Mavzu: Budjet dan tashqari mablag„lar bo„yicha joriy yilga
moliyaviy natijalar hisobi
Reja:
1
To„lovlarni maxsus turlariga doir hisoblashuvlar bo„yicha joriy yilga
moliyaviy natijalar hisobi.
2
Ta‟lim muassasalarida o„qitishning to„lov kontrakt mablag„lari
bo„yicha joriy yilga moliyaviy natijalar hisobi.
3
Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg„armasi mablag„lari bo„yicha
joriy yilga moliyaviy natijalar hisobi.
4
Boshqa daromadlar bo„yicha joriy yilga moliyaviy natijalar hisobi
Budjet tashkilotlarida quyidagi Budjet dan tashqari mablag’lar bo’yicha
joriy yilga moliyaviy natijalar aniqlanadi:
- to’lovlarni mahsus turlariga doir hisoblashuvlar bo’yicha;
- ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari
bo’yicha;
- Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha;
- Budjet tashkilotining boshqa daromadlar bo’yicha.
70
Budjet tashkilotining to’lovlarni mahsus turlariga doir hisoblashuvlar
bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijasi bu tashkilotning mazkur mablag’lar
bo’yicha moliya yili mobaynida, ya’ni hisobot yilining 1-yanvaridan 31
dekabriga qadar bo’lgan davr mobaynida hisoblangan ota-onalarning
mablag’lari va ushbu vaqt mobaynida amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlarini
solishtirish natijasida olingan ko’rsatkichdir. to’lovlarni mahsus turlariga doir
hisoblashuvlar bo’yicha joriy yilga moliyaviy natija 24 ―To’lovlarning
maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar‖
schyotida hisobga olinadi.
24 ―To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha joriy yilga
moliyaviy natijalar‖ schyoti schyoti hisobda quyidagi subschyotlarga
bo’linadi:
240 ―To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha joriy yilga
moliyaviy natijalar‖;
241 ―To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha mablag’lar
hisobiga amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar‖;
242 ―Ta’lim muassasalarida hisoblangan ota-onalarning mablag’lari‖.
241 ―To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha mablag’lar
hisobiga amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar‖ subschyotida tashkilotlar
tomonidan
bolalarni
maktabgacha
ta’lim muassasalari va boshqa
muassasalarda saqlaganligi (o’qitganligi) uchun ularning ota-onalari bilan
hisob-kitoblardan tushadigan mablag’lar hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy
xarajatlar hisobga olinadi.
Ushbu mablag’lar bo’yicha amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar yil davomida
241 ―To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha mablag’lar
hisobiga amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar‖ subschyotning debetida aks
ettirilib boriladi, bunda, hisob-kitoblar va boshqalarni hisobga oluvchi tegishli
subschyotlar kreditlanadi.
Yil oxirida 241 ―To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha
mablag’lar hisobiga amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar‖ subschyot debetida
aks ettirilgan barcha xaqiqiy xarajatlar 240 ―To’lovlarning maxsus turlariga
doir hisob-kitoblar bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar‖ subschyotning
debetiga yozib hisobdan o’chirish yo’li bilan yopiladi. Yil oxirida 241
―To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha mablag’lar
hisobiga amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar‖ subschyotda qoldiq qolmaydi.
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi :
№
Muomalalar mazmuni
Dt
Kt
Asos bo’luvchi xujjat
1
Maktabgacha ta’lim muassasalarida
xodimlarga ish haqi hisoblanganda
241
173
421-son shakldagi
foydalanilgan ish vaqti
hisobi va ish xaqi
hisoblash tabeli
2
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-
onalardan tushgan mablag’lar hisobiga
sotib olingan materiallar sarflanganda
241
06 –
schyotni
ng
tegishli
subschy
Yuk hati(talabnoma),
dalolatnomalar
71
otlari
3
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-
onalardan tushgan mablag’lar hisobiga
amalga oshirilgan haqiqiy harajatlar
hisobdan chiqarilganda
240
241
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
Xarajatlarning analitik hisobi har bir xarajat turi va moddalari bo’yicha
alohida holda yuritiladi.
242 ―Ta’lim muassasalarida hisoblangan ota-onalarning mablag’lari‖
subschyotida ota-onalardan bolalarni ta’lim muassasalarida saqlanganlik
uchun hisoblangan mablag’lar hisobi yuritiladi.
Yil mobaynida hisoblangan badal summalariga 242 ―Ta’lim muassasalarida
hisoblangan ota-onalarning mablag’lari‖ subschyot kreditlanadi va 156
―To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar‖ subschyot debetlanadi.
Yil oxirida 242 ―Ta’lim muassasalarida hisoblangan ota-onalarning
mablag’lari‖ subschyot bo’yicha barcha hisoblangan mablag’lar 240
―To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha joriy yilga
moliyaviy natijalar‖ subschyot debetiga hisobdan chiqarish yo’li bilan
yopiladi.
242 ―Ta’lim muassasalarida hisoblangan ota-onalarning
mablag’lari‖ subschyot bo’yicha yil oxirida qoldiq qolmaydi.
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi :
№
Muomalalar mazmuni
Dt
Kt
Asos bo’luvchi
xujjat
1
Ota-onalardan
bolalarni
ta’lim
muassasalarida
saqlanganlik
uchun
hisoblangan to’lovlar
156
242
Yuk hati
2
Ota-onalardan
bolalarni
ta’lim
muassasalarida saqlanganlik uchun tushgan
to’lovlar hisobdan chiqarilganda
242
240
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
240 ―To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha joriy
yilga moliyaviy natijalar‖ subschyotida to’lovlarning maxsus turlariga doir
hisob-kitoblar bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalari aks ettiriladi. Ushbu
subschyotning debetida yil oxirida hisobdan chiqarilgan mazkur mablag’lar
bo’yicha amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar aks ettiriladi, bunda 241
―To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha mablag’lar
hisobiga amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar‖ subschyoti kreditlanadi.
Subschyot kreditida esa, yil mobaynida hisoblangan ota-onalarning
mablag’larini hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi, bunda, 242 ―Ta’lim
muassasalarida
hisoblangan
ota-onalarning
mablag’lari‖ subschyoti
debetlanadi.
Budjet tashkilotining ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt
mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalari bu tashkilotning ushbu
mablag’lar bo’yicha moliya yili mobaynida, ya’ni hisobot yilining 1-
yanvaridan 31 dekabriga qadar bo’lgan davr mobaynida hisoblangan to’lov-
kontrakt mablag’lari va mazkur vaqt mobaynida amalga oshirilgan xaqiqiy
72
xarajatlarini
solishtirish
natijasida
olingan
ko’rsatkichdir. Ta’lim
muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha joriy yilga
moliyaviy natija 25 ―Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt
mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar‖ schyotida hisobga
olinadi.
25 ―Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha
joriy yilga moliyaviy natijalar‖ schyoti hisobda quyidagi subschyotlarga
bo’linadi:
250 ―Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari
bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar‖;
251 ―Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan
tushumlar hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar‖;
252 ―Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari
bo’yicha daromadlar‖.
251 ―Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan
tushumlar hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar‖ subschyotida
o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag’lar hisobidan amalga
oshirilgan xaqiqiy xarajatlar hisobga olinadi.
Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan
tushumlar hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar yil davomida 251
―Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan
tushumlar hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar‖ subschyotning
debetida aks ettirilib boriladi, bunda, hisob-kitoblar va boshqalarni hisobga
oluvchi tegishli subschyotlar kreditlanadi.
Yil oxirida avvalo, foydalanilgan soliq va boshqa majburiy to’lovlar
bo’yicha imtiyozlar summasiga to’g’ri keluvchi xaqiqiy xarajatlar summasi
(ushbu mablag’lar hisobidan sotib olingan moddiy aktivlarning sarflanishi
(eskirishi) yoki moddiy aktivlar sotib olish bilan bog’liq bo’lmagan holda
tashkilotning
moddiy-texnika
bazasini
mustahkamlash
maqsadlariga
ishlatilishi munosabati bilan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar) 251
―Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan
tushumlar hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar‖ subschyotidan
hisobdan chiqariladi. Bunda, 285 ―Budjet ga va Budjet dan tashqari
jamg’armalarga hisoblangan soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha
imtiyozlar‖ subschyoti debetlanadi va 251 ―Ta’lim muassasalarida
o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga
oshirilgan xaqiqiy xarajatlar‖ subschyoti kreditlanadi.
Qolgan barcha xaqiqiy xarajatlar 251 ―Ta’lim muassasalarida o’qitishning
to’lov-kontrakt shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan
xaqiqiy xarajatlar‖ subschyotning kreditida va 250 ―Ta’lim muassasalarida
o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy
natijalar‖ subschyoti debetida aks ettirish yo’li bilan yopiladi.
Yil oxirida 251 ―Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt
shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar‖
subschyotda qoldiq qolmaydi.
73
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi :
№
Muomalalar mazmuni
Dt
Kt
Asos bo’luvchi
xujjat
1
Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-
kontrakt shakli mablag’lari hisobiga ish haqi
hisoblanganda
251
173
421-son
shakldagi
foydalanilgan
ish vaqti hisobi
va ish xaqi
hisoblash tabeli
2
Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-
kontrakt
shakli
mablag’lari
hisobiga
hisoblangan ish haqiga nisbatan 25% yagona
ijtimoiy to’lov ajratmalari summasiga
251
161
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
3
Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-
kontrakt shakli mablag’lari hisobiga berilgan
hizmat
safari
harajatlari
hisobdan
chiqarilganda
251
172
Avans hisoboti
4
Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-
kontrakt
shakli
mablag’lari
hisobiga
kommunal
to’lovlar
uchun
to’lov
hisoblanganda
251
150
Yuk hati
5
Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-
kontrakt shakli mablag’lari hisobiga amalga
oshirilgan
haqiqiy
harajatlar
hisobdan
chiqarilganda
250
251
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
252 ―Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari
bo’yicha daromadlar‖ subschyotida ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-
kontrakt shaklidan tushadigan daromadlarning hisoblanishi aks ettiriladi.
O’qitishning to’lov-kontrakt shakli bo’yicha mablag’larning hisoblanishi 175
―Talabalar bilan boshqa hisob-kitoblar‖ subschyotining debetida va 252
―Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha
daromadlar‖ subschyotning kreditida, mablag’larning kelib tushishi 111
―Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan
tushumlar‖ subschyotning debetida va 175 ―Talabalar bilan boshqa hisob-
kitoblar‖ subschyotning kreditida aks ettiriladi.
Yil oxirida o’qitishning to’lov-kontrakt shakli bo’yicha barcha hisoblangan
tushumlarning hisobdan chiqarilishi 250 ―Ta’lim muassasalarida o’qitishning
to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar‖
subschyotining debetida va 252 ―Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-
kontrakt mablag’lari bo’yicha daromadlar‖ subschyotning kreditida aks
ettiriladi.
Yil oxirida 252 ―Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt
mablag’lari bo’yicha daromadlar‖ subschyot bo’yicha qoldiq qolmaydi.
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi :
№
Muomalalar mazmuni
Dt
Kt
Asos bo’luvchi
xujjat
1 Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-
175
252
Yuk hati
74
kontrakt shakli mablag’lari bo’yicha
to’lov hisoblanganda
2
Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-
kontrakt shakli mablag’lari bo’yicha
daromadlar hisobdan chiqarilganda
252
250
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan
tushumlarnining analitik hisobi talabalarning kurslari (bosqichlari), fakultetlar
(dekanatlar, o’qish yo’nalishlari), guruhlar, shuningdek talabalar (familiyasi,
ismi, otasining ismi) bo’yicha alohida holda yuritiladi.
250 ―Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari
bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar‖ subschyotida o’qitishning to’lov-
kontrakt mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalari aks ettiriladi.
Ushbu subschyotning debetida yil oxirida hisobdan chiqarilgan mazkur
mablag’lar bo’yicha amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar aks ettiriladi, bunda
251 ―Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan
tushumlar hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar‖ subschyoti
kreditlanadi.
Subschyot kreditida esa, yil mobaynida hisoblangan ta’lim muassasalarida
o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha daromadlarni hisobdan
chiqarilishi aks ettiriladi, bunda, 252 ―Ta’lim muassasalarida o’qitishning
to’lov-kontrakt mablag’lari bo’yicha daromadlar‖ subschyoti debetlanadi.
Har yil moliya yilining oxirida joriy yilga to’lov-kontrakt mablag’lari
bo’yicha moliyaviy natijalar 282 ―Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-
kontrakt mablag’lari bo’yicha yakuniy moliyaviy natija‖ subschyotining
kreditiga (debetiga) hisobdan chiqariladi va subschyot bo’yicha yil oxirida
qoldiq qolmaydi.
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi :
№
Muomalalar mazmuni
Dt
Kt
Asos bo’luvchi
xujjat
1
Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-
kontrakt shakli mablag’lari hisobiga amalga
oshirilgan
haqiqiy
harajatlar
hisobdan
chiqarilganda
250
251
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
2
Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-
kontrakt
shakli
mablag’lari
bo’yicha
daromadlar hisobdan chiqarilganda
252
250
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
3
Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-
kontrakt shakli mablag’lari bo’yicha joriy
moliyaviy
natijalar
(ijobiy)
hisobdan
chiqarilganda
250
282
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
4
Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-
kontrakt shakli mablag’lari bo’yicha joriy
moliyaviy
natijalar
(ijobiy)
hisobdan
chiqarilganda
282
250
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
Budjet tashkilotining rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha joriy
yilga moliyaviy natijalari bu tashkilotning ushbu mablag’lar bo’yicha moliya
yili mobaynida, ya’ni hisobot yilining 1-yanvaridan 31 dekabriga qadar
75
bo’lgan davr mobaynida hisoblangan daromadlari va mazkur vaqt mobaynida
amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlarini solishtirish natijasida olingan
ko’rsatkichdir. Budjet tashkilotlarida rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari
bo’yicha joriy yilga moliyaviy natija 26 ―Budjet tashkilotini rivojlantirish
jamg’armasi mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar‖ schyotida
hisobga olinadi.
26 ―Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha
joriy yilga moliyaviy natijalar‖ schyoti hisobda quyidagi subschyotlarga
bo’linadi:
260 ―Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha
joriy yilga moliyaviy natijalar‖;
261 ―Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobiga
amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar‖;
262 ―Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha
daromadlar‖.
261 ―Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobiga
amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar‖ subschyotida tashkilotlarning Budjet
dan tashqari rivojlantirish jamg’armasi hisobiga amalga oshirilgan xaqiqiy
xarajatlari hisobi yuritiladi.
Ushbu mablag’lar hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar yil
davomida 261 ―Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari
hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar‖ subschyotning debetida aks
ettirilib boriladi, bunda, hisob-kitoblar va boshqalarni hisobga oluvchi tegishli
subschyotlar kreditlanadi.
Yil oxirida avvalo, iqtisod qilingan va Budjet dan tashqari hisobvaraqqa
o’tkazilgan Budjet mablag’lari summasiga to’g’ri keluvchi 261 ―Budjet
tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga
oshirilgan xaqiqiy xarajatlar‖ subschyot debetida aks ettirilgan xaqiqiy
xarajatlar mos ravishda 230 ―Budjet mablag’lari bo’yicha joriy yilga
moliyaviy natijalar‖ subschyotning debetiga yozish yo’li bilan yopiladi.
Shundan so’ng, foydalanilgan soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha
imtiyozlar summasiga to’g’ri keluvchi xaqiqiy xarajatlar summasi (ushbu
mablag’lar hisobidan sotib olingan moddiy aktivlarning sarflanishi (eskirishi)
yoki moddiy aktivlar sotib olish bilan bog’liq bo’lmagan holda tashkilotning
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadlariga ishlatilishi munosabati
bilan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar) 261 ―Budjet tashkilotini
rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy
xarajatlar‖ subschyotidan hisobdan chiqariladi.
Bunda, 285 ―Budjet ga va Budjet dan tashqari jamg’armalarga hisoblangan
soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlar‖ subschyoti
debetlanadi va 261 ―Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi
mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar‖ subschyoti
kreditlanadi.
Qolgan barcha xaqiqiy xarajatlar 261 ―Budjet tashkilotini rivojlantirish
jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar‖
76
subschyotning kreditida va 260 ―Budjet tashkilotini rivojlantirish
jamg’armasi mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar‖ subschyoti
debetida aks ettirish yo’li bilan yopiladi.
Yil oxirida 261 ―Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari
hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar‖ subschyotda qoldiq qolmaydi.
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi :
№
Muomalalar mazmuni
Dt
Kt
Asos bo’luvchi
xujjat
1
Rivojlantirish
jamg’armasi
mablag’lari
hisobiga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik
nafaqasi hisoblanganda
261
171
421-son shakldagi
foydalanilgan ish
vaqti hisobi va ish
xaqi hisoblash
tabeli
2
Rivojlantirish
jamg’armasi
mablag’lari
hisobiga kommunal hizmatlar uchun to’lov
hisoblanganda
261
150
Yuk hati
3
Rivojlantirish
jamg’armasi
mablag’lari
hisobiga xodimlarga moddiy rag’batlantirish
uchun to’lov hisoblanganda
261
173
T–49-son
shakldagi hisob-
kitob to’lov
qaydnomasi,
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi.
4
Iqtisod qilingan va Budjet dan tashqari
hisobvaraqqa o’tkazilgan Budjet mablag’lari
summasiga
to’g’ri
keluvchi
harajatlar
hisobdan chiqarilganda
230
261
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
5
Soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha
imtiyozlar summasiga to’g’ri keluvchi
xaqiqiy
xarajatlar
summasi
hisobdan
chiqarilganda
285
261
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
Rivojlantirish
jamg’armasi
mablag’lari
hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy harajatlar
hisobdan chiqarilganda
260
261
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
Analitik hisob amalga oshirilgan xarajatlarning xarajat moddalari va xarajat
manbalariga (qaysi daromad yoki tushum hisobiga amalga oshirilishiga qarab)
bo’lingan holda yuritiladi.
262 ―Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha
daromadlar‖ subschyotida qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagi
yo’nalishlar bo’yicha daromadlar va tushumlarning hisobi yuritiladi:
- Budjet tashkilotlarining faoliyat turiga muvofiq mahsulot (ish,
xizmat)larning sotilishidan olingan daromadlar;
- vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mol-
mulklarini boshqa tashkilotlarga ijaraga berishdan kelib tushadigan
tushumlar;
77
- yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan Budjet tashkilotlariga berilgan
homiylik (beg’araz) yordam hisobidan tushumlar.
Ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar)ning
realizatsiya qilinishidan xaridor va buyurtmachilardan kelib tushadigan
daromadlarning aynan o’sha mahsulot (ish, xizmat)lar uchun sarflangan jami
xarajatlardan (tannarxidan) oshgan qismi 200 ―Mahsulot (ish, xizmat)lar
realizatsiyasi‖ subschyotining debetida va 262 ―Budjet tashkilotini
rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha daromadlar‖ subschyotning
kreditida aks ettiriladi.
Tashkilotlar tomonidan vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va
davlatning boshqa mol-mulkini o’zga tashkilotlarga ijaraga berishda o’zaro
tuzilgan ijara shartnomasida belgilangan summaning har oyga (chorakka)
to’g’ri keladigan ulushi miqdoriga (har oyda yoki chorakda) 159 ―Boshqa
debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar‖ subschyotning debeti va 262
―Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha
daromadlar‖ subschyotning krediti bo’yicha buxgalteriya provodkasi beriladi.
Ijara shartnomasiga asosan kelib tushgan mablag’larga 112 ―Budjet
tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari‖ subschyotning debeti va
159 ―Boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar‖ subschyotning krediti
bo’yicha yozuv amalga oshiriladi.
Tashkilotga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan berilgan homiylik
(beg’araz) yordam hisobda 112 ―Budjet tashkilotini rivojlantirish
jamg’armasi mablag’lari‖ subschyotning (agarda naqd pulda berilsa, 12
schyotning tegishli subschyotlari) debeti va 262 ―Budjet tashkilotini
rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha daromadlar‖ subschyotning
krediti bo’yicha buxgalteriya provodkasi bilan aks ettiriladi. Yuridik va
jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk ko’rinishida yuerilgan beg’araz
yordam hisobda ushbu mol-mulklarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlarni
debetida va 262 ―Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari
bo’yicha daromadlar‖ subschyotning kreditida aks ettiriladi.
Yil oxirida 262 ―Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari
bo’yicha daromadlar‖ subschyotning kreditida aks ettirilgan barcha
daromadlar 260 ―Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari
bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar‖ subschyotining kreditiga hisobdan
chiqarish yo’li bilan yopiladi va 262 ―Budjet tashkilotini rivojlantirish
jamg’armasi mablag’lari bo’yicha daromadlar‖ subschyot bo’yicha qoldiq
qolmaydi.
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi :
№
Muomalalar mazmuni
Dt
Kt
Asos bo’luvchi
xujjat
1
Ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ishlar va
ko’rsatilgan
xizmatlar)ning
realizatsiya
qilinishidan xaridor va buyurtmachilardan kelib
tushadigan
daromadlarning
aynan
o’sha
mahsulot (ish, xizmat)lar uchun sarflangan jami
xarajatlardan (tannarxidan) oshgan qismi
200
262
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
78
2
Vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni va
davlatning
boshqa
mol-mulkini
o’zga
tashkilotlarga ijaraga berishda o’zaro tuzilgan
ijara shartnomasida belgilangan summaning har
oyga (chorakka) to’g’ri keladigan ulushi
miqdoriga
159
262
Yuk hati
3
Tashkilotga yuridik va jismoniy shaxslar
tomonidan berilgan homiylik (beg’araz) yordam
pul amblag’i ko’rinishida kelib tushganda
112
262
Shahsiy
hisobvaraqdan
ko’chirma
4
Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mol-
mulk ko’rinishida yuerilgan beg’araz yordam
01,03,
06
262
Yuk hati,
dalolatnomalar
5
Moliya yili oxirida Budjet tashkilotini
rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha
daromadlar hisobdan chiqarilganda
262
260
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
Daromadlarni hisobi bo’yicha operatsiyalarning analitik hisobi Budjet dan
tashqari mablag’larning har bir turi bo’yicha alohida yuritiladi.
260 ―Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha
joriy yilga moliyaviy natijalar‖ subschyotida rivojlantirish jamg’armasi
mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalari aks ettiriladi. Ushbu
subschyotning debetida yil oxirida hisobdan chiqarilgan mazkur mablag’lar
bo’yicha amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar aks ettiriladi, bunda 261
―Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobiga amalga
oshirilgan xaqiqiy xarajatlar‖ subschyoti kreditlanadi.
Subschyot kreditida esa, yil mobaynida rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha
daromadlarni hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi, bunda, 262 ―Budjet
tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha daromadlar‖
subschyoti debetlanadi.
Har yil moliya yilining oxirida joriy yilga rivojlantirish jamg’armasi
mablag’lari bo’yicha moliyaviy natijalar 283 ―Budjet tashkilotini
rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha yakuniy moliyaviy natija‖
subschyotining kreditiga (debetiga) hisobdan chiqariladi.
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi :
№
Muomalalar mazmuni
Dt
Kt
Asos bo’luvchi
xujjat
1
Rivojlantirish
jamg’armasi
mablag’lari
hisobiga amalga oshirilgan haqiqiy harajatlar
hisobdan chiqarilganda
260
261
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
2
Moliya yili oxirida Budjet tashkilotini
rivojlantirish
jamg’armasi
mablag’lari
bo’yicha daromadlar hisobdan chiqarilganda
262
260
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
3
Rivojlantirish
jamg’armasi
mablag’lari
bo’yicha joriy moliyaviy natijalar (ijobiy)
hisobdan chiqarilganda
260
283
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
4
Rivojlantirish
jamg’armasi
mablag’lari
bo’yicha joriy moliyaviy natijalar (ijobiy)
hisobdan chiqarilganda
283
260
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
79
Budjet tashkilotining boshqa daromadlari bo’yicha joriy yilga moliyaviy
natijalari bu tashkilotning ushbu mablag’lar bo’yicha moliya yili mobaynida,
ya’ni hisobot yilining 1-yanvaridan 31 dekabriga qadar bo’lgan davr
mobaynida hisoblangan daromadlari va mazkur vaqt mobaynida amalga
oshirilgan xaqiqiy xarajatlarini solishtirish natijasida olingan ko’rsatkichdir.
Bunda ikkilamchi xom ashyoni topshirishdan tushgan tushumlar, keraksiz va
eskirgan moddiy qiymatliklarni (Budjet dan tashqari mablag’lar hisobiga
olinganlarini) sotishdan tushgan tushumlar va ular hisobidan amalga
oshirilgan xarajatlar bo’yicha moliyaviy natijalari aks ettiriladi. Budjet
tashkilotlarida boshqa daromadlar bo’yicha joriy yilga moliyaviy natija 27
―Boshqa daromadlar bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar‖ schyotida
hisobga olinadi.
27 ―Boshqa daromadlar bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar‖ schyoti
hisobda quyidagi subschyotlarga bo’linadi:
270 ―Boshqa daromadlar bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar‖;
271 ―Boshqa daromadlar bo’yicha xaqiqiy xarajatlar‖;
272 ―Boshqa Budjet dan tashqari daromadlar‖;
273 ―Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar‖.
271 ―Boshqa daromadlar bo’yicha xaqiqiy xarajatlar‖ subschyotida
tashkilotlar tomonidan yuqorida keltirilgan manbalar bo’yicha qilingan
xaqiqiy xarajatlardan tashqari amalga oshirilgan barcha xaqiqiy xarajatlar,
jumladan qonunchilikka muvofiq soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha
berilgan imtiyozlar hisobiga amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlari hisobga
olinadi.
Sarf qilingan materiallar, pul mablag’lari va boshqa xaqiqiy xarajatlar
summalari yil mobaynida 271 ―Boshqa daromadlar bo’yicha xaqiqiy
xarajatlar‖ subschyot debetiga va tegishli subschyotlar kreditiga yoziladi. Yil
davomida qilingan barcha xaqiqiy xarajatlarning summasi yil oxirida 271
―Boshqa daromadlar bo’yicha xaqiqiy xarajatlar‖ subschyot kreditidan 270
―Boshqa daromadlar bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar‖ subschyot
debetiga yozilib hisobdan o’chiriladi.
271 ―Boshqa daromadlar bo’yicha xaqiqiy xarajatlar‖ subschyotda yil
oxirida qoldiq qolmaydi.
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi :
№
Muomalalar mazmuni
Dt
Kt
Asos bo’luvchi
xujjat
1
Boshqa
daromadlar
hisobiga
kommunal hizmatlar uchun to’lov
hisoblanganda
271
150
Yuk hati
2
Boshqa daromadlar hisobiga sotib
oligan materiallar sarflanganda
271
06-schyotning
tegishli
subschyotlari
Yuk hati
(talabnoma),
dalolatnoma
3
Boshqa daromadlar hisobiga sotib
oligan asosiy vositalarga eskirish
hisoblanganda
271
02-schyotning
tegishli
subschyotlari
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
, raschyotlari
4 Boshqa daromadlar hisobiga sotib
270
271
Buxgalteriya
80
oligan mablag’lari hisobiga amalga
oshirilgan haqiqiy harajatlar hisobdan
chiqarilganda
ma’lumotnomasi
Xarajatlarning analitik hisobi maxsus mablag’ turlari va xarajat moddalari
bo’yicha 294-son shakldagi kassa va xaqiqiy xarajatlarni hisobga olish
daftarida yuritiladi.
272 ―Boshqa Budjet dan tashqari daromadlar‖ subschyotida tashkilotlar
tomonidan hisobot yilida olingan va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa
daromadlari va tushumlarining hisobi yuritiladi.
Yuqoridagi tushumlar va daromadlarning hisoblanishi 272 ―Boshqa Budjet
dan tashqari daromadlar‖ subschyotining kreditida tegishli subschyotlar bilan
bog’langan holda aks ettiriladi. Yil oxirida 272 ―Boshqa Budjet dan tashqari
daromadlar‖ subschyotning kreditida aks ettirilgan barcha daromadlar va
tushumlar 270 ―Boshqa daromadlar bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar‖
subschyotning kreditiga hisobdan chiqarish yo’li bilan yopiladi va 272
―Boshqa Budjet dan tashqari daromadlar‖ subschyot bo’yicha qoldiq
qolmaydi.
Analitik hisob tushgan tushumlarning turlari bo’yicha alohida holda yuritiladi.
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi :
№
Muomalalar mazmuni
Dt
Kt
Asos bo’luvchi
xujjat
1
Ikkilamchi
xom
ashyoni
topshirishdan
tushumlar hisoblanganda
152
272
Yuk hati
2
Moliya yili oxirida boshqa Budjet dan tashqari
daromadlar hisobdan chiqarilganda
272
270
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
273
―Inventarizatsiya natijasida orttiqcha chiqqan mol-mulklar‖
subschyotida tashkilotlarda o’tkazilgan inventarizatsiya natijalariga ko’ra
aniqlangan ortiqcha mol-mulklarning kirim qilinishi aks ettiriladi. O’tkazilgan
inventartizatsiya natijalariga ko’ra aniqlangan ortiqcha mol-mulklarning kirim
qilinishi 273 ―Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar‖
subschyot kreditida, mol-mulklarni hisobga oluvchi tegishli subschyotlarning
debetida aks ettiriladi.
Yil oxirida inventartizatsiya natijalariga ko’ra aniqlangan ortiqcha mol-
mulklar qiymatini moliyaviy natijalarga hisobdan chiqarilishi 273
―Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar‖ subschyotning
debetida va 270 ―Boshqa daromadlar bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar‖
subschyotning kreditida aks ettiriladi.
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi :
№
Muomalalar mazmuni
Dt
Kt
Asos bo’luvchi xujjat
1
Inventarizatsiya
jarayonida
aniqlangan
hisobga
olinmagan
asosiy vositalarni bozor qiymati
01-
schyotning
tegishli
273
Inventarizatsiya
dalolatnomasi,
AV-1 shakldagi
81
bo’yicha kirimga olinishi
subschyotlari
Budjet tashkilotlarida
asosiy vositalarni
qabul qilish-
topshirish to’g’risida
dalolatnoma
2
Inventarizatsiya natijasida ortiqcha
chiqqan tovar-moddiy zahiralarning
kirim qilinishi
05, 06
schyotlarning
tegishli
subschyotlari
273
Inventarizatsiya
dalolatnomasi
3
Yil
oxirida
inventartizatsiya
natijalariga
ko’ra
aniqlangan
ortiqcha
mol-mulklar
qiymatini
moliyaviy
natijalarga
hisobdan
chiqaril
273
270
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
Analitik hisob inventartizatsiya natijalariga ko’ra aniqlangan ortiqcha mol-
mulklarning turlari bo’yicha alohida holda yuritiladi.
270 ―Boshqa daromadlar bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar‖
subschyotida tashkilotning boshqa daromadlari bo’yicha joriy yilga moliyaviy
natijalari aks ettiriladi. Ushbu subschyotning debetida yil oxirida hisobdan
chiqarilgan mazkur mablag’lar bo’yicha amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar
aks ettiriladi, bunda 271 ―Boshqa daromadlar bo’yicha xaqiqiy xarajatlar‖
subschyoti kreditlanadi.
Subschyot kreditida esa, yil mobaynida boshqa Budjet dan tashqari
daromadlarni va inventartizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan mol-mulklar
summasini moliyaviy natijalarga yopilishi aks ettiriladi, bunda, 272 ―Boshqa
Budjet dan tashqari daromadlar‖ va 273 ―Inventarizatsiya natijasida orttiqcha
chiqqan mol-mulklar‖ subschyotlari debetlanadi.
Har yil moliya yilining oxirida joriy yilga boshqa daromadlar bo’yicha
moliyaviy natijalar 284 ―Boshqa daromadlar bo’yicha yakuniy moliyaviy
natija‖ subschyotining kreditiga (debetiga) hisobdan chiqariladi va subschyot
bo’yicha yil oxirida qoldiq qolmaydi.
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi :
№
Muomalalar mazmuni
Dt
Kt
Asos bo’luvchi
xujjat
1
Boshqa daromadlar hisobiga sotib oligan
mablag’lari hisobiga amalga oshirilgan
haqiqiy harajatlar hisobdan chiqarilganda
270
271
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
2
Moliya yili oxirida boshqa Budjet dan
tashqari daromadlar hisobdan chiqarilganda
272
270
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
3
Yil oxirida inventartizatsiya natijalariga
ko’ra aniqlangan ortiqcha mol-mulklar
qiymatini moliyaviy natijalarga hisobdan
chiqaril
273
270
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
4
Boshqa Budjet dan tashqari daromadlar
bo’yicha joriy moliyaviy natijalar (ijobiy)
hisobdan chiqarilganda
270
284
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
5
Boshqa Budjet dan tashqari daromadlar
bo’yicha joriy moliyaviy natijalar (ijobiy)
284
270
Buxgalteriya
ma’lumotnomasi
82
hisobdan chiqarilganda
Dostları ilə paylaş: |