O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/15
tarix24.09.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#147651
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
budjet tashkilotlarida budjet hisobi

 
 
Mavzu: Budjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar, ularni tuzish, 
tasdiqlash hamda taqdim qilish tartibi 
Reja: 
1
Budjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlar, ularni tuzish, tasdiqlash 
hamda taqdim qilish tartibi. Buxgalteriya balansini tuzish.
2
Xarajatlar smetasi ijrosi haqida hisobotni tuzish tartibi. 
3
Debitorlik va kreditorlik qarzlar to„g„risida ma‟lumotni tuzish tartibi.
4
Budjet tashkiloti rivojlantirish jamg„armasi bo„yicha pul mablag„lari 
harakati to„g„risida hisobotni tuzish tartibi.
5
Ta‟lim muassasalarida o„qitishning to„lov-kontrakt shaklidan tushgan 
mablag„lar harakati to„g„risida hisobotni tuzish tartibi.
6
Boshqa Budjet dan tashqari mablag„lar harakati bo„yicha hisobotni 
tuzish tartibi.
7
Joriy yilning moliyaviy natijalari to„g„risida hisobotni tuzish tartibi.
8
Nomoliyaviy aktivlar harakati to„g„risida hisobotni tuzish tartibi.
9
Xarajatlar smetasi ijrosi haqida oylik hisobotni tuzish tartibi. 
Budjet tashkilotlarda Budjet va Budjet dan tashqari mablag’lar ijrosi 
bo’yicha oylik, choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim 
qilish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan o’rnatiladi. 
Yillik moliyaviy hisobotlar hisobot yilidan keyingi yilning 1 yanvar 
holatiga tuziladi. Choraklik moliyaviy hisobotlar hisobot yilining 1 aprel, 1 
iyul va 1 oktyabr holatiga, oylik moliyaviy hisobotlar hisobot oyidan keyingi 
oyning birinchi sanasi holatiga tuziladi.
Tashkilotlar set, shtat va kontingentlar rejalarini bajarilishi to’g’risidagi 
hisobotlarni 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 
tasdiqlangan shakllarga muvofiq tuzib topshiradilar. Amaldagi qonunchilikka 
muvofiq O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilmagan holda 
moliyaviy hisobotlar shakllariga o’zgartirishlar kiritishga yo’l qo’yilmaydi. 
Budjet tashkilotlari tomonidan topshiriladigan yillik moliyaviy 
hisobotlar tarkibiga quyidagilar kiradi: 
-
Balans (1-shakl); 


85 
-
Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl); 
-
Debitorlik va kreditorlik qarzlar to’g’risida ma’lumot;
-
Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul 
mablag’lari harakati to’g’risida hisobot;
-
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish 
jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot; 
-
Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan 
tushgan mablag’lar harakati to’g’risida hisobot; 
-
Boshqa Budjet dan tashqari mablag’lar harakati bo’yicha hisobot; 
-
Joriy yilning moliyaviy natijalari to’g’risida hisobot; 
-
Nomoliyaviy aktivlarning harakati to’g’risida hisobot. 
Agarda, tashkilotlar qonunchilikka muvofiq hisobot davrida mahsulot 
(ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish faoliyatlarini amalga oshirsa, u 
holda ushbu faoliyatlari bo’yicha belgilangan tartibda va muddatlarda moliya 
organlariga 2-shakl – ―Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot‖ni taqdim 
qiladilar. 
Tashkilotlar tomonidan topshiriladigan choraklik moliyaviy hisobotlar 
tarkibiga quyidagilar kiradi: 
-
Balans (1-shakl); 
-
Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl); 
-
Debitorlik va kreditorlik qarzlar to’g’risida ma’lumot; 
-
Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari 
harakati to’g’risida hisobot; 
-
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish 
jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot; 
-
Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan 
mablag’lar harakati to’g’risida hisobot; 
-
Boshqa Budjet dan tashqari mablag’lar harakati bo’yicha hisobot. 
Yillik va choraklik moliyaviy hisobotlarga tushuntirish xati ilova 
qilinadi. Ushbu tushuntirish xatida Budjet va Budjet dan tashqari mablag’lar 
ijrosi jarayonida vujudga kelgan asosiy omillar, jumladan, Budjet dan 
ajratilgan mablag’larni iqtisod qilinishining sabablari (tahlillari) (agarda 
iqtisod qilingan bo’lsa), debitorlik va kreditorlik qarzlarning vujudga kelish 
sabablari va davri, agarda muddati o’tgan qarzdorlikka yo’l qo’yilgan bo’lsa, 
undirish bo’yicha ko’rilgan choralar, qonunchilikka muvofiq tashkilotlarga 
soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha berilgan imtiyozlar natijasida 
bo’shab qolgan mablag’lar va ularning sarflanishi, shuningdek, tashkilot 
tomonidan hisobot davrida kirim qilingan va sarflangan qog’oz to’g’risidagi 
ma’lumotlar, o’g’irlik va kamomadlar to’g’risidagi ma’lumotlar va moliyaviy 
hisobotlar bilan bog’liq bo’lgan boshqa tushuntirishlar keltiriladi. Bundan 
tashqari, hisobot yilining birinchi choragi bo’yicha moliyaviy hisobotlarga 
tushuntirish xatida asosiy vositalar va boshqa aktivlarni (jumladan, 
tugallanmagan qurilish va o’rnatiladigan asbob-uskunalarni) qayta baholash 
bo’yicha axborotlar ochib beriladi.


86 
Tushuntirish xati tashkilot rahbari yoki uning o’rinbosari (birinchi imzo 
huquqidan foydalanuvchi shaxs), tashkilot bosh hisobchisi yoki uning 
o’rinbosari (ikkinchi imzo huquqidan foydalanuvchi shaxs) hamda moliya-
iqtisod bo’limi boshlig’i (shtatlar jadvaliga muvofiq holda reja-iqtisod 
bo’yicha mutaxassis) tomonidan imzolanadi va tashkilot muhri bilan 
tasdiqlanadi. 
Moliyaviy hisobot shakllaridagi barcha rekvizitlar va nazarda tutilgan 
ko’rsatkichlar to’ldirilishi kerak. Tashkilotlarda tegishli aktivlar, passivlar va 
operatsiyalarning mavjud emasligi sababli biror-bir modda (satrlar, ustunlar) 
to’ldirilmagan taqdirda, ushbu modda (satr, ustun) ustidan chizib qo’yiladi. 
Moliyaviy hisobotlar shakllari (jamlanma hisobotlardan tashqari) ―Bosh-
jurnal kitobi‖ (308-shakl) va boshqa tegishli hisob registrlari ma’lumotlari 
asosida tuziladi. 
Moliyaviy hisobotlar shakllarining manzil (ust) qismi quyidagi tartibda 
to’ldiriladi: 
-―Tashkilot nomi‖ rekvizitida tashkilotning to’liq nomi ko’rsatiladi; 
-―Bo’lim, kichik bo’lim, bob‖ rekvizitida tashkilotning Budjet
tasnifining vazifaviy va tashkiliy jihatdan bo’linishi (belgilanishi) keltiriladi; 
-―Hisobot davri‖ rekvizitida hisobot tuzilayotgan tegishli davr (yil, 
chorak, oy) ko’rsatiladi; 
-―Budjet turi‖ rekvizitida tashkilot tomonidan hisobot berilayotgan 
mablag’ning manbasi O’zbekiston Respublikasi Budjet tasnifiga muvofiq 
mablag’lar manbasi va Budjet lar darajasi tasnifining kodlari keltiriladi; 
-―O’lchov birligi‖ rekvizitida hisobot tuzilayotgan o’lchov birligi 
keltiriladi. 
