O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


Davlat sektori buxgalteriya asoslarining (Xorijiy tajriba)



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/15
tarix24.09.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#147651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
budjet tashkilotlarida budjet hisobi

Davlat sektori buxgalteriya asoslarining (Xorijiy tajriba)
1

Davlat 
sektori 
muassasalarida 
moliyaviy 
axborotlarni 
to`plashning uchta asosiy tamoyili mavjud. Jumladan: 
1)
 
Kassa usuli; 
2)
 
Hisoblash usuli; 
3)
 
Ishonch (kelishuv) 
Budjet tashkilotlarida budjet hisobi memorial order shaklida olib 
boriladi.
Tekshirilgan va hisobga olish uchun qabul qilingan hujjatlar sanasi 
bo’yicha tartiblashtirilib, quyidagi doimiy raqamli memorial order — 
jamlanma qaydnomalar bilan rasmiylashtiriladi: 
1-memorial order – kassa operatsiyalari bo’yicha jamlanma qaydnoma, 
381-son shakl; 
2-memorial order – Budjet mablag’larining harakatiga doir jamlanma 
qaydnoma, 381-son shakl; 
3-memorial order – Budjet dan tashqari mablag’lar harakatiga doir 
jamlanma qaydnoma, 381-son shakl; 
5-memorial order – ish haqi va stipendiyalar bo’yicha hisob-kitob 
varaqalari yig’indisi, 405-son shakl; 
6-memorial order – turli tashkilotlar va muassasalar bilan olib 
boriladigan hisob-kitoblar bo’yicha jamlanma qaydnoma, 408-son shakl; 
8-memorial order – hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar bo’yicha 
jamlanma qaydnoma, 386-son shakl; 
9-memorial order – asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi va joydan 
joyga ko’chirilishi bo’yicha jamlanma qaydnoma, 438-son shakl; 
11-memorial order – oziq-ovqat mahsulotlarining kirimiga doir 
jamlanma qaydnoma, 398-son shakl; 
12-memorial order – oziq-ovqat mahsulotlarining sarfiga doir jamlanma 
qaydnoma, 411-son shakl; 
13-memorial order – materiallar sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 396-
son shakl; 
1
Public sector accounting and finance 



15-memorial order – ta’lim muassasalarida bolalarni saqlaganlik uchun 
ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo’yicha qaydnoma, 406-son 
shakl. 
Qolgan operatsiyalar (asosiy vositalarga eskirish hisoblash, asosiy 
fondlarni har yilgi qayta baholash, Budjet dan tashqari daromadlar hisobi, 
yilni yakunlash operatsiyalari va h.k) va ―Storno‖ operatsiyalari bo’yicha 
alohida memorial orderlar tuziladi (274-son shakl) va ular har oy uchun 
alohida 16 raqamdan boshlab raqamlanadi. 
Operatsiyalar hajmiga qarab jamlanma qaydnomalarni tuzish talab 
qilinmaydigan tashkilotlarda subschyotlar korrespondentsiyasi alohida 
memorial orderlarda (274-son shakl) yuqorida keltirilgan doimiy raqamlar 
berilib ko’rsatiladi. 
Alohida memorial orderlar operatsiyalarning sodir bo’lishiga qarab, 
ammo 
boshlang’ich hisob hujjatlari olingandan keyingi kundan 
kechiktirmasdan ayrim hujjatlarga yoki bir xildagi hujjatlarning bir guruhi 
asosida tuziladi. Subschyotlar korrespondentsiyasi memorial orderlarda ikki 
yoqlama yozuv qoidasiga muvofiq yozib boriladi. 
Memorial orderlar bosh hisobchi (yoki uning o’rinbosari) va ijrochi 
(hisobchi) tomonidan imzolanadi. 
Barcha memorial orderlar 308-son shakldagi ―Bosh-jurnal kitobi‖da 
ro’yxatga olinadi. ―Bosh-jurnal kitobi‖ har bir subschyot bo’yicha yuritiladi. 
O’zbekiston Respublikasining ―Buxgalteriya hisobi to’g’risida‖gi 
qonuniga hamda Budjet tashkilotlarida budjet hisobi to’g’risidagi 
Yo’riqnomaga (Adliya vazirligida 2010 yil 22 dekabrda 2169-son bilan 
ro’yxatga olingan) muvofiq Budjet tashkilotining bosh hisobchisi, 
hisobchilari, buxgalteriya xizmatining rahbarlari (keyingi o’rinlarda bosh 
hisobchi deb yuritiladi) mazkur tashkilot rahbari tomonidan qonunchilikka 
muvofiq lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. 
Agarda tegishli qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan 
bo’lsa, tashkilotlarning bosh hisobchilari o’zlarining tizimidagi tashkilotlarda 
buxgalteriya hisobini yuritilishini va moliyaviy hisobotlarni to’g’ri tuzilishini 
muntazam nazorat qilib turishlari lozim. 
Bosh hisobchi boshchilik qiladigan tashkilotning buxgalteriyasi mustaqil 
tarkibiy bo’linma hisoblanadi. 
Tashkilot bosh hisobchisi bevosita mazkur tashkilot rahbariga bo’ysunadi. 
Buxgalteriya hisobini yuritish, hisobotlarni tuzish va taqdim qilish masalalari 
bo’yicha esa, tashkilotning rahbaridan tashqari yuqori tashkilot bosh 
hisobchisiga ham bo’ysunadi hamda tashkilotda buxgalteriya hisobini 
yuritilishiga, moliyaviy hisobotlarni o’z vaqtida va to’liq topshirilishiga 
hamda yuqoridagi Yo’riqnoma, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy 
hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarilishiga javobgar bo’ladi. 
Bosh hisobchi buxgalteriya xodimlari uchun xizmat vazifalarini har bir 
xodim uchun alohida belgilaydi. Buxgalteriyada xizmat vazifalari funktsional 
belgilarga qarab taqsimlanadi, ya’ni xodimlarning har bir guruhiga yoki 
alohida bir xodimga ishning hajmiga qarab, ma’lum bir soha biriktiriladi. 



Tashkilot bosh hisobchisi lavozimga tayinlanishida va undan ozod etilishida 
belgilangan tartibda tashkilot rahbarining buyrug’iga muvofiq tuzilgan 
komissiya tomonidan qabul qilish – topshirish kunida hisob, hisobot va arxiv 
hujjatlarining holatini ko’rsatgan holda buxgalteriya ishlarini qabul qilish–
topshirish to’g’risidagi dalolatnoma tuziladi. Zarur hollarda, ushbu komissiya 
tarkibiga yuqori tashkilot hamda tegishli moliya organlari bilan kelishilgan 
holda ularning vakillari ham kiritilishi mumkin. 
Budjet tashkiloti bosh hisobchisining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

buxgalteriya hisobini Yo’riqnomaga va boshqa normativ-huquqiy 
hujjatlarga amal qilgan holda yuritish, shuningdek, hisob ishlarini 
zamonaviy texnik vositalar va axborot texnologiyalaridan foydalangan 
holda tashkil etish; 

buxgalteriya hujjatlarini o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirilishini hamda 
amalga oshirilayotgan operatsiyalarning qonuniyligini oldindan nazorat 
qilish; 

Budjet mablag’larini, shuningdek, Budjet dan tashqari mablag’larni 
xarajatlar smetasida ko’zda tutilgan muayyan maqsadlarga to’g’ri 
sarflanishi, shuningdek, pul mablag’lari va moddiy qimmatliklarning 
butligi ustidan muntazam nazorat qilish; 

tizimiga kiruvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobini qonunchilik 
talablariga muvofiq yuritilishini nazorat qilish; 

tashkilotda xodimlarning ish haqlarini va unga tenglashtirilgan to’lovlarini, 
shuningdek, 
ta’lim 
muassasalarida 
talabalarning 
stipendiyalarini 
belgilangan tartibda hamda o’z vaqtida hisoblab chiqish; 

smeta ijrosi jarayonida vujudga keladigan yuridik va jismoniy shaxslar 
bilan olib boriladigan hisob-kitoblarni o’z vaqtida amalga oshirish; 

pul mablag’lari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatliklar, shuningdek, 
boshqa aktivlarni va majburiyatlarni inventarizatsiya qilishda qatnashish, 
inventarizatsiya natijalarini o’z vaqtida va to’g’ri rasmiylashtirish hamda 
ularni buxgalteriya hisobida aks ettirish; 

moddiy javobgar shaxslarga ularning javobgarligida turgan moddiy 
qimmatliklarning butligini saqlash va hisobini olib borish yuzasidan 
tushuntirish ishlarini o’tkazish; 

moddiy qimmatliklarni olish uchun berilgan ishonchnomalarni hisobini 
yuritish va ulardan to’g’ri foydalanilishini nazorat qilish; 

moliyaviy hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzish va topshirish; 

tashkilot rahbari tasdiqlashi uchun xarajat smetalarini va ularga ilova 
qilinadigan hisob-kitoblarni tuzish (agar rejalashtirish bo’limlari yoki 
ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim shtatlar jadvalida nazarda 
tutilmagan bo’lsa); 

asosiy vositalar hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ularning saqlanish 
va foydalanish joylarida butligini muntazam nazorat qilish; 

buxgalteriya hujjatlarini, hisob registrlarini, shuningdek, xarajatlar 
smetalarini (ilova hisob-kitoblari bilan birga) saqlanishini ta’minlash (agar 



rejalashtirish bo’limlari yoki ushbu vazifani amalga oshiruvchi lavozim 
shtatlar jadvalida nazarda tutilmagan bo’lsa); 

qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajarilishini ta’minlash. 
Budjet tashkilotining bosh hisobchisi yuqoridagi vazifa va majburiyatlardan 
kelib chiqqan holda quyidagi huquqlarga ega: 

buxgalteriya hisobi va nazorat ishlari to’g’ri tashkil etilishini ta’minlash 
yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko’rishni tashkilot rahbaridan talab 
qilish; 

tarkibiy bo’linmalarda pul mablag’lari, tovar-moddiy va boshqa 
qimmatliklarni qabul qilish, saqlash hamda sarflash yuzasidan 
belgilangan tartibga amal qilinishini tekshirib turish; 

mukofotlar hajmlarini pasaytirish (agarda qonunchilikda belgilangan 
normalardan oshib ketgan bo’lsa) to’g’risida tashkilot rahbariga takliflar 
kiritish; 

tashkilotning barcha bo’linmalaridan buxgalteriya hisobini yuritish uchun 
talab qilinadigan hujjatlar va ma’lumotlarni rasmiylashtirishni hamda 
buxgalteriyaga taqdim qilishni talab qilish; 

qonunchilikda belgilangan boshqa huquqlarni amalga oshirish. 
Bosh hisobchi quyidagilar uchun javobgar hisoblanadi: 

buxgalteriya hisobi noto’g’ri yuritilib, natijada tartibsiz holatga kelgani 
va moliyaviy hisobot buzilganda (noto’g’ri tuzilganda); 

pul mablag’lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni kirim qilish, 
saqlash va sarflash yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibga zid 
operatsiyalar bo’yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan va ijroga qabul 
qilingan hollarda; 

pul mablag’lari bo’yicha operatsiyalar, shuningdek, debitorlar va 
kreditorlar bilan hisob-kitoblar kechikib hamda noto’g’ri amalga 
oshirilganda; 

kamomadlar, debitorlik qarzlari va boshqa yo’qotishlarni buxgalteriya 
hisobidan chiqarilish tartibi buzilganda; 

buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir boshqa normativ-huquqiy 
hujjatlar talablari buzilganda. 
Budjet tashkilotlarida budjet hisobi to’g’risidagi Yo’riqnomaga (Adliya 
vazirligida 2010 yil 22 dekabrda 2169-son bilan ro’yxatga olingan) muvofiq 
schyotlar rejasi joriy etiladi. 
Barcha schyotlar beshta qism bo’yicha tizimga keltirilgan bo’lib 
ular quyidagilardan iborat: 
I. Nomoliyaviy aktivlar
II. Moliyaviy aktivlar; 
III. Debitorlar va kreditorlar; 
IV. Moliyaviy natijalarni hisobga oluvchi schyotlar; 
V. Balansdan tashqari schyotlar. 



Schyotlar rejasining birinchi va ikkinchi bo’limlari aktiv schyotlar 
hisoblanadi, uchinchi bo’lim schyotlari aktiv-passiv schyotlar, to’rtinchi bo’lim 
schyotlari passsiv schyotlar hisoblanadi. 
Budjet tashkilotlarida buxgalteriya balansi bu tashkilot mablag’larini 
ularni turlari va tashkil topish manbaalari bo’yicha muayyan bir davrga pulda 
ifodalanib umumlashtirib aks ettirish va iqtisodiy guruxlashdir. Budjet
tashkilotlari balansi tarkibi aktiv va passiv qismlardan iborat bo’lib, aktiv 
tomoni nomoliyaviy aktivlar, moliyaviy aktivlar, debitorlar bo’limlaridan 
iborat. Balansni passiv tomoni kreditorlar, moliyaviy natijalar bo’limlaridan 
iborat. 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin