarajatlar.
Sotib olingan nomoddiy aktivlarga haq to’lash bilan bog’liq xarajatlar,
sotib olish bo’yicha kontraktlarni tayyorlash va ro’yxatdan o’tkazish bilan
bog’liq xarajatlar hamda aktivlarni sotib olish bilan bevosita bog’liq
bo’lmagan boshqa xarajatlar nomoddiy aktivlarning boshlang’ich qiymatiga
kiritilmaydi, balki ular sodir bo’lgan hisobot davrida xaqiqiy xarajatlar
sifatida hisobotlarda aks ettiriladi.
Tashkilotning o’zi tomonidan yaratilgan (ishlab chiqilgan) nomoddiy
aktivlarning boshlang’ich qiymati ushbu nomoddiy aktivlarni ishlab
chiqarishga sarflangan haqiqiy xarajatlar summasi sifatida aniqlanadi.
Nomoddiy aktivlar chet el valyutasi hisobiga sotib olinishida sotib
olinayotgan nomoddiy aktivlarning qiymati operatsiya sodir etilgan sanadagi
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo’yicha chet el valyutasini
so’mga hisoblab o’tkazish yo’li bilan aniqlanadi.
Nomoddiy aktivlar kirimi hisobi buxgalteriya hisobida belgilangan
tartibda buxgalteriya birlamchi, yig’ma va hisob registrlarida aks ettiriladi.
Jumladan:
nomoddiy aktivlar tashkilot tomonidan yaratilaganda nomoddiy aktivni
barpo etish to’g’risida shartnoma, ob’ektni barpo etishga ketgan xarajatlarni
tasdiqlovchi xujjatlar, ob’ektni kirim qilib olish to’g’risidagi dalolatnoma;
Oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha ob’ektni sotib olishda xuquqlar
berilganligi to’g’risida shartnoma, amalga oshirilgan to’lovlarni tasdiqlovchi
xujjatlar, qabul qilib olish dalolatnomasi;
Beg’araz kelib tushishi bo’yicha xuquqlar berilganligi to’g’risida
shartnoma, qabul qilish dalolatnomasi, baxolash dalolatnomasi.
Ortiqcha (hisobga olinmagan) nomoddiy aktivlar ob’ektlarini aniqlash
bo’yicha inventarizatsiya dalolatnomasi.
Nomoddiy aktivlar kirimi bilan bog’liq xarajatlar xar bir inventar ob’ekt
bo’yicha jamlanma qaydnoma tuzilib buxgalteriya ma’lumotnomasi asosida
AV-6 shakldagi inventar kartochka ochiladi, buxgalteriya yozuvlari berilib 6-
memorial order yoki 274-son shakldagi memorial order , memorial orderga
asosan 308-son shakldagi bosh jurnal kitobi va hisobot shakllariga tushiriladi.
21
Nomoddiy aktivlar foydalanishga yaroqsiz holga kelguniga qadar
hisobda aks ettiriladi. Foydalanishga yaroqsiz holga kelgan nomoddiy aktivlar
belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
Nomoddiy aktivlar quyidagilar natijasida tashkilot balansidan hisobdan
chiqariladi:
-tugatish;
-sotish;
-beg’araz berish;
-kamomad yoki yo’qotishning aniqlanishi;
-qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollar.
Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarilishi bilan bog’liq operatsiyalarni
buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun quyidagi xujjatlar rasmiylashtiriladi:
tugatish bo’yicha amal qilish muddati tugaganligi tufayli hisobdan
chiqarilganda – hisobdan chiqarish to’g’risidagi dalolatnoma;
sotish bo’yicha – shartnoma, xaq olinganligini tasdiqlovchi to’lov
xujjatlari, chiqib ketish to’g’risida dalolatnoma;
beg’araz berilish bo’yicha - chiqib ketish to’g’risida dalolatnoma;
kamomad yoki yo’qotishning aniqlanishi bo’yicha – inventarizatsiya
dalolatnomasi.
Nomoddiy aktivlarni chiqib ketishiga oid buxgalteriya xujjatlariga
asosan buxgalteriya yozuvlari berilib 274-son shakldagi memorial order
rasmiylashtiriladi. Memorial orderga asosan 308-son shakldagi bosh
jurnal kitobi va hisobot shakllariga tushiriladi.
Dostları ilə paylaş: |