Ishlab chiqarish tuzilmasi – korxonaning mahsulot ishlab chiqarish jarayonida bevosita yoki bilvosita ishtirok etadigan ishlab chiqarish bo’linmalari - tsexlar, uchastkalar, xizmat ko’rsatish xo’jaligi aloqalarining yig’indisi. Ishlab chiqarishning diversifikatsiyasi – bir tomonlama, ko’pincha bitta mahsulotga asoslanuvchi ishlab chiqarishni keng nomenklaturada tayyorlanuvchi mahsulotlarga asoslangan ishlab chiqarishga o’tkazish. Ishlab chiqarish tuzilmasi – korxonaning mahsulot ishlab chiqarish jarayonida bevosita yoki bilvosita ishtirok etadigan ishlab chiqarish bo’linmalari - tsexlar, uchastkalar, xizmat ko’rsatish xo’jaligi aloqalarining yig’indisi. Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish – yirik korxonalarda texnologiya va tuzilmasi bir xil bo’lgan mahsulotlarni ommaviy ravishda ishlab chiqarish. Ishlab chiqarishni yiriklashtirish – mahsulotni yirik korxonalarda chiqarishni tashkil qilish. Ishlab chiqarishni kimyolashtirish – mahsulot ishlab chiqarishda kimyoviy mahsulot va sun’iy materiallar, shuningdek, kimyoviy usullardan keng foyda- lanish. Kompaniya - tadbirkorlarning huquqiy shaxs maqomiga ega bo’lgan, pay kapitali asosida tashkil qilinuvchi birlashmasi. Konversiya - korxonaning umuman boshqa turdagi mahsulot ishlab chiqarishga o’tishi. Kontsern - turli tarmoqlardagi mustaqil korxonalarning ishtirok etish tizimi, qo’shma tadqiqotlar, patent-litsenziya kelishuvlari, moliyalashtirish, ishlab chiqarish hamkorligi vositasida birlashuvi.