O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


Mavzu: Yakuniy moliyaviy natijalar hisobi



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/15
tarix24.09.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#147651
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
budjet tashkilotlarida budjet hisobi

Mavzu: Yakuniy moliyaviy natijalar hisobi 
Reja: 
1
Budjet tashkilotini yakuniy moliyaviy natijalarini aniqlashning 
ahamiyati va zarurligi.
2
Yakuniy moliyaviy natijalarni aniqlash tartibi.
3
Yakuniy moliyaviy natijalarni buxgalteriya hisobvaraqlari va hisob 
registrlarida aks ettirish. 
Yakuniy moliyaviy natija -
bu Budjet tashkilotining hisobot yili yakunida 
daromadlar va harajatlar smetalari ijrosi bo’yicha daromadlar bilan haqiqiy 
harajatlar o’rtasida yuzaga keladigan farqidir. Shuningdek Budjet
tashkilotining yakuniy moliyaviy natijasi barcha aktivlarining (nomoliyaviy 
aktivlari, moliyaviy aktivlari va debitorlari) umumiy summasidan uning 
majburiyatlarini (kreditorlik qarzlarini) ayirmasiga tengdir.
Budjet tashkilot faoliyatining yakuniy bo’yicha moliyaviy natijalari 28 
―Yakuniy moliyaviy natijalar‖ schyotida aks ettiriladi. 
Agarda, yil yakunlari bo’yicha yakuniy moliyaviy natijalarini hisobga 
oluvchi subschyotlarda umumiy holda kredit qoldig’ining qolishi 
tashkilotning barcha aktivlarini (nomoliyaviy aktivlari, moliyaviy aktivlari, 
debitorlar) 
umumiy 
summasi 
tashkilot 
majburiyatlarining 
umumiy 
summasidan ortiq bo’lganligini, debet qoldig’ining qolishi esa, tashkilotning 
umumiy majburiyatlari summasi uning barcha aktivlari (nomoliyaviy 
aktivlari, moliyaviy aktivlari, debitorlar) umumiy summasidan ortib 
ketganligini bildiradi.
Buxgalteriya hisobida 28 ―Yakuniy moliyaviy natijalar‖ quyidagi 
subschyotlarga bo’lingan holda aks ettiriladi: 
280 ―Budjet mablag’lari bo’yicha yakuniy moliyaviy natija‖; 
281 ―To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha yakuniy 
moliyaviy natija‖; 
282 ―Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari 
bo’yicha yakuniy moliyaviy natija‖; 
283 ―Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha 
yakuniy moliyaviy natija‖; 
284 ―Boshqa daromadlar bo’yicha yakuniy moliyaviy natija‖; 
285 ―Budjet ga va Budjet dan tashqari jamg’armalarga hisoblangan soliq va 
boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlar‖. 
280 ―Budjet mablag’lari bo’yicha yakuniy moliyaviy natija‖ 
subschyotining kreditiga (debetiga) joriy yilning oxirida 230 ―Budjet


83 
mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar‖ subschyotining kredit 
(debet) qoldig’i hisobdan chiqariladi. 
281 ―To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha yakuniy 
moliyaviy natija‖ subschyotining kreditiga (debetiga) joriy yilning oxirida 
240 ―To’lovlarning maxsus turlariga doir hisob-kitoblar bo’yicha joriy yilga 
moliyaviy natijalar‖ subschyotining kredit (debet) qoldig’i hisobdan 
chiqariladi. 
282 ―Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt mablag’lari 
bo’yicha yakuniy moliyaviy natija‖ subschyotining kreditiga (debetiga) joriy 
yilning oxirida 250 ―Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt 
mablag’lari bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar‖ subschyotining kredit 
(debet) qoldig’i hisobdan chiqariladi. 
283 ―Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari bo’yicha 
yakuniy moliyaviy natija‖ subschyotining kreditiga (debetiga) joriy yilning 
oxirida 260 ―Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari 
bo’yicha joriy yilga moliyaviy natijalar‖ subschyotining kredit (debet) 
qoldig’i hisobdan chiqariladi. 
284 ―Boshqa daromadlar bo’yicha yakuniy moliyaviy natija‖ subschyotining 
kreditiga (debetiga) joriy yilning oxirida 270 ―Boshqa daromadlar bo’yicha 
joriy yilga moliyaviy natijalar‖ subschyotining kredit (debet) qoldig’i 
hisobdan chiqariladi. 
285 ―Budjet ga va Budjet dan tashqari jamg’armalarga hisoblangan soliq va 
boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlar‖ subschyotida tashkilotlarga 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularning Budjet dan tashqari olgan 
daromadlari uchun hisoblangan soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha 
berilgan imtiyozlar summalari va ularning belgilangan maqsadlar uchun 
ishlatilishi aks ettiriladi. 
Agarda, 
qonunchilikda 
boshqacha 
tartib 
belgilanmagan 
bo’lsa, 
tashkilotlarga soliq va boshqa majburiy to’lovlar uchun berilgan imtiyozlar 
tufayli tejalgan (bo’shab qolgan) mablag’lar tashkilotning moddiy-texnika 
bazasini mustahkamlashga ishlatiladi. 
Ushbu subschyotning kreditida Budjet ga va Budjet dan tashqari 
jamg’armalarga hisoblangan soliq va boshqa majburiy to’lov turlari bo’yicha 
belgilangan imtiyoz summasi aks ettiriladi, bunda, 160 ―Budjet ga to’lovlar 
bo’yicha Budjet bilan hisob-kitoblar‖, 163 ―Budjet dan tashqari Pensiya 
jamg’armasi bilan hisob-kitoblar‖, va 169 ―Boshqa Budjet dan tashqari 
jamg’armalar bilan hisob-kitoblar‖ subschyotlarning tegishlisi debetlanadi.
Ushbu mablag’lar hisobidan sotib olingan moddiy aktivlarning sarflanishi 
(eskirishi) yoki moddiy aktivlar sotib olish bilan bog’liq bo’lmagan holda 
tashkilotning 
moddiy-texnika 
bazasini 
mustahkamlash 
maqsadlariga 
ishlatilishi munosabati bilan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar mos 
ravishda 251 ―Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan 
tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar‖ va 261 
―Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan amalga 
oshirilgan xaqiqiy xarajatlar‖ subschyotlarning debetida aks ettiriladi. 


84 
Hisobot yilining oxirida mazkur subschyotlarda aks ettirilgan xaqiqiy 
xarajatlar avvalo, foydalanilgan soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha 
imtiyozlar summasiga to’g’ri keluvchi qismi doirasida 285 ―Budjet ga va 
Budjet dan tashqari jamg’armalarga hisoblangan soliq va boshqa majburiy 
to’lovlar bo’yicha imtiyozlar‖ subschyotining debetiga hisobdan chiqariladi
bunda, mos ravishda 251 ―Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt 
shaklidan tushgan tushumlar hisobidan amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar‖ 
va 261 ―Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi mablag’lari hisobidan 
amalga oshirilgan xaqiqiy xarajatlar‖ subschyotlari kreditlanadi. 
Analitik hisob har bir soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha 
hisoblangan imtiyozlar bo’yicha alohida holda yuritiladi. 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin