1
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta
maxsus
ta’lim vazirligi
Toshkent moliya instituti
―Budjet hisobi‖ kafedrasi
“BUDJET TASHKILOTLARIDA
BUDJET HISOBI”
FANIDAN
MA`RUZALAR MATNI
Tayyorladi: k.o`q. K.Ibragimov
Toshkent 2018
2
Mavzu. Budjet tashkilotlarida budjet hisobini tashkiliy-uslubiy jihatlari
Reja:
1.
Budjet tashkilotlarida budjet hisobini tashkil etishning maqsadi,
vazifalari hamda xususiyatlari;
2.
Budjet tashkilotlarida budjet hisobini tartibga solishning qonunchilik
asoslari;
3.
Budjet tashkilotlarida qo‟llaniladigan buxgalteriya hujjatlari hamda
hisob registrlari;
4.
Budjet tashkilotlari buxgalteriya schetlari rejasini tuzilishi va ularni
qo‟llanilishi hamda buxgalteriya balansi tarkibi
Budjet tashkiloti - zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan
bog’liq bo’lgan o’z faoliyatini amalga oshirishi uchun Davlat Budjet idan
mablag’ ajratish nazarda tutilgan va bu mablag’ moliyalashtirishning asosiy
manbai hisoblanadigan vazirlik, davlat qo’mitasi, idora, davlat tashkiloti.
Budjet tashkilotlari daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi bo’yicha
Budjet va Budjet dan tashqari mablag’lar buxgalteriya hisobini O’zbekiston
Respublikasining
―Buxgalteriya hisobi to’g’risida‖ gi
Qonuniga va
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining uslubiy ko’rsatmalariga
hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq tashkil qiladilar.
Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralari, zarur hollarda, o’zlarining
tizimidagi Budjet tashkilotlarda O’zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi
bilan kelishgan holda buxgalteriya hisobining umumiy qoidalarini qo’llash
tartibi to’g’risida ko’rsatmalar ishlab chiqarishlari mumkin.
Budjet tashkilotlarida budjet hisobini tashkil etishdan maqsad
foydalanuvchilar (ichki, tashqi) ni daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi
jarayoni bo’yicha o’z vaqtida, to’liq hamda aniq
buxgalteriya va moliyaviy
axborotlari bilan ta’minlab berishdan iborat.
Budjet tashkilotlarida budjet hisobining vazifalari quyidagilardan
iborat:
-
Buxgalteriya hisobini amaldagi tegishli me’yoriy-xuquqiy xujjatlar asosida
tashkil etish;
-
Budjet tashkilotlarida Budjet va Budjet dan tashqari mablag’lardan maqsadli
foydalanishni ta’minlash;
-
Daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayoni muomalalarini hujjatlashtirish
va hisob registrlarida aks ettirish;
-
Budjet tashkilotlari buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati
va
harakati, mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati to’g’risidagi
to’liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
-
Budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi natijalarini
shakllantirish;
-
Budjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish va
hisobotlarni tuzishdan iboratdir;
3
-
Buxgalteriya
hisobini
tashkil
etishda
zamonaviy
axborot
texnologiyalaridan keng foydalanish va boshqalar.
Budjet
tashkilotlarida
budjet
hisobini
alohida
hususiyatlari
quyidagilardan iborat:
1.
Daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi nazorat qilinishi;
2.
Kassa va xaqiqiy xarajatlar
hisobini yuritilishi;
3.
Budjet tasnifi asosida hisobni tashkil etilishi va hisobotlarni
shakllantirilishi;
4.
Buxgalteriya hisobi va hisobotlarni me’yoriy hujjatlarga qat’iy amal
qilingan xolda yuritilishi.