Moliyaviy hisobotlarni tuzishda quyidagi asosiy shartlar to’liq saqlanishi 
lozim: 
-hisobot davridagi barcha operatsiyalar hamda pul mablag’lari, 
asosiy vositalar, moddiy boyliklarning inventarizatsiya qilinishi va hisob-
kitoblar natijalarining to’liq aks ettirilishi; 
-analitik hisob ma’lumotlarining hisobot davrining birinchi sanasiga 
sintetik hisob yuritish hisobvaraqlari bo’yicha aylanmalar va qoldiqlarga bir 
xil bo’lishi, shuningdek moliyaviy hisobotlar ma’lumotlarining sintetik va 
analitik hisob ma’lumotlariga mosligi; 
-moliyaviy hisobotlardagi tegishli yozuvlarni qayd etish uchun 
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan birlamchi hujjatlarning asos bo’lib 
xizmat qilishi. 
Ushbu asosiy shartlarga rioya qilinmagan holda tuzilgan moliyaviy 
hisobotlar noto’g’ri tuzilgan deb hisoblanadi. 
Tashkilotlar jamlama moliyaviy hisobotlarni o’zlari ko’rib chiqqan 
tasarrufdagi quyi tashkilotlarning moliyaviy hisobotlari hamda o’zining 
moliyaviy hisobotlari asosida tuzadilar. Moliyaviy hisobotlar, qoida 
tariqasida, o’sib boruvchi tartibda bitta o’n xonali sonda ming so’m hisobida 
tuziladi.Agarda, me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablarini buzmagan holda 
moliyaviy hisobotlar ko’rsatkichlari manfiy qoldiq bilan chiqsa (manfiy 


87 
qoldiqqa ega bo’lsa), u holda hisobotlarda ushbu ko’rsatkichlar ―minus‖ 
ishora bilan aks ettiriladi. 
Budjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotlarni 
mazmuniga e’tibor beradigan bo’lsak, shubhasiz balans (1-shakl) markaziy 
o’rinni egallaydi va Budjet tashkilotining ma’lum davrga barcha moliyaviy 
ko’rsatkichlarini o’zida aks ettiradi. 
Qolgan hisobot shakllari esa, mazkur balansda aks ettirilgan moliyaviy 
ko’rsatkichlarni ayrimlarini detallashtirib, aniq ma’lumotlar bilan 
ta’minlashga xizmat qiladi. Bu esa, tashkilotlar tomonidan tuziladigan 
moliyaviy hisobotlarni uzluksizligini, o’zaro muvofiqligini va tizimliligini 
ta’minlaydi. 
Bo’ysunish bo’yicha yuqori turuvchi tashkilotga taqdim etiladigan 
moliyaviy hisobotlar hisobot beruvchi tashkilotning rahbari va bosh 
hisobchisi 
tomonidan 
imzolanadi. 
Markazlashtirilgan 
buxgalteriyada 
moliyaviy hisobotlar u tashkil etilgan boshqaruv idorasi yoki tashkilot rahbari 
tomonidan hamda markazlashtirilgan buxgalteriyaning bosh hisobchisi 
tomonidan imzolanadi.
Bunda, g’azna ijrosiga o’tilgan tashkilotlarning tegishli moliyaviy 
hisobotlari, jumladan, xarajatlar smetasining ijrosi xaqida hisobot (2-shakl) 
hamda Budjet dan tashqari mablag’larning harakati to’g’risida hisobotlar 
G’aznachilik bo’linmalari tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi. 
Vazirliklar, idoralar va hokimliklar boshqarmalari (bo’limlari)ning 
Moliya vazirligi hamda hududiy moliya organlariga taqdim etiladigan 
jamlama moliyaviy hisobotlari tegishli ravishda mazkur boshqaruv 
idoralarining vakolatli rahbari va ushbu idoralarning buxgalteriya xizmatlari 
rahbarlari (hisobchilari) tomonidan imzolanadi. Yuqorida ko’rsatilgan 
mansabdor shaxslarning imzolarisiz va tashkilotlarning muhrlarisiz moliyaviy 
hisobotlar haqiqiy emas, deb hisoblanadi. 
O’zbekiston Respublikasining respublika Budjet ida turadigan 
tashkilotlar moliyaviy hisobotlarni O’zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligining tegishli buyruqlariga muvofiq o’rnatilgan muddatlarda 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadilar. 
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman 
(shahar)lar Budjet larida turadigan tashkilotlar moliyaviy hisobotlarni tegishli 
vazirlik va idoralarga, hokimliklar boshqarmalariga (bo’limlariga) ular 
tomonidan belgilangan, lekin qonunchilik bilan o’rnatilgan muddatlardan 
kech bo’lmagan muddatlarda taqdim etadilar. 
Tashkilotlar tegishli moliya organlariga ular tomonidan belgilangan
lekin mazkur Qoidalar bilan o’rnatilgan muddatlardan kech bo’lmagan 
muddatlarda jamlama moliyaviy hisobotlarni taqdim etadilar. Muddatlar 
tegishli Budjet ning ijrosi to’g’risidagi hisobotlarning yuqori turuvchi moliya 
organiga o’z vaqtida taqdim etilishini ta’minlashni hisobga olgan holda 
belgilanadi. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 
sentyabrdagi 414-sonli "Budjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash 


88 
tartibini takomillashtirish to’g’risida"gi qaroriga (O’zbekiston Respublikasi 
QT, 1999 y. 9-son, 51-modda) muvofiq, moliya yiliga qo’shimcha vaqt etib 
belgilangan davr mobaynida operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar 
uchun moliyaviy hisobotlarni topshirishning alohida muddatlari Moliya 
vazirligi tomonidan belgilanadi. 
O’zbekiston Respublikasining respublika Budjet ida turadigan 
tashkilotlar yuqori turuvchi idoralarga hisobotlarni bo’ysunishiga qarab 
hamda ular tomonidan belgilangan muddatlarda taqdim etadilar. 
O’zbekiston Respublikasining vazirlik va idoralari choraklik jamlama 
moliyaviy hisobotlarni hisobot davridan keyin 25 kundan kechiktirmasdan, 
yillik moliyaviy hisobotlarni esa, hisobot yilidan keyin keladigan yilning 20 
fevralidan kechiktirmasdan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga 
taqdim etadilar. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ko’rsatilgan 
muddatlar doirasida vazirlik va idoralar tomonidan choraklik va yillik 
jamlama moliyaviy hisobotlarni taqdim etishning tabaqalashtirilgan 
muddatlarini belgilaydi. 
Moliyalashtirilishi (xarajatlarining to’lanishi) yil davomida bir Budjet 
dan boshqasiga o’tkazilgan yoki bir vazirlik (idora) tasarrufidan boshqasiga 
o’tkazilgan tashkilotlarda o’tkazish sanasiga moliyaviy hisobot (yillik hisobot 
shakllari hajmida) tuziladi hamda u ilgarigi va hozirgi yuqori turuvchi 
idoralarga taqdim etiladi. Kelgusida hisobot faqat yangi yuqori turuvchi 
idoraga taqdim etiladi. 
Tashkilotlar uchun moliyaviy hisobotlarni taqdim etish sanasi ular 
tomonidan haqiqatda taqdim etilgan sana hisoblanadi. Hisobot taqdim etish 
uchun belgilangan muddat dam olish kuniga to’g’ri kelgan taqdirda hisobot 
dam olish kuni arafasidagi so’nggi ish kunida taqdim etiladi. 
Vazirlik va idoralar, hokimliklar boshqarmalari (bo’limlari) hamda 
boshqa Budjet mablag’larini oluvchilar tomonidan hisobotlar belgilangan 
muddatda topshirilmagan taqdirda Moliya vazirligi va hududiy moliya 
organlari Budjet mablag’larini oluvchilar rahbarlarini yozma ravishda 
ogohlantirgan holda Budjet dan moliyalashni (xarajatlarini to’lashni) 
cheklashlari, zarur hollarda esa to’xtatib qo’yishlari mumkin. 
Moliyaviy hisobotlarda o’chirish va ustiga yozishlar bo’lmasligi kerak. 
Xatolar tuzatilgan taqdirda tegishli qaydlar qilinadi, ularni hisobotlarga imzo 
chekkan shaxslar tasdiqlab, tuzatish sanasini ko’rsatadilar. Moliyaviy 
hisobotlarga kiritilgan barcha tuzatishlar haqida ularni yuqori turuvchi 
tashkilot tomonidan ko’rib chiqish paytida mazkur moliyaviy hisobotlar 
taqdim etilgan barcha joylarga (manzilgohlarga) majburiy tartibda xabar 
qilinishi shart. 
Idoralar, hokimliklar boshqarmalari (bo’limlari) hamda boshqa Budjet
mablag’larini oluvchilar (Budjet mablag’larini bosh taqsimlovchilar) o’z 
tasarrufidagi tashkilotlarning moliyaviy hisobotlarini qabul qiladilar, ko’rib 
chiqadilar hamda tasdiqlaydilar, agarda qonunchilikda boshqacha qoidalar 
nazarda tutilmagan bo’lsa. 


89 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, tegishli hududiy moliya 
organlari zarur hollarda o’tgan moliya yili yakunlarini chiqarishda vazirlik va 
idoralar, hokimliklar boshqarmalari (bo’limlari) tomonidan o’z tasarrufidagi 
tashkilotlarning yillik moliyaviy hisobotlarini ko’rib chiqishda ishtirok 
etishlari mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari 
quyidagi huquqlarga ega: 
- zarur hollarda moliyaviy hisobotda keltirilgan ma’lumotlar yuzasidan 
tushuntirishlar talab qilish; 
- buxgalteriya hisobi va hisobotlari ma’lumotlarini hamda ularning 
hujjatlar bilan asoslanganligini, shuningdek, taftish dalolatnomalari va 
tashkilotning moliya-xo’jalik faoliyatini o’rganish materiallarini joyida ko’rib 
chiqish. 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari 
moliyaviy hisobotlar yuzasidan (ushbu moliyaviy hisobotlar bo’yicha 
noaniqliklar va tushunmovchiliklar yuzaga kelganda) o’z e’tiroz va takliflari 
haqida ular tegishli moliya organlariga kelib tushgan kundan boshlab 10 
kundan kechiktirmasdan tashkilotlarga xabar qiladi. Moliyaviy hisobotlarni 
topshirgan tashkilot olingan e’tirozlar va takliflarga rozi emasligi haqida 5 
kun muddatda Moliya vazirligi yoki hududiy moliya organlariga xabar 
qilmagan taqdirda, takliflar qabul qilingan deb hisoblanadi. 
Ma’lumki, amaldagi qonunchilikka muvofiq Budjet tashkilotlari 
o’zlariga yuklatilgan vazifalarni bajarishlari uchun Budjet hamda Budjet dan 
tashqari mablag’lardan foydalanadilar. Mazkur mablag’larni maqsadli 
sarflanishini taxlil qilish hamda kelasi moliya yili uchun Budjet
tashkilotlariga Budjet dan ajratiladigan mablag’lar bo’yicha xarajatlar 
smetalarini tuzish uchun moliyaviy hisobot ma’lumotlari taxliliga 
asoslaniladi. 
Davlat Budjet ining kelgusi moliya yiliga mo’ljallangan loyihasini 
tayyorlashda va qabul qilishda ham o’tgan davr uchun Budjet ijrosi hisoboti 
ma’lumotlariga asoslanshini o’zi Budjet ijrosi hisoboti ma’lumotlarini 
naqadar ahamiyatli ekanligidan dalolat beradi. 
Budjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan va taqdim qilinadigan moliyaviy 
hisobotlarni axborot imkoniyatlari: 
Balans (1-shakl) - Budjet tashkilotining hisobot davriga moliyaviy holatini 
kompleks taxlilini amalga oshirish mumkin. 
Jumladan, nomoliyaviy aktivlarining hisobot yili boshiga va hisobot davri 
oxiriga qoldig’i, bu esa hisobot davrida Budjet tashkilotining nomoliyaviy 
aktivlarini qancha summada ko’payganligi yoki kamayganligini bildiradi. 
Ularning (asosiy vositalarning) eskirishi va qoldiq qiymati (mos ravishda 
hisobot davrining boshiga va oxiriga) to’g’risidagi ma’lumotlar. 
Moliyaviy aktivlarining har bir turi bo’yicha hisobot davri boshiga va 
oxiriga qoldig’i to’g’risidagi ma’lumotlar. 
Debitorlik va kreditorlik qarzlarning hisobot davri boshiga va oxiriga 
bo’lgan qoldiq summasi, bu esa Budjet tashkiloti tomonidan debitorlik va 


90 
kreditorlik qarzlarni kamaytirish bo’yicha ko’rilgan chora-tadbirlarni taxlil 
qilishda yordam beradi. 
Budjet tashkilotining joriy yilga va o’sib oruvchi yakun bilan moliyaviy 
natijalarini xolati, bu esa, Budjet tashkilotini xar bir daromadlar (tushumlar) 
turi bo’yicha moliyaviy holatini taxlil qilish imkonini yaratadi. 
Bundan tashqari, Budjet tashkilotining balansdan tashqari schyotlarida aks 
ettirilgan mol-mulklari to’g’risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. 
Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl) - Ushbu hisobot 
yordamida Budjet tashkilotining hisobot choragi mobaynida xarajatlar 
smetasining ijrosini taxlil qilish mumkin. 
Jumladan, aniqlangan rejaga nisbatan xarajatlar iqtisodiy tasnifining xar bir 
moddasi bo’yicha kassa va xaqiqiy xarajatlarni amalga oshirilishi to’g’risidagi 
ma’lumotlar. Bu esa, Budjet tashkilotining aniqlangan rejaga nisbatan 
ishlatilmagan limitlarini aynan qaysi xarajat turi bo’yicha vujudga 
kelganligini taxlil qilish imkonini beradi. 
Bundan tashqari rejaga nisbatan xaqiqiy xarajatlarni kam yoki ko’p amalga 
oshirilganligi aynan xarajatlarning qaysi turi bo’yicha yuzaga kelganligini 
ko’rish va taxlil qilish mumkin. 
Bular natijasida Budjet tashkilotining ham joriy yilgi xarajatlar smetasini 
taxlili, ham kelasi yilga rejalashtirilishi mumkin bo’lgan mablag’lar 
to’g’risida ma’lumotlar olish imkonini yaratadi. 
Debitorlik va kreditorlik qarzlar to’g’risida ma’lumot - Budjet
tashkilotining hisobot davriga yuzaga kelgan barcha debitorlik va kreditorlik 
qarzlari to’g’risida batafsil ma’lumotlarni taxlil qilish mumkin. 
Jumladan, debitorlik va kreditorlik qarzlarni aynan xarajatlarning qaysi turi 
bo’yicha yuzaga kelganligi, shuningdek muddati o’tkazib yuborilgan 
qarzdorliklar to’g’risida, bundan tashqari mazkur qarzlarni respublikadan 
tashqaridagi qismi bo’yicha ham ma’lumotlar olish mumkin. 
Yuqoridagi barcha ma’lumotlar Budjet va Budjet dan tashqari mablag’lar 
bo’yicha alohida holda keltiriladi. Bu esa, Budjet tashkilotining ham joriy 
yilgi xarajatlar smetasini taxlili, ham kelasi yilga rejalashtirilishi mumkin 
bo’lgan mablag’lar to’g’risida ma’lumotlar olish imkonini yaratadi. 
Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari 
harakati to’g’risida hisobot - Mazkur hisobot natijasida O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-son 
―Budjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash chora-tardbirlari 
to’g’risida‖gi qarori ijrosini nazorat va taxlil qilish mumkin. 
Jumladan, mazkur jamg’armaning xar bir tushum turi bo’yicha Budjet
tashkilotiga hisobot davrida qancha mablag’lar kelib tushganligi va mazkur 
mablag’larni qanday maqsadlarga sarflanganligi to’g’risidagi ma’lumotlar. 
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish 
jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot - Mazkur 
hisobot natijasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 
21 dekabrdagi 276-son ―Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to’lashning 


91 
takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to’g’risida‖gi qarori ijrosini nazorat va 
taxlil qilish mumkin. 
Jumladan, mazkur jamg’armaning xar bir tushum turi bo’yicha Budjet
tashkilotiga hisobot davrida qancha mablag’lar kelib tushganligi va mazkur 
mablag’larni qanday maqsadlarga sarflanganligi to’g’risidagi ma’lumotlar. 
Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan 
mablag’lar harakati to’g’risida hisobot - Ta’lim muassasalarida to’lov-
kontrakt mablag’larining tushumi va ularni qonunchilikka muvofiq 
belgilangan maqsadlarga sarflanishi to’g’risidagi ma’lumotlar. Bular 
natijasida 
ta’lim muassasasiga kelajakda Budjet mablag’larini 
rejalashtirilishida zaruriy ma’lumotlarni olishga va ularni taxlil qilishga 
imkoniyat yaratadi. 
Boshqa Budjet dan tashqari mablag’lar harakati bo’yicha hisobot - 
Budjet tashkilotining yuqorida keltirilganlardan tashqari barcha Budjet dan 
tashqari mablag’larini tushumi va ularni sraflanishi to’g’risidagi ma’lumotlar. 
Bular natijasida Budjet tashkilotiga kelajakda Budjet mablag’larini 
rejalashtirilishida zaruriy ma’lumotlarni olishga va ularni taxlil qilishga 
imkoniyat yaratadi. 
Joriy yilning moliyaviy natijalari to’g’risida hisobot - Mazkur hisobot 
tashkilotning joriy yilning yakunlari bo’yicha moliyaviy faoliyatining natijasi, 
ya’ni, har bir daromad (tushum)larning turlarini mazkur daromadlar 
(tushumlar) hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar bilan solishtirish 
natijasi bo’yicha ma’lumotlarni umumlashtirish va taxlil qilish uchun tuziladi. 
Bu malumotlar natijasida Budjet tashkilotining joriy yilga Budjet va Budjet 
dan tashqari mablag’larining tushumi va sarflanishini taxlil qilishda zaruriy 
ma’lumotlarni olish imkonini beradi. 
Nomoliyaviy aktivlarning harakati to’g’risida hisobot - Nomoliyaviy 
aktivlar harakati to’g’risida hisobot tashkilotning hisobot yili mobaynidagi 
nomoliyaviy aktivlari (asosiy vositalari, nomoddiy aktivlari va tovar-moddiy 
zaxiralari)ning 
mavjudligi 
va 
harakati 
to’g’risidagi ma’lumotlarni 
umumlashtirish va tahlil qilish uchun tuziladi. 
Mazkur ma’lumotlar natijasida Budjet tashkilotining kelajakdagi xarajatlar 
smetasiga mablag’lar rejalashtrilishida zaruriy ma’lumotlarni olish imkonini 
yaratadi. 
Jumladan asosiy vositalarning xar bir turi bo’yicha qoldiq qiymatini taxlil 
qilish natijasida kelgusi moliya yili uchun Budjet tashkilotiga zaruriy asosiy 
vositalarga mablag’lar rejalashtirishda etarlicha ma’lumotlar bazasi 
shakllanadi. 
Mazkur moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan ma’lumotlar o’zaro bir biri 
bilan uzviy bog’liqlikda, ya’ni bir hisobotda aks ettirilgan moliyaviy 
ko’rsatkichlar boshqa hisobotda yanada aniqlashtirilgan yoki boshqa 
ko’rsatkichlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi. Bu esa, moliyaviy 
hisobotlarni taxlil qilishda yanada ko’proq imkoniyatlarni yaratadi. 
Jumladan, balansda aks ettirilgan debitorlik va kreditorlik qarzlar 
buxgalteriya hisobining subschyotlari bo’yicha aks ettirilsa, boshqa hisobot 


92 
shakli – debitorlik va kreditorlik qarzlar to’g’risidagi ma’lumotda esa, 
xarajatlar iqtisodiy tasnifining moddalari va kichik moddalari bo’yicha aks 
ettiriladi va h.k. 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin