112
Genetika
2. DNK ni restriktaza yordamida bo‘laklarga ajratiladi
3. Bo‘laklarni elektroforez yordamida tartibli joylashtiriladi
4. Alohida zanjirlar olish uchun denaturatsiyalanadi
5. Fragmentlar membranali filtrlarga joylashtiriladi
6. Filtrlarga nishonlangan zond kiritiladi
7. Fotoemulsiyani ekspozitsiyalash
yordamida duragaylashish
joylari aniqlanadi.
Agar o ‘rganilayotgan D N K qismi zondga komplementar b o ‘lsa,
duragaylashish kuzatiladi. Bu qism izotop t a ’sirida nurlanishi nati-
jasida fotoqog‘ozda shu jo y qorayib k o ‘rinadi.
DNK-zondlari usuli. Bu usul molekulyar genetikaning eng
zamonaviy usullaridan biri bo‘lib tibbiyot genetikasi amaliyotida
tobora keng qo‘llanilmoqda.
DNK-zondlari usulining qo‘llanilish sohasini va aniqlash
imkoniyatini kengaytirish maqsadida tobora takomillashtirilmoqda.
DNK-zondlari usuli nazariy genetikada
prokariotlar va eukariot-
larning genetik kartasini tuzishda, genlarni kartalashtirishda, DNK
polimorfizmini o ‘rganishda, tibbiyot genetikasida esa irsiy kasallik-
larning diagnostikasida qo‘llanilmoqda.
DNK-zondlari usuli yordamida retsessiv mutant genning
geterozigot tashuvchilarini defekt genning fenotipik yuzaga chiq-
magan holatlarida aniqlash mumkin. Bu usulning qo‘llanishini
nuqtaviy mutatsiya natijasida kelib
chiqadigan monogen kasallik
diagnostikasi misolida tushunish mumkin. Mazkur usul D N K zon-
dining mutant geni bo‘lgan kasaldan ajratib olingan D N K qismi
bilan komplementarlik prinsipi asosida duragaylanishiga asoslan-
gan. Buning uchun nuqtaviy mutatsiya yuz bergan qismga kom
plementar zond (nukleotidlar qisqa ketma-ketligi) sintezlanadi.
Zond 32R yoki 3N izotoplari bilan nishonlanadi (buning uchun bir
tomchi qon, bir nechta soch tolasi kifoya). Kasaldan bir necha
mkg D N K ajratib olinadi. Ajratib
olingan D N K uzun bispiral
bo‘lgani uchun uni fragmentlarga bo‘linadi (restriksiya qilinadi).
Restriksiya uchun maxsus fermentlar — endonukleazalardan foy-
dalaniladi. Endonukleazalar bakteriyalardan olinadi (ular shu fer-
mentlari yordamida yot D N K dan “himoyalanadi”). Endo
nukleazalar (restriktazalar) DNKni m a’lum joylaridan (saytlardan)
kesadi. Keyin DNK fragmentlari bir-biridan agaroza gelida elek
troforez yo‘li bilan ajratiladi.
Bu bispiral fragmentlar issiqlik denaturatsiyasi orqali monospi
ral fragmentlarga ajratiladi. Keyin bu fragmentlar joylashgan plas-
113
tinkaga nishonlangan zond qo‘shiladi. Agar kasalning D N K si frag-
mentlarida zondga komplementar qism bo‘lsa duragaylashish kuza-
tiladi. Duragaylashish mavjudligini fotemulsiya
bilan ekspozitsiya
qilib avtoradiografiya usulida aniqlash mumkin. Radioaktiv nishon
tufayli duragaylangan qism qorayib ko‘rinadi.
Hozirgi davrda DNK diagnostika usuli prenatal diagnostikada
ham qo‘llanilmoqda.
32P izotopining qo‘llanilishi, ko‘p xarajatliligi va murakkab-
ligi — D N K zondi usulining katta kamchiligi bo ‘lib, uning keng
qo‘llanilishiga xalaqit beradi. Bu izotop
bilan ishlash xavfsizlik
choralarini ko‘rishni talab qiladi, 32R kam yashovchi izotop
bo‘lgani uchun D N K — zondlari zaxirasini yaratish mumkin emas.
Shuning uchun ham hozirgi vaqtda radioaktiv zond o‘rniga fer-
mentativ zondlarni yaratish ishlari olib borilmoqda. Buning uchun
xromogen moddalar bilan rangli reaksiya beruvchi faol moddalar
zondga biriktiriladi. Bunda gibridlashgan
qismlarni avtoradio-
grafiyasiz, m a’lum sharoitlarda bo‘yash bilan aniqlanadi. Bu usul
osonroq bo ‘libgina qolmasdan, kam vaqt talab qiladi (bir nechta
sutka o‘rniga 1—2 soatda natijani olish mumkin). Bu usulning sez-
girligini oshirish imkoniyatlari ham mavjuddir.
Immunologik usul-
da antitelolar orqali ham zondlar yaratilgan.
Molekulyar usullar bilan kasallikka tashxis qo‘yish yoki
geterozigot tashuvchilikni aniqlash uchun genomning juda kichik
fragmentini o‘rganish kifoya qiladi. Buning uchun o‘sha fragment-
larni amplifikatsiyalash (ko‘paytirish) zarur. Bu vazifa
Dostları ilə paylaş: