Eshonqulov O. E. va boshq. Genetika: Akad litseylar uchun darslik / A. E. Eshon e 99 qulov, K. N. Nishonboyev, M. Bosimov


hayvonlar va mikroorganizmlar xilma-xilligini o ‘rganish



Yüklə 2,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/90
tarix24.09.2023
ölçüsü2,96 Mb.
#147827
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   90
Genetika

hayvonlar va mikroorganizmlar xilma-xilligini o ‘rganish.
3. Duragaylanish va mutagenezda irsiy o ‘zgaruvchanlik qonuni-
yatlarini o ‘rganish.
4. Organizmlar rivojlanishida muhitning rolini aniqlash.
5. Sun’iy tanlash usullarini takomillashtirish.
6. Kasalliklarga va iqlim sharoitlariga chidamli navlar va zot-
larni yaratish.
Seleksiyaning nazariy asosi
genetika xisoblanadi. Seleksiyada 
evolyutsion ta’limot, molekulyar biologiya, molekulyar genetika
biokimyo, hujayra biologiyasi va boshqa fanlar yutuqlaridan ham 
keng foydalaniladi.
Seleksiyaning asosiy metodlari:
1. Tanlash;
2. Duragaylash;
3. Mutagenez;
4. Hujayra injeneriyasi;
5. Gen injeneriyasi.
Hujayra injeneriyasi va gen injeneriyasi XX asrning ikkinchi 
yarmida qo‘llanila boshlagandi va biologiyaning yangi sohasi bio- 
texnologiyaning asosini tashkil qildi.
Biotexnologiya
— bu insonlar uchun foydali va zarur bo‘lgan 
majsulotlarni, 
mikroorganizmlarni, 
o ‘simliklar va xayvon 
hujayralari va to ‘qimalari yordamida sanoat miqyosida olishdir.
Seleksiya asosida Ch. Darvin tomonidan ishlab chiqilgan 
sun’iy tanlash yotadi.
Insonlar qadim zamonlardanoq sun’iy tanlashdan onisiz foy- 
dalanib kelishgan. Ular o‘zlari tushunmagan jolda jayvonlar va 
o‘simliklarning foydali belgiga ega bo‘lganlarini saqlab qolib
boshqalarini ovqat uchun ishlatishgan.
M etodik tanlashda
inson ongli ravishda o‘zi uchun foydali bel-


138
Genetika
giga ega organizmlarni tanlab oladi va ulardan yangi nav va zot- 
larni keltirib chiqarishda foydalaniladi.
Sun’iy tanlashning ikki xili mavjud:
1. Yoppasiga yoki yalpi tanlash;
2. Individual tanlash.
Yalpi tanlash
— foydali belgili organizmlar guruhi ajratib oli­
nadi. Bunday organizmlar irsiy jihatdan xilma-xil bo‘lgani uchun 
ko‘payish jarayonida avlodlarda ajralish kuzatiladi. Shuning uchun 
tanlash bir necha avlod davomida olib boriladi.

Yüklə 2,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin