O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


Mavzu: Turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/15
tarix24.09.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#147651
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
budjet tashkilotlarida budjet hisobi

Mavzu: Turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi 
Reja: 
1
G„azna ijrosi sharoitida Budjet tashkilotlarining yuridik va moliyaviy 
majburiyatlarini g„aznachilik organlarida ro„yxatdan o„tkazish. 
2
Budjet tashkilotlarida mol etkazib beruvchilar va xaridorlar bilan 
hisoblashuvlar hisobi.
3
Budjet va Budjet dan tashqari jamg„armalar bilan hisoblashuvlar 
hisobi.
4
Budjet tashkilotlarida xizmat safar xarajatlari bo„yicha hisobdor 
shaxslar bilan hisoblashuvlar.
5
Kamomadlar bo„yicha hodimlar bilan hisoblashuvlar hisobi.
6
Boshqa turli debitor va kreditor majburiyatlar bo„yicha 
hisoblashuvlar hisobi.
7
Hisoblashuv muomalalari bo„yicha inventarizatsiya hisobi. 
Budjet tashkilotlari tomonidan daromadlar va xarajatalar smetalarini 
ishrosini amalga oshirish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslar bilan 
hisoblashuvlarni amalga oshiradi. Bu hisoblashlarning provard natijasi 
debitorlik va kreditorlik majburiyatlar bo’yicha hisoblashuvlarni yuzaga 
kelishiga sabab bo’ladi.
Debitorlik majburiyat
– bu boshqa korxonalarni, (xaridorlarga sotilgan 
mahsulot (ish va xizmatlar), mol etkazib beruvchilarga oldindan to’langan 
mablag’lar va boshqalar bo’yicha), Budjet , Budjet dan tashqari 
jamg’armalarni (soliqlar, majburiy ajratma va ushlanmalar bo’yicha 
oldindan to’langan mablag’lar bo’yicha) xodimlarni (hisobini berish sharti 
bilan olingan mablag’lar va boshqalar bo’yicha) tashkilot oldidagi 
qarzdorligidir.
Kreditorlik majburiyat 
– bu tashkilotning boshqa korxonalardan 
(xaridorlarga sotilgan mahsulot (ish va xizmatlar) uchun olingan avanslar, 


44 
mol etkazib beruvchilardan olingan mahsulot(ish va xizmatlar) va boshqalar 
bo’yicha) , Budjet , Budjet dan tashqari jamg’armalardan (soliqlar, majburiy 
ajratma va ushlanmalar bo’yicha ), xodimlardan (ish haqi va unga 
tenglashtiriladigan to’lovlar va boshqalar bo’yicha) qarzdorligidir.
Budjet tashkilotlarida turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlarda
mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan maxsulot (ish va hizmatlar) 
etkazib berish bo’yicha, Xaridor va buyurtmachilar bilan mahsulot (ish va 
hizmatlar)ni sotish bo’yicha, sug’urta tashkilotlari bilan majburiy yoki 
ihtiyoriy sug’urta to’lovlari bo’yicha, jismoniy va yuridik shahslar bilan
tashkilotning 
ixtiyoriga 
vaqtinchalik 
tushgan 
va 
ma’lum shartlar 
bajarilgandan keyin qaytarilishi lozim bo’lgan summalar bo’yicha, 
to’lovlarning maxsus turlari bo’yicha hisoblashishlar aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobida turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi 
tegishli buxgalteriya dastlabki xujjatlari(yuk hati, bajarilgan ishlarni 
topshirish qabul qilish dalolatnomalari, buxgalteriya ma’lumotnomalari, 
to’lov topshiqnomasi va boshqalar)ga asosan yig’ma qaydnomalar, 6-
memorial order – turli tashkilotlar va muassasalar bilan olib boriladigan 
hisob-kitoblar bo’yicha jamlanma qaydnoma 408-son shakl, 292-son 
shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftari , 308-son shakldagi bosh 
jurnal kitobi va hisobot rasmiylashtiriladi. 
Buxgalteriya 
hisobida 
turli 
debitor 
va 
kreditorlar 
bilan 
hisoblashuvlar hisobi 15 ―Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar‖ 
schyoti quyidagi subschyotlarga bo’lingan xolda yuritiladi: 
150 ―Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblar‖; 
152 ―Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar‖; 
154 ―Sug’urta bo’yicha to’lovlar‖; 
155 ―Budjet tashkilotining ixtiyorida vaqtincha bo’ladigan mablag’lar 
bo’yicha hisob-kitoblar‖; 
156 ―To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar‖; 
159
―Boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar‖. 
Budjet tashkiloti ishchi schyotlar rejasini tasdiqlayotganda 15 ―Turli 
debitor 
va 
kreditorlar 
bilan 
hisob-kitoblar‖ 
schyotining 
tegishli 
subschyotlarini mablag’lar manbaalari bo’yicha alohida shakllantirib olishi 
mumkin. Masalan 150/1 ―Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan 
hisob-kitoblar (Budjet mablag’i hisobidan)‖, 150/2 ―Mol etkazib beruvchilar 
va pudratchilar bilan hisob-kitoblar (rivojlantirish jamg’armasi mablag’i 
hisobidan)‖ va xokazo. 
Ushbu subschyotlar bo’yicha analitik hisob Budjet va Budjet dan 
tashqari mablag’lar bo’yicha hisob-kitoblarni alohida ajratgan holda 292-son 
shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftari (kartochkasi)da, 285-son 
shakldagi aylanma qaydnomada va boshqa tegishli hisob registrlarida 
yuritiladi. 
Budjet tashkilotlari etkazib beriladigan mahsulot (ish va xizmatlar) 
bo’yicha mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan tuzilgan shartnomaga 


45 
muvofiq hisoblashuvlarni amalga oshiradi.
Budjet tashkilotlari belgilangan tartibda mol etkazib beruvchi va 
pudratchilar bilan tuzilgan shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish uchun 
g’aznachilik bo’limlariga taqdim etadi.
Belgilangan tartibga muvofiq Budjet tashkilotlarining mahsulot etkazib 
beruvchilar bilan tuzgan shartnomalari majburiy tartibda ularning yuridik 
xizmatlari (shartnoma asosida jalb qilingan advokatlar) tomonidan qonun 
hujjatlariga muvofiqligiga tekshirilishi shart. 
Agar shartnomaning summasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam 
ish haqining 200 baravari miqdoridan oshmasa, shartnomalarga tomonlarning 
yuridik xizmati yoki jalb etilgan advokatlar imzosi qo’yiladi. Agar shartnoma 
summasi, qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining 200 
baravaridan ortiq bo’lsa, tomonlar yuridik xizmat yoki jalb etilgan 
advokatlarning xulosasini ilova qilishi lozim. Shartnomalar, shuningdek 
ularga qo’shimcha kelishuvlar aniq va ravshan siyoh yoki sharikli ruchka yoki 
yozuv (hisoblash) mashinasida yozilgan holda to’ldirilishi lozim. Hech 
qanday tuzatishlar, o’chirib yozishlar yoki to’g’rilashlar, hattoki tomonlar 
kelishuviga ko’ra ham yo’l qo’yilmaydi. 
Budjet tashkilotlari va mahsulot etkazib beruvchilar o’rtasida tuzilgan 
shartnomalar g’aznachilik bo’linmalariga quyidagi talablarga rioya qilingan 
holda taqdim qilinadi: 
300 AQSh dollaridan yuqori 100 ming AQSh dollarigacha bo’lgan 
shartnomalarni mahsulot etkazib beruvchini tanlash bo’yicha o’tkazilgan 
(birja savdolari bo’yicha)eng yaxshi konkurs takliflarini tanlab olish hujjatlari 
ilova qilingan holda taqdim qilinadi. 100 ming AQSh dollariga teng bo’lgan 
miqdoridan ortiq bo’lganda, qonunchilikka muvofiq o’tkazilgan tender 
savdolari bo’yicha hujjatlarni shartnomaga ilova qilgan holda taqdim qilinadi. 
Kapital qurilish xarajatlari bo’yicha shartnomalarning ikki asl va bir 
ko’chirma nusxalaridan tashqari, Buyurtmachilar tomonidan g’aznachilik 
bo’linmasiga quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi: 
- konkurs komissiyasining qurilish ishlari bilan bog’liq ish va 
xizmatlarning pudratchi qurilish (loyihachi) tashkilotini va boshqa 
bajaruvchilarini tanlab olish bo’yicha yig’ilish bayonnomasi nusxasi, 
qachonki tanlov savdolari predmeti xaridining umumiy qiymati 50 ming 
AQSh dollaridan yuqori summani tashkil etgan hollarda; 
- konkurs komissiyasining qurilish ishlari bilan bog’liq ish va 
xizmatlarning pudratchi qurilish (loyihachi) tashkilotini va boshqa 
bajaruvchilarini tanlab olish bo’yicha yig’ilish bayonnomasi nusxasi, 
qachonki tanlov savdolari predmeti xaridining umumiy qiymati 50 ming 
AQSh dollarigacha summani tashkil etgan hollarda ular xarid qilinadigan 
tovar, ishlar va xizmatlarning tavsifi, miqdori, bajarish muddatlari va tovarni 
etkazib berish punkti ko’rsatilgan holdagi takliflarni talabgorlarga yuborish 
yoki mahsulot etkazib beruvchi yoki pudratchi tomonidan e’lon qilingan baho 
va tavsiflarni taqqoslash yo’li bilan erkin savdoda amalga oshirilishi mumkin; 


46 
- buyurtmachining pudrat qurilish (loyiha) ishlari uchun o’tkazilgan 
tanlov savdolari natijalari bo’yicha hisobotining O’zbekiston Respublikasi 
Davarxitektqurilish bilan kelishilgan nusxasi; 
- pudratchi qurilish tashkilotining qurilish xavfini sug’urtalash bo’yicha 
shartnomasining buyurtmachi rahbari va bosh hisobchisi tomonidan 
imzolangan nusxasi; 
- Davlatqurilishnazorat inspektsiyasining qurilish-montaj ishlarini 
bajarishga ruxsatnomasining buyurtmachi rahbari va bosh hisobchisi 
tomonidan imzolangan nusxasi;
- belgilangan tartibda tasdiqlangan qurilishlarning manzilli ro’yxati 
(loyiha-tadqiqot ishlarining manzilli ro’yxati) va qurilishlarning titulli 
ro’yxatlari nusxalari, shuningdek belgilangan tartibda tasdiqlangan va 
konkurs savdolarining o’tkazilishi bo’yicha qurilishlarning aniqlangan 
manzilli va titulli ro’yxatlari nusxalari; 
- davlat ekologiya ekspertizasi xulosasi nusxasi (zarur bo’lganda). 
Budjet tashkilotlari va mahsulot etkazib beruvchilar bilan Budjet
mablag’lari hisobiga tuzilgan shartnomalar faqat ularning g’aznachilik 
bo’linmalarida majburiy ro’yxatga olinganidan so’ng kuchga kiradi. 
Budjet tashkilotlari mahsulot etkazib beruvchilar bilan shartnomalar 
tuzishda va ularni g’aznachilik bo’linmalariga ro’yxatga olish uchun taqdim 
qilishda quyidagi talablarga amal qilishlari lozim: 
- shartnomalar mahsulot etkazib beruvchi va buyurtmachi (Budjet dan 
mablag’ oluvchilar) tomonidan imzo qo’yish huquqiga ega bo’lgan shaxslar 
tomonidan imzolanadi va ikki tomonning muhrlari bilan tasdiqlanadi; 
- buyurtmachi (Budjet tashkilotlari)ning rekvizitlarida, shuningdek 
buyurtmachi (Budjet tashkilotlari)ning xarajatlari to’lovi amalga 
oshiriladigan tegishli g’azna hisobvarag’i ham ko’rsatiladi. 
Shartnomani ro’yxatga olish uchun Budjet tashkiloti g’aznachilik 
bo’linmasiga shartnomaning ikki asl nusxasini va bitta ko’chirma nusxasini 
taqdim qiladi. Shartnomalarga to’lovlar jadvali ilova qilinishi hamda unga 
rioya qilish shart. 
Budjet tashkiloti shartnomalarni g’aznachilik bo’linmalariga ro’yxatga 
olish uchun ular tuzilgandan so’ng 20 ish kuni mobaynida, biroq joriy moliya 
yilining 25 dekabridan kechikmasdan taqdim etishlari lozim. Budjet
tashkiloti tomonidan shartnomalar tuzilib, 20 ish kuni o’tgandan so’ng taqdim 
qilingan hollarda, shartnoma Budjet dan mablag’ oluvchiga g’aznachilik 
bo’linmasida ro’yxatga olinmasdan qaytariladi. 
Mol etkazib beruvchilar bilan etkazib berilgan moddiy va nomoddiy 
qimmatliklar, shuningdek kapital qo’yilmalar hisobiga xarid qilinadigan 
qurilish materiallari, konstruktsiyalar va detallar, o’rnatish uchun jihozlar, 
etkazib berilgan boshqa tovar-moddiy qimmatliklar qiymati va shu kabilar, 
pudratchilar bilan ularga qurilish va montaj uchun berilgan konstruktsiyalar 
va detallar, bajarilgan qurilish-montaj ishlari uchun hisob-kitoblar 
buxgalteriya hisobida 150 ―Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar bilan 
hisob-kitoblar‖ subschyotida olib boriladi.


47 
Bu subschyotning debetida qurilish materiallari, konstruktsiyalar va 
detallar, boshqa tovar-moddiy qimmatliklar uchun to’langan mablag’lar 
summasi aks ettiriladi, kreditida etkazib berilgan mahsulot(ish va xizmatlar) 
bo’yicha qarzdorlik aks ettiriladi.
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi : 
№ 
Muomalalar mazmuni 
Dt 
Kt 
Asos bo’luvchi 
xujjat 

Etkazib 
berilgan 
qurilish 
materiallari, 
konstruktsiyalar va detallar, boshqa tovar-
moddiy 
qiymatliklar 
uchun 
to’langan 
mablag’lar summasiga 
150 
232, 11- 
schyotning 
tegishli 
subschyotl
ari 
Shahsiy 
hisobvaraqlarda
n ko’chirma 

Mol etkazib beruvchilardan omborga kelib 
tushgan materiallar summasiga
16 – 
schyotning 
tegishli 
subschyotl
ari 
150 
Yuk hati 

Tashkilotlar tomonida ko’rsatilgan ish va 
xizmatlar summasiga
231,241, 
251, 261, 
271 
150 
Bajarilgan 
ishlarni 
topshirish-qabul 
qilish 
dalolatnomasi 

Pudratchilarning 
bajargan 
qurilish-montaj 
ishlari summasiga 
071 
150 
Bajarilgan 
ishlarni 
topshirish-qabul 
qilish 
dalolatnomasi 

Pudratchiga qurilish-montaj ishlari uchun 
berilgan konstruktsiya va detallar summasiga
150 
060 
Yuk hati 
Qonunchilikka muvofiq Budjet tashkilotlari faoliyat turiga mos 
mahsulot (ish va xizmatlar) ishlab chiqarish, sotish xuquqiga ega. Bunda
tashkilotlar tomonidan bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar va ishlab 
chiqargan mahsulotlarini (ish, xizmatlarini) sotish jarayonida xaridorlar va 
buyurtmachi tashkilotlar bilan hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Xaridorlar va 
buyurtmachi tashkilotlar bilan hisob-kitoblar shartnoma asosida amalga 
oshiriladi. Buxgalteriya hisobida xaridor va buyurtmachilar bilan 
hisoblashuvlar 152 ―Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar‖ 
subschyotda yuritiladi. Bu subschyotning debet tomonida bajarilgan ishlar, 
ko’rsatilgan xizmatlar xaridor va buyurtmachilar tomonidan qabul qilinib 
olishi (tegishli tasdiqlovchi hujjatlarga asosan) hamda ishlab chiqarilgan 
mahsulotlar xaridorlar va buyurtmachilarga yuklab jo’natilishi aks ettiriladi. 
Kredit tomonida xaridor va buyurtmachilardan o’zaro tuzilgan shartnomada 
belgilangan to’lovlar kelib tushganda aks ettiriladi. 
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi : 
№ 
Muomalalar mazmuni 
Dt 
Kt 
Asos 
bo’luvchi 
xujjat 


48 

Xaridor va buyurtmachilardan o’zaro tuzilgan 
shartnomada belgilangan to’lovlar kelib 
tushganda 
11-
schyotning 
tegishli 
subschyotl
ari 
152 
Shahsiy 
hisobvaraqlar
dan 
ko’chirma 

Bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar 
xaridor va buyurtmachilar tomonidan qabul 
qilinib 
olinganda 
(tegishli 
tasdiqlovchi 
hujjatlarga asosan) hamda ishlab chiqarilgan 
mahsulotlar xaridorlar va buyurtmachilarga 
yuklab jo’natilganda 
152 
200 
Yuk xati 
Analitik hisob har bir xaridor va buyurtmachilar bo’yicha alohida holda 
yuritiladi. 
Budjet tashkilotlari ish beruvchining fuqorolik javobgarligini majburiy 
sug’urta qilish va boshqa sug’urta turlari bo’yicha sug’urta tashkilotlari bilan 
hisoblashuvlarni amalga oshiradi. Sug’urta turlari bo’yicha hisoblashuvlar 
qonunchilikda belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar asosida amalga 
oshiriladi. Buxgalteriya hisobida sug’urta bo’yicha to’lovlarga doir hisob-
kitoblar, jumladan, ish beruvchining fuqorolik javobgarligini majburiy 
sug’urta qilish bo’yicha hisoblashuvlar 154 ―Sug’urta bo’yicha to’lovlar‖ 
subschyotida yuritiladi. Bu subschyotning kredit tomonida tashkilotlar 
tomonidan majburiy sug’urta qilish shartnomasi bo’yicha sug’urta mukofoti 
summasi hamda sug’urta majburiyatlari bilan bog’liq boshqa majburiyatlarni 
hisoblanishi, debet tomonidan esa, hisoblangan majburiy sug’urta qilish 
shartnomasi bo’yicha sug’urta mukofoti summalarini, shuningdek boshqa 
sug’urta majburiyatlarining to’lanishi (bajarilishi), sug’urta qoplamasi 
summasi aks ettiriladi. 
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi : 
№ 
Muomalalar mazmuni 
Dt 
Kt 
Asos bo’luvchi 
xujjat 

Tashkilotlar 
tomonidan 
majburiy 
sug’urta qilish shartnomasi bo’yicha 
sug’urta mukofoti summasi hamda 
sug’urta majburiyatlari bilan bog’liq 
boshqa majburiyatlarni hisoblanishi 
231, 241, 251, 
261 yoki 271 
subschyotlarni
ng tegishlisi 
154 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi 

Hisoblangan majburiy sug’urta qilish 
shartnomasi 
bo’yicha 
sug’urta 
mukofoti summalarini, shuningdek 
boshqa sug’urta majburiyatlarining 
to’lanishi 
154 
232 yoki 
11 – 
schyotning 
tegishli 
subschyotl
ari 
Shaxsiy 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 

Sug’urta 
shartnomasiga 
asosan 
xodimga 
hisoblangan 
sug’urta 
qoplamasi summasiga
154 
179 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi 

Sug’urta 
shartnomasiga 
asosan 
xodimga 
hisoblangan 
sug’urta 
qoplamasi 
summasi 
tashkilotga 
o’tkazib berilganda 
119 
154 
Shaxsiy 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 
5 Xodimga 
hisoblangan 
sug’urta 
120 
119 
Shaxsiy 


49 
qoplamasi summasi kassaga kirim 
qilinganda 
hisobvaraqdan 
ko’chirma, kassa 
kirim orderi 

Xodimga 
hisoblangan 
sug’urta 
qoplamasi summasi kassadan to’lab 
berilganda 
179 
120 
Kassa chiqim 
orderi 
Tashkilotning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan va ma’lum shartlar 
bajarilgandan keyin qaytarilishi lozim bo’lgan summalar hisobi buxgalteriya 
hisobida alohida aks ettiriladi. Bu muomalalar asosan sud, prokuratura, ichki 
ishlar organlarida sodir bo’ladi. Ya’ni jinoyat ishlari bo’yicha dastlabki 
surishtiruv jarayonida olingan mablag’larni bunga misol qilib aytish mumkin. 
Budjet tashkilotlarida ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan va ma’lum shartlar 
bajarilgandan keyin qaytarilishi lozim bo’lgan mablag’lar buxgalteriya 
hisobida 155 ―Budjet tashkilotining ixtiyorida vaqtincha bo’ladigan 
mablag’lar bo’yicha hisob-kitoblar‖ subschyotida yuritiladi. Bu schyotning 
kredit tomonida tashkilotning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan summalar, 
debet tomonida bu summalarni qaytarilishi, hisobdan chiqarilishi aks 
ettiriladi. 
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi : 
№ 
Muomalalar mazmuni 
Dt 
Kt 
Asos bo’luvchi 
xujjat 

Prokuratura organlari tomonidan dastlabki 
surishtiruv jarayonida olingan mablag’lar 
summasiga
114 
155 
Shaxsiy 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 

Prokuratura organlari tomonidan dastlabki 
surishtiruv jarayonida olingan mablag’lar 
qaytarilishi 
155 
114 
Shaxsiy 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 
Budjet tashkilotining vaqtincha ixtiyorida bo’ladigan mablag’lar 
summalar analitik hisobi har bir oluvchi bo’yicha 292-son shakldagi joriy 
hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasi)da olib boriladi. 
Bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida (bolalar bog’chalari va 
yaslilarda) saqlanganligi, bolalarni musiqa va san’at maktablarida 
o’qitilganligi, tarbiyalanuvchilarni maktab-internatlarda va boshqa ta’lim 
muassasalarida saqlanganligi uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-
kitoblar, ish joyida ovqat bilan ta’minlanganligi uchun xodimlar bilan olib 
boriladigan hisob-kitoblar va boshqa shu kabilar bo’yicha to’lovlarning 
maxsus turlariga doir hisob-kitoblar amalga oshiriladi.
Bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalarida saqlanganligi uchun ota-
onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo’yicha pul hisoblab yozish 
bolalarning bog’chaga kelishi hisobi olib boriladigan 305-son shakldagi 
bolalarning davomat hisobi bo’yicha tabel asosida haqiqiy qatnagan kunlariga 
muvofiq amalga oshiriladi. To’lovlar bevosita maktabgacha ta’lim 
muassasalariga to’langanda ota-onalarga to’langanlik haqidagi kvitantsiyalar 
beriladi. Vakil qilingan kishilardan qabul qilingan summalar uch kunlik 
muddat ichida tashkilotning hisobvarag’iga kirim qilinishi kerak. 


50 
Maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab-internatlari va boshqa ta’lim 
muassasalaida bolalar ta’minotiga xaq to’lash tartibi va to’lov miqdorlari 
qonunchilikka muvofiq tartibga solinadi. 
Buxgalteriya hisobida to’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-
kitoblar 156 ―To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar‖ 
subschyotida yuritiladi. Bu subschyotning debet tomonida to’lovlarning 
maxsus turlari bo’yicha hisoblangan summa, kredit tomonida ushbu 
mablag’larni kelib tushishi aks ettiriladi.
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi : 
№ 
Muomalalar mazmuni 
Dt 
Kt 
Asos bo’luvchi xujjat 

Bolalarni 
maktabgacha 
ta’lim 
muassasalarida (bolalar bog’chalari va 
yaslilarda) saqlanganligi, uchun ota-onalar 
to’lashi 
kerak 
bo’lgan 
mablag’lar 
summasiga
156 
242 
305-son shakldagi 
bolalarning davomat 
hisobi bo’yicha tabel 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomalari 

Bolalarni 
maktabgacha 
ta’lim 
muassasalarida (bolalar bog’chalari va 
yaslilarda) 
saqlanganligi, 
uchun 
ota-
onalardan 
kelib 
tushgan 
mablag’lar
summasiga 
110 
156 
Shaxsiy 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 

Bolalar maktabgacha ta’lim muassasasidan 
chiqarib olingan taqdirda oldindan to’langan 
summa ota-onalarga ularning arizasiga 
asosan qaytarilganda 
(bir vaqtni o’zida summa qizil yozuvda Dt 
156, Kt242 yozuvi beriladi.) 
156 
110, 
120 
Shaxsiy 
hisobvaraqdan 
ko’chirma, kassa 
chiqim orderi 
Shtatda turmagan tarkibga shartnoma bo’yicha bajargan ishlari va 
chiqimlari uchun, televizor va radio-eshittirishlarda bir marta chiqish uchun 
qilingan buyurtmalarga beriladigan qalam haqi summalari bo’yicha hisob-
kitoblar, shuningdek uyda nogiron bolalarni o’qitadigan pedagoglarga 
to’lanadigan kompensatsiya to’lovlari va boshqa barcha debitorlar va 
kreditorlar bilan hisoblashuvlar buxgalteriya hisobida 159 ―Boshqa debitor 
va kreditorlar bilan hisob-kitoblar‖ subschyotida yuritiladi. Bu subschyotning 
kredit tomonida kreditorlik majburiyatlar, debet tomonida kreditorlik 
majburiyatlarni to’lanishi yoki debitorlik majburiyatlar aks ettiriladi. 
Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblarning 
analitik hisobi 408-son shakldagi (6-son memorial order) jamlanma 
qaydnomasida, shuningdek 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar 
daftarida (kartochkasida) olib boriladi. 
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi : 
№ 
Muomalalar mazmuni 
Dt 
Kt 
Asos bo’luvchi 
xujjat 

Shtatda turmagan tarkibga shartnoma 
bo’yicha bajargan ishlari uchun to’lov 
hisoblanganda
241,251,2
61,271 
159 
Bajarilgan 
ishlarni 
topshirish-qabul 
qilish 
dalolatnomasi 
2 Shtatda turmagan tarkibga shartnoma 
159 
11-
Shaxsiy 


51 
bo’yicha bajargan ishlari uchun to’lov 
hisoblanganda 
schyotning 
tegishli 
subschyotl
ari 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 
Budjet va Budjet dan tashqari jamg’armalar bilan hisoblashuvlar hisobi 
Budjet tashkilotlari tomonidan qonunchilikka muvofiq Budjet bilan, 
shuningdek Budjet dan tashqari Pensiya jamg’armasiga ajratmalarga doir, 
jamg’arib boriladigan pensiya to’lovlari bo’yicha va boshqa Budjet dan 
tashqari jamg’armalar bilan hisob-kitoblar olib boriladi. Budjet bilan soliqlar 
bo’yicha hisoblashuvlarni amalga oshiradi. Ma’lumki, O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli 
―Budjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish 
to’g’risida‖gi qaroriga muvofiq 2015 yil 1 yanvargacha Budjet tashkilotini
rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari davlat Budjet iga undiriladigan soliqlar 
va yig’imlarning barcha turlaridan ozod qilinishi, bo’shab qolgan mablag’lar 
moddiy-texnika va ijtimoiy bazani mustahkamlashga, shuningdek ularning 
hodimlarini moddiy rag’batlantirishga maqsadli yo’naltirilishi belgilangan. 
Shuning uchun Budjet tashkilotlarida soliqlar bo’yicha faqat xodimlarni ish 
haqidan qonunchilikda belgilangan miqdorda daromad solig’i ushlanmalari 
amalga oshriladi va Budjet ga o’tkazib beriladi. Lekin buxgalteriya hisobida 
soliqlar bo’yicha imtiyozlar hisobi alohida aks ettiriladi. Majburiy ajratmalar 
bo’yicha yagona ijtimoiy to’lov qonunchilikda belgilangan tartibda hisoblanib 
Budjet dan tashqari Pensiya jamg’armasiga o’tkazib beriladi. Xodimlarni ish 
haqiga nisbatan belgilangan tartibda shaxsiy jamg’arib boriladigan Pensiya 
hisobvarag’i badallari halq banki bo’limlarida ochilgan shaxsiy 
hisobvaraqlarga o’tkazilib boriladi. Bundan tashqari xodimlarning ish haqiga 
nisbatan Pensiya jamg’armasiga ushlanma (badal) amalga oshirilib o’tkazib 
beriladi. 
Shuningdek 
Pensiya 
jamg’armasi mablag’lari hisobidan 
hodimlarning ijtimoiy to’lovlarini (qonunchilikda belgilangan miqdorda 
ishlovchi xodimlarga nafaqalar va boshqalar) qoplash uchun ajratiladigan 
mablag’lar bo’yicha Pensiya jamg’armasi bilan hisoblashuvlar amalga 
oshiriladi. Bulardan tashqari qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat 
maqsadli jamg’armalari (Respublika yo’l jamg’armasi va boshqalar) bilan 
hisoblashuvlar amalga oshirilib hisoblangan ajratmalar imtiyoz ko’rinishida 
aks ettiriladi. Budjet va Budjet dan tashqari jamg’armalarga hisoblangan 
majburiy ajratma va ushlanmalar bo’yicha buxgalteriya ma’lumotnomalari, 
raschyotlari tuzilib 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar 
daftarida (kartochkasi) aks ettiriladi va bir vaqtni o’zida tegishli buxgalteriya 
yozuvlari berilib tegishli memorial order - jamlanma qaydnomalariga 
tushiriladi. Memorial order - jamlanma qaydnomalar asosida 308-son 
shakldagi Bosh jurnal kitobi va hisobot shakllari to’ldiriladi. 
Buxgalteriya hisobida yuqorida keltirib o’tilgan Budjet va Budjet dan 
tashqari jamg’armalarga majburiy ajratmalar, ushlanmalar va boshqalar 
bo’yicha hisoblashuvlar hisobi 


52 
16 ―Budjet va Budjet dan tashqari jamg’armalar bilan hisob-kitoblar‖ 
schyoti quyidagi subschyotlarga bo’lingan holda yuritiladi: 
160 ―Budjet ga to’lovlar bo’yicha Budjet bilan hisob-kitoblar‖; 
161 ―Yagona ijtimoiy to’lov bo’yicha hisob-kitoblar‖; 
162 ―Shaxsiy jamg’arib boriladigan Pensiya hisobvarag’i badallari 
bo’yicha hisob-kitoblar‖; 
163 ―Budjet dan tashqari Pensiya jamg’armasi bilan hisob-kitoblar‖; 
169 ―Boshqa Budjet dan tashqari jamg’armalar bilan hisob-kitoblar‖. 
160 ―Budjet ga to’lovlar bo’yicha Budjet bilan hisob-kitoblar‖ 
subschyotida Budjet bilan quyidagilar bo’yicha qilinadigan hisob-kitoblar 
hisobi yuritiladi: ish haqi va boshqa to’lovlardan ushlab qolingan soliqlar, 
aybdor shaxs hisobiga olib borilgan va Budjet ga o’tkazilishi lozim bo’lgan 
kamomadlar summalari, moddiy qimmatliklarni sotishdan tushgan va 
qonunchilikka ko’ra Budjet daromadiga o’tkazilishi kerak bo’lgan summalar 
va boshqa Budjet bilan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Bu subschyotning kredit 
tomonida hisoblangan soliqlar summasi, debet tomonida hisoblangan 
soliqlarni o’tkazilishi yoki hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi : 
№ 
Muomalalar mazmuni 
Dt 
Kt 
Asos bo’luvchi 
xujjat 

Xodimlar ish haqidan belgilangan tartibda 
daromad solig’i bo’yicha ushlanmalar 
amalga oshirilganda 
173 
160 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi 

Xodimlar ish haqidan belgilangan tartibda 
shaxsiy jamg’arib boriladigan Pensiya 
hisobvarag’i badallari bo’yicha ushlanmalar 
amalga oshirilganda 
160 
162 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi 

Xodimlar ish haqidan belgilangan tartibda 
daromad solig’i bo’yicha ushlanmalar Budjet 
ga o’tkazib berilganda 
160 
232, 11 
schyotning 
tegishli 
subschyotl
ari 
Shahsiy 
hisobvaraqlardan 
ko’chirma 

Xodimlar ish haqidan belgilangan tartibda 
shaxsiy jamg’arib boriladigan Pensiya 
hisobvarag’i badallari bo’yicha ushlanmalar 
o’tkazib berilganda 
162 
232, 11 
schyotning 
tegishli 
subschyotl
ari 
Shahsiy 
hisobvaraqlardan 
ko’chirma 

Budjet 
tashkilotini 
rivojlantirish 
jamg’armasi daromadlari bo’yicha foyda 
solig’i hisoblanganda 
261 
160 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi 

Budjet 
tashkilotini 
rivojlantirish 
jamg’armasi 
daromadlari 
bo’yicha 
hisoblangan 
foyda 
solig’i 
imtiyoz 
ko’rinishida aks ettirilganda
160 
285 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi 
Analitik hisob har bir hisob-kitoblar turlari bo’yicha 292-son shakldagi 
joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftarida (kartochkasi)da olib boriladi. 
161 ―Yagona ijtimoiy to’lov bo’yicha hisob-kitoblar‖ subschyotida 


53 
mehnatga xaq to’lash jamg’armasidan hisoblangan yagona ijtimoiy 
to’lovlarning hisobi olib boriladi. Bu schyotning kredit tomonida belgilangan 
tartibda xodimlarni ish haqiga nisbatan hisoblangan yagona ijtimoiy to’lov 
summasi, debet tomonida hisoblangan yagona ijtimoiy to’lov summasini 
o’tkazib berilishi aks ettiriladi.
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi : 
№ 
Muomalalar mazmuni 
Dt 
Kt 
Asos 
bo’luvchi 
xujjat 

Xodimlar ish haqiga nisbatan belgilangan
tartibda hisoblangan yagona ijtimoiy to’lov 
summasiga
090, 
231,241,2
51,261,27

161 
Buxgalteriya 
ma’lumotno
masi 

Xodimlar ish haqiga nisbatan belgilangan
tartibda hisoblangan yagona ijtimoiy to’lov 
summasi o’tkazib berilganda
161 
232, 11 - 
schyotning 
tegishli 
subschyotlari 
Shahsiy 
hisobvaraqla
rdan 
ko’chirma 
161-―Yagona ijtimoiy to’lov bo’yicha hisob-kitoblar‖ subschyot 
bo’yicha analitik hisob 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar 
daftarida (kartochkasida) olib boriladi. 
162 ―Shaxsiy jamg’arib boriladigan Pensiya xisobvarag’i badallari 
buyicha hisob-kitoblar‖ subschyotida tashkilotlar xodimlarining jamg’arib 
boriladigan pensiya to’lovlari bo’yicha badallari hisobi yuritiladi. Bu 
subschyotning kredit tomonida xodimlar ish haqiga nisbatan hisoblangan 
shaxsiy jamg’arib boriladigan Pensiya xisobvarag’i badallari summasi, debet 
tomonida hisoblangan badallarni o’tkazib berilishi aks ettiriladi. 
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi : 
№ 
Muomalalar mazmuni 
Dt 
Kt 
Asos bo’luvchi 
xujjat 

Xodimlar ish haqidan belgilangan tartibda 
shaxsiy jamg’arib boriladigan Pensiya 
hisobvarag’i badallari bo’yicha ushlanmalar 
amalga oshirilganda 
160 
162 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi 

Xodimlar ish haqidan belgilangan tartibda 
shaxsiy jamg’arib boriladigan Pensiya 
hisobvarag’i badallari bo’yicha ushlanmalar 
o’tkazib berilganda 
162 
232, 11 
schyotning 
tegishli 
subschyotlari 
Shahsiy 
hisobvaraqlarda
n ko’chirma 
Analitik hisob har bir shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya 
hisobvaraqlariga majburiy badallarni o’tkazuvchi xodimlar bo’yicha alohida 
holda yuritiladi. 
163 ―Budjet dan tashqari Pensiya jamg’armasi bilan hisob-kitoblar‖ 
subschyotida tashkilotlarning xodimlariga hisoblangan ish xaqlaridan Budjet 
dan tashqari Pensiya jamg’armasiga ajratma qilinadigan badallari, 
qonunchilikka muvofiq sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning xaqiqatdagi 
xajmidan majburiy ajratmalarning hisobi, shuningdek davlat ijtimoiy 
sug’urtasi va boshqa Budjet dan tashqari Pensiya jamg’armasi hisobidan 
amalga oshiriladigan to’lovlar bo’yicha Budjet dan tashqari Pensiya 


54 
jamg’armasi bilan olib boriladigan hisob-kitoblari hisobi yuritiladi. Bu 
schyotning kredit tomonida xodimlariga hisoblangan ish xaqlaridan Budjet 
dan tashqari Pensiya jamg’armasiga hisoblangan badallar qonunchilikka 
muvofiq sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning xaqiqatdagi xajmidan Pensiya 
jamg’armasiga majburiy ajratmalar summasi shuningdek Pensiya jamg’armasi 
hisobidan amalga oshiriladigan to’lovlarni kelib tushishi aks ettiriladi. Debet 
tomonida Pensiya jamg’armasiga hisoblangan badallar va ajratmalarni 
o’tkazib berilishi va Pensiya jamg’armasi hisobidan amalga oshiriladigan 
to’lovlarni hisoblanishi aks ettiriladi. 
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi : 
№ 
Muomalalar mazmuni 
Dt 
Kt 
Asos bo’luvchi 
xujjat 

Xodimlarning hisoblangan ish xaqlaridan 
Pensiya 
jamg’armasiga 
ushlangan 
majburiy badallar summasiga 
173 
163 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi 

Xodimlarning hisoblangan ish xaqlaridan 
Pensiya 
jamg’armasiga 
ushlangan 
majburiy badallar summasini o’tkazib 
berilishi 
163 
232, 11 
schyotning 
tegishli 
subschyotl
ari 
Shahsiy 
hisobvaraqlardan 
ko’chirma 

Qonunchilikka muvofiq sotilgan mahsulot 
(ish, xizmat)larning haqiqatdagi xajmidan 
hisoblangan ajratmalar 
211 
163 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi 

Qonunchilikka muvofiq sotilgan mahsulot 
(ish, xizmat)larning haqiqatdagi xajmidan 
hisoblangan 
ajratmalarni 
imtiyoz 
ko’rinishida aks ettirish 
163 
285 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi 

Budjet dan tashqari Pensiya jamg’armasi 
hisobidan amalga oshiriladigan Davlat 
ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha to’lovlar va 
boshqa to’lovlar hisoblanganda 
163 
171 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi
, so’rovnoma 

Budjet dan tashqari Pensiya jamg’armasi 
hisobidan amalga oshiriladigan Davlat 
ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha hisoblangan 
to’lovlar kelib tushganda 
119 
163 
Shahsiy 
hisobvaraqdan 
ko’chirma 
Budjet dan tashqari Pensiya jamg’armasi hisobidan amalga 
oshiriladigan Davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha to’lovlar va boshqa to’lovlar 
hisoblanganda
163 ―Budjet dan tashqari Pensiya jamg’armasi bilan hisob-kitoblar‖ 
subschyotning debetida va 171 ―Xodimlar bilan ijtimoiy nafaqalar bo’yicha 
hisob-kitoblar‖ subschyotning kreditida aks ettiriladi. Budjet dan tashqari 
Pensiya 
jamg’armasining 
tuman 
(shahar) 
bo’limlaridan 
tashkilot 
hisobvarag’iga kelib tushgan summalarga pul mablag’larini hisobga oluvchi 
tegishli subschyotlar debetlanadi va 163 ―Budjet dan tashqari Pensiya 
jamg’armasi bilan hisob-kitoblar‖ subschyot kreditlanadi. 
Analitik hisob Budjet dan tashqari Pensiya jamg’armasi hisobidan 
amalga oshiriladigan to’lovlarni oluvchilar bo’yicha alohida holda yuritiladi. 


55 
169 ―Boshqa Budjet dan tashqari jamg’armalar bilan hisob-kitoblar‖ 
subschyotida tashkilotlarning O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
huzuridagi Ta’lim muassasalarini rekonstruktsiya qilish, mukammal 
ta’mirlash va jihozlash bo’yicha Budjet dan tashqari jamg’arma, Respublika 
yo’l jamg’armasi va boshqa Budjet dan tashqari jamg’armalar bilan 
qonunchilikka muvofiq olib boriladigan hisob-kitoblari yuritiladi. Bu 
schyotning kredit tomonida Budjet dan tashqari jamg’armalarga hisoblangan 
ajratmalar summasi, debet tomonida hisoblangan ajratmalar summasini 
o’tkazib berilishi yoki hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Buxgalteriya o’tkazmalari matritsasi : 
№ 
Muomalalar mazmuni 
Dt 
Kt 
Asos bo’luvchi 
xujjat 

Budjet 
dan 
tashqari 
jamg’armalarga 
qonunchilikka muvofiq sotilgan mahsulot (ish, 
xizmat)larning 
haqiqatdagi 
xajmidan 
hisoblangan ajratmalar 
211 
169 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi 

Budjet 
dan 
tashqari 
jamg’armalarga 
qonunchilikka muvofiq sotilgan mahsulot (ish, 
xizmat)larning 
haqiqatdagi 
xajmidan 
hisoblangan ajratmalarni imtiyoz ko’rinishida 
aks ettirish 
169 
285 
Buxgalteriya 
ma’lumotnomasi 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin