O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


Mavzu: Budjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobi



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/15
tarix24.09.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#147651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
budjet tashkilotlarida budjet hisobi

Mavzu: Budjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobi 
Reja: 
1
Budjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar hisobini tashkil etishni
maqsadi va vazifalari.
2
Budjet va Budjet dan tashqari mablag„lar bo„yicha shaxsiy 
hisobvaraqlarni ochish va yuritish tartibi.
3
G„aznachilik organlarida moliyaviy majburiyatlarni to„lab berish 
hisobi.
4
Budjet tashkilotlarida kassa operatsiyalari hisobini tashkil etish.
5
Kassa operatsiyalari bo„yicha hisob xujjatlarini yuritish va kassa 
hisobotini shakllantirish.
6
Kassa operatsiyalarini buxgalteriya hisobvaraqlarida aks ettirish. 
7
Budjet tashkilotlarida boshqa pul mablag„lari hisobi.
8
Budjet tashkilotlarida moliyaviy qo„yilmalar hisobi. 
Davlat Budjet i g’azna ijrosi sharoitida Budjet tashkilotlari pul 
mablag’lari G’aznachilik va uning xududiy bo’limlarida ochilgan shahsiy 
hisobvaraqlarda yuritiladi. G’azna ijrosiga o’tmagan Budjet tashkilotlari pul 
mablag’lari banklarda ochilgan hisobvaraqlarida yuritilmoqda.
Ma’lumki O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 
sentyabrdagi 414-sonli "Budjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash 
tartibini takomillashtirish to’g’risida"gi qaroriga muvofiq, Budjet dan mablag’ 
oluvchilarni Davlat Budjet idan xarajatlarning to’rt guruhi bo’yicha 
moliyalashtirish tartibi belgilangan: 
I. Ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar (bolali oilalarga nafaqalar va 
kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, stipendiyalar va boshqalar); 
II. Ish haqiga qo’shimchalar; 
III. Kapital qo’yilmalar (Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan 
manzilli ro’yxatlarga muvofiq); 
IV. Boshqa xarajatlar (oziq-ovqat, dori-darmon, kommunal xizmatlar va 
boshqa xarajatlar). 


35 
Budjet dan mablag’ oluvchilarning I va II guruh bo’yicha xarajatlar 
to’lovi birinchi navbatda amalga oshiriladi. Bunda, I guruh xarajatlarini II 
guruh xarajatlari to’lovisiz amalga oshirish taqiqlanadi. 
Tegishli Budjet bo’yicha I va II guruh xarajatlari to’lovi uchun g’azna 
hisobvaraqlarida zarur mablag’larni qoplaydigan qoldiqlar mavjud bo’lganda, 
I va II guruh xarajatlarini to’liq amalga oshirgan tashkilotlar bo’yicha IV 
guruh xarajatlarini amalga oshirishga ruxsat etiladi. 
IV guruh "Boshqa xarajatlar" bo’yicha mablag’larning sarflanishi 
o’rnatilgan limitlar doirasida quyidagi navbatga rioya qilgan holda amalga 
oshiriladi: 
- ovqatlantirish; 
- dori-darmonlar; 
- kommunal xizmatlar; 
- boshqa xarajatlar. 
Budjet hisobvaraqlardan yuqorida keltirib o’tilgan 4 xarajat guruxi 
to’lab beriladi. G’aznachilik bo’linmalari g’azna hisobvaraqlaridan to’lov 
topshiriqnomalar 
asosida 
tashkilot 
va 
muassasalarni 
saqlash, 
markazlashtirilgan tadbirlarni o’tkazish, kapital qo’yilmalar va boshqa 
maqsadlar uchun to’lovlarning tasdiqlangan xarajatlar smetasi va kapital 
qo’yilmalar limitlari doirasida amalga oshiradi. 
Buning uchun yuridik va moliyaviy majburiyatlar belgilangan tartibda 
ro’yhatga olinadi va to’lab beriladi. Budjet mablag’lari hisobiga I va II guruh 
xarajatlari bo’yicha moliyaviy majburiyatlar ish haqi va unga tenglashtirilgan 
xarajatlar to’lovi uchun naqd pul mablag’larini olishga so’rovnoma, 
shuningdek ushbu guruhlar xarajatlari bo’yicha to’lov topshiriqnomalari 
asosida ro’yxatga olinadi.
Budjet tashkilot ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar, shuningdek 
xizmat safari xarajatlarini to’lash uchun naqd pul mablag’lari olishga 
g’aznachilik bo’linmasiga Budjet dan mablag’ oluvchining rahbari va bosh 
hisobchisi imzosi bilan, ikki nusxada ish haqi va unga tenglashtirilgan 
to’lovlar, shuningdek xizmat safari xarajatlarini to’lash uchun naqd pul 
mablag’lari olishga so’rovnoma va unga to’ldirilgan chek ilova qilingan holda 
taqdim qiladi. 
III guruh xarajatlari bo’yicha moliyaviy majburiyatlarning qabul qilinishi 
pudratchilarning ish bajarilganligini tasdiqlovchi hisobvaraq-fakturalar 
asosida amalga oshiriladi. 
IV guruh xarajatlari bo’yicha moliyaviy majburiyatlar mahsulot etkazib 
beruvchilarning hisobvaraq-fakturalari yoki tovarlar etkazib berilganligini 
(ishlar bajarilganligini, xizmatlar ko’rsatilganligini) tasdiqlovchi boshqa 
hujjatlar, yoki Budjet dan mablag’ oluvchilarning mahsulot etkazib 
beruvchiga Budjet (Budjet dan tashqari) mablag’larini (shu jumladan, avans 
to’lovlarini) o’tkazishi lozimligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar asosida qabul 
qilinadi. 


36 
Buxgalteriya hisobida g’azna ijrosiga o’tmagan Budjet tashkilotlari 
Budjet pul mablag’lari hisobi 10 ―Hisobvaraqlardagi Budjet mablag’lari‖ 
schyotida quyidagi subschyotlarda yuritiladi: 
100
―Tashkilotni saqlash uchun moliyalashtirilgan Budjet mablag’lari‖; 
101―Boshqa maqsadlar uchun moliyalashtirilgan Budjet mablag’lari‖. 
100 ―Tashkilotni saqlash uchun moliyalashtirilgan Budjet mablag’lari‖ 
subschyotida g’azna ijrosiga o’tilmagan ayrim tashkilotlarning markaziy 
apparatini saqlash uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq 
sarflanadigan mablag’larning harakati hisobga olinadi. 
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi : 
№ 
Muomalalar mazmuni 
Dt 
Kt 
Asos bo’luvchi 
xujjat 
Shaxsiy hisobvaraqlardagi Budjet mablag’lari bo’yicha 

Budjet mablag’lari hisobidan xodimlarga 
beriladigan ish haqi summasi kassaga kirim 
qilinganda (ish xaqi bo’yicha moliyaviy 
majburiyat to’lab berilganda) 
120 
232 
Shahsiy 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 

Budjet mablag’lari hisobidan ish haqiga 
nisbatan hisoblangan yagona ijtimoiy to’lov 
summasi o’tkazib berilganda (ish haqiga 
ajratmalar bo’yicha moliyaviy majburiyat 
to’lab berilganda) 
161 
232 
Shahsiy 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 

Kapital qurilish bo’yicha pudratchilarga 
bajarilgan ishlar uchun Budjet mablag’i 
hisobidan o’tkazilganda (qurilish-ta’mirlash 
ishlari bo’yicha moliyaviy majburiyat to’lab 
berilganda)
150 
232 
Shahsiy 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 

Tasdiqlangan smeta doirasida kommunal 
hizmatlar uchun Budjet mablag’lari hisobidan 
mablag’ o’tkazilganda. (kommunal to’lovlar 
bo’yicha moliyaviy majburiyat to’lab 
berilganda) 
159 
232 
Shahsiy 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 

Ish haqi bo’yicha deponentga o’tkazilgan 
mablag’ kassadan qaytarilganda 
232 
120 
Shahsiy 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 
Bankdagi hisobvaraqlardagi Budjet mablag’lari bo’yicha 

Tasdiqlangan smeta doirasida tashkilotni 
saqlash uchun Budjet dan moliyalashtirish 
amalga oshirilganda
100 
232 
Hisobvaraqdan 
ko’chirma 

Boshqa 
maqsadlar 
uchun 
Budjet 
dan 
moliyalashtirish amalga oshirilganda 
101 
232 
Hisobvaraqdan 
ko’chirma 

Budjet mablag’lari hisobiga hisobvaraqdan 
xodimlarga beriladigan ish haqi kassaga 
olinganda 
120 
100 
Hisobvaraqdan 
ko’chirma 

Budjet mablag’lari hisobidan ish haqiga 
nisbatan hisoblangan yagona ijtimoiy to’lov 
summasi o’tkazib berilganda 
161 
100 
Hisobvaraqdan 
ko’chirma 

Tasdiqlangan smeta doirasida kommunal 
hizmatlar 
uchun 
Budjet 
mablag’lari 
hisobidan mablag’ o’tkazilganda. 
159 
100 
Hisobvaraqdan 
ko’chirma 


37 

Boshqa 
maqsadlar 
uchun 
Budjet 
dan 
ajratilgan mablag’lar hisobidan mol etkazib 
beruvchilarga mablag’ o’tkazib berilganda 
150 
101 
Hisobvaraqdan 
ko’chirma 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 
sentyabrdagi 414-sonli ―Budjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash 
tartibini 
takomillashtirish 
to’g’risida‖gi 
qaroriga 
muvofiq 
Budjet
tashkilotlariga Budjet dan tashqari mablag’lar shakllantirish imkoniyati 
berilgan.
Ushbu qarorga muvofiq Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg’armasi 
mablag’lari Moliya vazirligining G’aznachiligi va uning hududiy 
bo’linmalarida ochilgan hisob raqamlarida hisobot choragining oxirgi ish kuni 
oxirida Budjet mablag’lari bo’yicha tejab qolingan mablag’lar, faoliyati turiga 
muvofiq tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan olingan 
daromadlar, balansida bo’lgan davlat mulkini ijaraga berishdan qonun 
hujjatlariga muvofiq olingan mablag’larning bir qismi, yuridik va jismoniy 
shaxslar tomonidan beriladigan homiylik yordami (beg’araz yordam) hisobidan 
shakllantirilashi 
belgilangan. 
Shuningdek 
rivojlantirish 
jamg’armasi 
mablag’lari hisobiga birinchi navbatda kreditorlik qarzlarni tugatish, moddiy 
texnika ba’zasini mustaxkamlash, xodimlarni moddiy rag’batlantirishga 
yo’naltirilishi belgilangan. Ta’lim muassasasining maxsus mablag’lari bo’yicha 
boshqa tushumlar ya’ni ikkilamchi xom ashyoni topshirishdan tushgan 
tushumlar, keraksiz va eskirgan moddiy qiymatliklarni (Budjet dan tashqari 
mablag’lar hisobiga olinganlarini) sotishdan tushgan tushumlar, qonun 
hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobidan. 
Tibbiyot muassasalarida tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish 
va rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari qonunchilikka muvofiq tegishli 
manbaalar hisobiga shakllanadi va ular hisobiga xarajatlar amalga oshiriladi.
Ta’lim muassasalarida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 
1999 yil 6 avgustda 795 - son bilan ro’yxatdan o’tgan ―O’zbekiston 
Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-
kontrakt shakli va tushgan mablag’larni taqsimlash tartibi haqida‖ Nizomga 
ko’ra o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan mablag’lar tushimi amalga 
oshiriladi va hisobiga xarajatlar amalga oshiriladi. 
Budjet tashkilotlarining maxsus mablag’lari bo’yicha boshqa tushumlar
ikkilamchi xom ashyoni topshirishdan tushgan tushumlar, keraksiz va eskirgan 
moddiy qiymatliklarni (Budjet dan tashqari mablag’lar hisobiga olinganlarini) 
sotishdan tushgan tushumlar, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa 
tushumlar hisobidan shakllanadi va ular hisobiga xarajatlar amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida belgilangan tartibda ota - onalardan 
mablag’lar tushimi va ular hisobiga xarajatlar amalga oshiriladi. 
Budjet 
tashkilotlari 
yuqorida 
keltirilgan 
manbaalar 
bo’yicha 
hisobvaraqlardagi Budjet dan tashqari mablag’lar hisobini yuritadi. Ya’ni xar 
bir manba bo’yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlar belgilangan tartibda moliya 
organlari tomonidan ochiladi va g’azna dasturiga kiritiladi.


38 
G’azna ijrosiga o’tmagan Budjet tashkilotlari Budjet dan tashqari 
mablag’lar manbalari bo’yicha bankda alohida hisobvaraqlar ochadi va 
yuritadi. 
Buxgalteriya hisobida hisobvaraqlardagi Budjet dan tashqari mablag’lar hisobi 
11 ―Hisobvaraqlardagi Budjet dan tashqari mablag’lar‖ schyotida quyidagi 
subschyotlarda yuritiladi:
110 ―To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblardan tushgan 
mablag’lar‖;
111 ―Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan 
tushgan tushumlar‖; 
112 ―Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari‖; 
113 ―Boshqa Budjet dan tashqari mablag’lar‖; 
114 ―Budjet tashkilotining vaqtincha ixtiyorida bo’ladigan mablag’lar‖; 
115 ―Valyuta hisobvarag’i‖; 
119
―Boshqa hisobvaraqlardagi pul mablag’lari‖. 
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi : 
№ 
Muomalalar mazmuni 
Dt 
Kt 
Asos bo’luvchi 
xujjat 
1
Ta’lim muassasalarida bolalarnining ota-
onalari tomonidan badallarni kelib tushishi 
110 
156 
Shaxsiy 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 
2
Ta’lim muassasalarida bolalarnining ota-
onalaridan badal shaklida tushgan mablag’lar 
hisobiga sotib olingan materiallar, ish va 
hizmatlar uchun to’lov o’tkazib berilganda 
150, 159 
110 
Shaxsiy 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 
3
Ta’lim muassasalarida bolalarnining ota-
onalari tomonidan ortiqcha kelib tushgan 
badallarni qaytarilishi 
156 
100 
Shaxsiy 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 
4
Oliy ta’lim muassasalarida o’qitishning 
to’lov 
kontrakt 
shaklidan 
mablag’lar 
tushimiga
111 
175 
Shaxsiy 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 
5
Oliy ta’lim muassasalarida o’qitishning 
to’lov 
kontrakt 
shaklidan 
mablag’lar 
tushimini daromadga o’tkazilishi (birinchi 
yarim yillish uchun yillik to’lovni 50% 15 
sentyabr xolatiga, ikkinchi yarim yilligi 
uchun 1 mart xolatiga 50%) 
175 
252 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi 
6
O’qitishning to’lov kontrakt shaklidan 
tushgan mablag’lar hisobiga kreditorlik 
majburiyatlar to’lab berilganda
15,16,17 
schyotlarnin
g tegishli 
subschyotla
ri 
111 
Shaxsiy 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 
7
O’qitishning to’lov kontrakt shaklidan 
ortiqcha tushgan mablag’lar qaytarilganda 
175 
111 
Shaxsiy 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 
8
Budjet tashkilotlariga faoliyat turiga mos 
mahsulot(ish 
va 
xizmatlar)ni 
sotishda 
200 
050 yoki
090 
Yuk hati, 
buxgalteriya 


39 
haqiqiy tannarhi aks ettirilishi 
ma’lumotnomasi 
9
Budjet tashkilotlariga faoliyat turiga mos 
mahsulot(ish 
va 
xizmatlar)ni 
sotishda 
shartnoma bahosida aks ettirilishi 
152 
200 
Yuk hati 
10
Budjet tashkilotlariga faoliyat turiga mos 
mahsulot(ish va xizmatlar)ni 
sotishdan 
mablag’ kelib tushganda
112 
152 
Shaxsiy 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 
11
Sotilgan mahsulot(ish va hizmat)dan ijobiy 
moliyaviy natija aks ettirilganda
200 
262 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi 
12
Sotilgan mahsulot(ish va hizmat)dan ijobiy 
moliyaviy natija aks ettirilganda
261 
200 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi 
13
Budjet 
tashkilotlarida 
vaqtincha 
foydalanimayotgan binolar, boshqa asosiy 
vositalar ijarasidan tushimlar 
112 
159 yoki 
262 
Shaxsiy 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 
14
Homiylik 
mablag’lari 
tushimi 
aks 
ettirilganda 
112 
262 
Shaxsiy 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 
15
Yil yakuninga ko’ra Budjet mablag’lari 
bo’yicha iqtisod qilib qolingan mablag’lar 
rivojlantirish jamg’armasiga o’tkazilganda 
112 
232 
Shaxsiy 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 
16
Rivojlantirish 
jamg’armasi 
mablag’lari 
kreditorlik 
qarzdorliklarni 
tugatishga 
yo’naltirilganda
15,16,17 
schyotlarnin
g tegishli 
subschyotla
ri 
112 
Shaxsiy 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 
17
Ikkilamchi 
xom 
ashyoni 
topshirishdan 
tushgan tushumlar, keraksiz va eskirgan 
moddiy qiymatliklarni (Budjet dan tashqari 
mablag’lar hisobiga olinganlarini) sotishdan 
tushgan tushumlar summasiga 
113 
152 
Shaxsiy 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 
18
Ikkilamchi 
xom 
ashyoni 
topshirishdan 
tushgan tushumlar, keraksiz va eskirgan 
moddiy qiymatliklarni sotishdan tushgan 
mablag’lar hisobiga kreditorlik qarzlar to’lab 
berilganda 
15,16,17 
schyotlarnin
g tegishli 
subschyotla
ri 
113 
Shaxsiy 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 
19
Tashkilotning 
ixtiyoriga 
vaqtinchalik 
tushgan mablag’lar summalariga 
114 
155 
Shaxsiy 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 
20
Tashkilotning 
ixtiyoriga 
vaqtinchalik 
tushgan mablag’lar qaytarilganda yoki 
o’tkazib berilganda
155 
114 
Shaxsiy 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 
21
Budjet mablag’lari hisobiga xorijiy valyutani 
sotib olinishi 
115 
232 
Valyuta 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 
22
Budjet mablag’lari hisobiga sotib olingan 
xorijiy valyuta bo’yicha ijobiy kurs tafovuti 
aks ettirilganda
115 
232 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi 
23
Budjet mablag’lari hisobiga sotib olingan 
xorijiy valyuta bo’yicha salbiy kurs tafovuti 
aks ettirilganda
231 
115 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi 
24
Xorijiy valyutada homiylik mablag’lari kelib 
tushganda 
115 
262 
Valyuta 
hisobvaraqdan 


40 
ko’chirma 
25
Xorijiy valyutada kelib tushgan homiylik 
mablag’lari bo’yicha ijobiy kurs tafovuti aks 
ettirilganda 
115 
262 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi 
26
Xorijiy valyutada kelib tushgan homiylik 
mablag’lari bo’yicha salbiy kurs tafovuti aks 
ettirilganda 
261 
115 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi 
27
Pensiya jamg’armasi mablag’lari hisobidan 
Budjet tashkilotlari xodimlarining ijtimoiy 
to’lovlarini qoplash uchun kelib tushgan 
mablag’lar 
119 
163 
Shaxsiy 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 
28
Pensiya jamg’armasi mablag’lari hisobidan 
Budjet tashkilotlari xodimlarining ijtimoiy 
to’lovlarini qoplash uchun kelib tushgan 
mablag’lar tashkilot kassasiga tarqatish uchun 
olinganda 
120 
119 
Shaxsiy 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 
Budjet tashkilotidagi kassa muomalalari hisobi O’zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining 1998 yil 24 yanvardagi 376-sonli qarori 
bilan tasdiqlangan «Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga 
oshirish qoidalari» ga qatiy amal qilingan xolda tashkil etiladi. Tashkilot 
kassasi uchun ajratilgan xona «Yuridik shaxslar tomonidan kassa 
operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari» talablari bo’yicha jihozlanishi kerak. 
Tashkilotlar kassasiga naqd pul mablag’larini qabul qilish bosh hisobchi 
yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolangan KO-1-son shakldagi kirim 
kassa orderi bo’yicha amalga oshiriladi. 
Tashkilotlar kassasidan naqd pul mablag’larini berilishi KO-2-son 
shakldagi chiqim kassa orderi yoki tegishlicha rasmiylashtirilgan boshqa 
hujjatlar (to’lov qaydnomalari, pul berish bo’yicha arizalar, hisobvaraqlar va 
hokazolar) bo’yicha, ushbu hujjatlarga chiqim kassa orderining rekvizitlari 
bo’lgan shtamp qo’yilgan holda amalga oshiriladi. Pul mablag’larini berishga 
doir hujjatlar tashkilot rahbari va bosh hisobchisi yoki ular vakolat bergan 
shaxslar tomonidan imzolangan bo’lishi kerak. 
Chiqim 
kassa 
orderlariga 
ilova 
qilinadigan 
hujjatlar 
(arizalar, 
hisobvaraqlar va hokazolar)da tashkilot rahbarining ijozat beruvchi yozuvi 
bo’lgan taqdirda, chiqim kassa orderlarida rahbarning imzosi bo’lishi shart 
emas. 
Kirim va chiqim kassa orderlari yoki ularning o’rnini bosuvchi hujjatlar 
ular bo’yicha pul olinganidan yoki berilganidan so’ng darhol kassir tomonidan 
imzolanadi, ularga ilova qilingan hujjatlarga esa sana (kun, oy, yil) ko’rsatilgan 
holda ―To’langan‖ shtampi qo’yiladi yoki so’z bilan yozib qo’yiladi. 
Kirim va chiqim kassa orderlari yoki ular o’rnini bosuvchi hujjatlar 
kassaga topshirilguniga qadar buxgalteriya tomonidan KO-3-son shakldagi 
kirim va chiqim kassa orderlarini ro’yxatga olish jurnalida qayd etiladi. Ish 
haqini berish to’lov (hisob-kitob-to’lov) qaydnomalarida rasmiylashtirilgan 
chiqim kassa orderlari ish haqi berilgandan keyin ro’yxatga olinadi. 
Tashkilot naqd pullarining tushumlari va berilishi KO-4-son yoki 440-son 


41 
shakldagi kassa daftarida hisobga olinadi. Bunda chet el valyutasi mablag’lari 
bo’yicha alohida kassa daftari yuritiladi. 
Buxgalteriya hisobida kassa operatsiyalari hisobi 12 ―Kassa‖ schyotida 
120 ―Milliy valyutadagi naqd pul mablag’lari‖ va 121 ―Xorijiy valyutadagi 
naqd pul mablag’lari‖ subschyotlarida yuritilib ushbu subschyotlarda tashkilot 
kassasidagi naqd pul mablag’larining (milliy va xorijiy valyutada) mavjudligi 
va ularning harakati hisobga olinadi. Bu subschyotlarning debet tomonida 
kassaga pul mablag’larni kirimi, kredit tomonida pul mablag’larni chiqimi aks 
ettiriladi. 
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi : 
№ 
Muomalalar mazmuni 
Dt 
Kt 
Asos bo’luvchi xujjat 

G’azna ijrosiga o’tmagan Budjet tashkilotlarida 
kassaga Budjet mablag’i hisobiga naqt pul 
mablag’i kirim qilganda 
120 
100 
Kassa kirim orderi, 
kassir hisoboti 

G’azna ijrosiga o’tgan Budjet tashkilotlarida 
kassaga Budjet mablag’i hisobiga naqt pul 
mablag’i kirim qilganda 
120 
232 
Kassa kirim orderi, 
kassir hisoboti 

Faoliyat 
turiga 
mos 
ish 
va 
xizmatlar 
ko’rsatishdan naqt pul mablag’i kassaga kirim 
qilinganda 
120 
200 
Kassa kirim orderi, 
kassir hisoboti 

G’azna ijrosiga o’tmagan Budjet tashkilotlari 
kassasidan Budjet mablag’lari bo’yicha naqt 
pul mablag’i qaytarilganda
100 
120 
Kassa chiqim orderi, 
kassir hisoboti 

G’azna ijrosiga o’tgan Budjet tashkilotlari 
kassasidan Budjet mablag’lari bo’yicha naqt 
pul mablag’i qaytarilganda 
232 
120 
Kassa chiqim orderi, 
kassir hisoboti 

Faoliyat 
turiga 
mos 
ish 
va 
xizmatlar 
ko’rsatishdan kassaga kirim qilingan naqt pul 
mablag’i shaxsiy hisobvaraqga o’tkazilganda 
112 
120 
Kassa chiqim orderi, 
kassir hisoboti 

Xorijiy valyutada pul mablag’i valyuta 
hisobvarag’idan kassaga kirim qilinganda 
121 
115 
Kassa kirim orderi, 
kassir hisoboti 

Xorijiy valyutada pul mablag’i kassadan hizmat 
safari uchun xodimlarga berilganda 
172 
121 
Kassa chiqim orderi, 
kassir hisoboti 
9 Kassadan xodimlarga ish haqi tarqatilganda 
173 
120 
Kassa chiqim orderi, 
kassir hisoboti 
10 Kassadan talabalarga stipendiya tarqatilganda 
174 
120 
Kassa chiqim orderi, 
kassir hisoboti 
Budjet tashkilotlarida boshqa pul mablag’lari bo’yicha akkreditivlar, 
yo’ldagi pul mablag’lari va tashkilotlarning boshqa pul mablag’lari hisobi 
yuritiladi.
Akkreditiv shaklida hisob-kitob qilish tartibi Markaziy bank qoidalarida 
belgilab qo’yilgan. Akkreditiv bankning shartli pul majburiyatnomasi bo’lib, 
bank bu xujjatni mijozning topshirig’iga ko’ra shartnoma bo’yicha uning 
kontragentiga beradi. Bu shartnomaga ko’ra akkreditiv ochgan bank (emitent 
bank) mahsulot etkazib beruvchiga pul to’lashi yoxud shunday to’lovlar 
o’tkazish uchun boshqa bankka vakolat berishi mumkin. Bunda mijoz 
akkreditivda ko’zda tutilgan xujjatlarni taqdim etishi va akkreditivning boshqa 


42 
talablarini bajarishi shart qilib qo’yiladi. Akkreditiv asosan mol etkazib 
beruvchining taldabigav muvofiq ochilishi mumkin. Mol etkazib beruvchi 
nomiga akkreditiv ochilganda etkazib beriladigan tovarlar, ish va hizmatlar 
uchun to’lov kafolatlanishi ta’minlanadi.
Akkreditivlarning quyidagi turlari ochilishi mumkin: 
- qoplangan (deponentlangan) yoki qoplanmagan (kafolatlangan); 
- qaytarib olinadigan yoki qaytarib olinmaydigan. 
Pulni inkassatorlarga topshirish, pul o’tkazmalari va boshqa hollarda 
yo’ldagi pul jo’natmalari hisobi yuritiladi. Xozirgi kunda Budjet tashkilotlari 
asosan shahsiy hisobvarag’idan naqt pul olish uchun g’aznachilik bo’limlaridan 
olingan cheklarni banklar tomonidan to’lab berilishi jarayonida yo’ldagi pul 
mablag’lari ko’rinishida aks ettirmoqda.
Pul xujjatlari bo’yicha dam olish uylari, sanatoriylar, turistik bazalar 
uchun berilgan puli to’langan yo’llanmalar, pochta orqali jo’natilgan pullar 
uchun xabarnomalar, pochta markalari, mehnat daftarchalari blankalari hamda 
ularga ilova qilingan varaqlar va boshqalar hisobi yuritiladi. Boshqa pul 
mablag’lari 13 ―Boshqa pul mablag’lari‖ schyotida quyidagi subschyotlarda 
yuritiladi. 
130 ―Akkreditivlar‖; 
131 ―Yo’ldagi pul mablag’lari‖; 
132 ―Pul ekvivalentlari‖. 
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi : 
№ 
Muomalalar mazmuni 
Dt 
Kt 
Asos bo’luvchi 
xujjat 

Hisobvaraqlardagi 
pul 
mablag’laridan 
akkreditiv 
ochilganda(akkreditiv 
ochish 
to’g’risidagi ariza xujjatiga asosan)
130 
232, 
11schyotning 
tegishli 
subschyotlari 
Shaxsiy 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 

Mol etkazib beruvchi nomiga ochilgan 
akkreditivni foydalanilgan summasiga 
150 yoki 159 
130 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi 

Kassadan 
naqt 
pul 
mablag’lari 
hisobvaraqlarga 
o’tkazish 
uchun 
inkossatorlarga topshirilganda (xali shaxsiy 
hisobvaraqlarga pul mablag’i etib kelmagan)
131 
120 
Kassa chiqim 
orderi, kassir 
hisoboti 

Kassadan shaxsiy hisobvaraqlarga o’tkazish 
uchun inkossatorlarga topshirilgan naqt pul 
mablag’lari hisobvaraqalarda ko’ringanda
11 
schyotning 
tegishli 
subschyotlari 
131 
Hisobvaraqlarda
n ko’chirma 

Dam olish uylari, sanatoriylar uchun 
yo’llanmalar sotib olinganda 
132 
Pul 
mablag’lari 
yoki hisob 
kitoblar 
subschyotlari
Hisobvaraqlarda
n ko’chirma 

Sotib olingan dam olish uylari, sanatoriylar 
uchun yo’llanmalar xodimlarga ish haqi 
hisobiga sotilganda
173 
132 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi, 
xodim arizasi 

Mehnat 
daftarchasi 
va 
boshqalarning 
sotilishi 
Pul mablag’lari 
yoki hisob 
132 
Hisobvaraqalarda
n ko’chirma 


43 
kitoblar 
subschyotlari 

Pul ekvivalentlari xarajatlarga o’tkazilib 
hisobdan chiqarilishi 
231, 241, 251, 
261, 271 
132 
Dalolatnoma, 
tarqatish 
qaydnomasi, 
buxgalteriya 
ma’lumotnomasi 

Vaqtincha bo’sh turgan mablag’larni 
banklarga depozitga qo’yilishi 
140 
11 schyotning 
tegishli 
subschyotlari 
Hisobvaraqlar-
dan ko’chirma 

Depozitga qo’yilgan mablag’lar bo’yicha 
foiz 
ko’rinishidagi 
daromadlarni 
hisoblanishi 
159 
272 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi 

Foiz ko’rinishidagi daromadlarning kelib 
tushishi 
113 
159 
Hisobvaraqdan 
ko’chirma 

Depozitga qo’yilgan mablag’larni Budjet
tashkiloti hisobvaraqlariga qaytarilishi 
11 schyotning 
tegishli 
subschyotlari 
140 
Hisobvaraqlarda
n ko’chirma 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin