Ызбекистон республикаси олий ва ырта


 Boshqaruvni tashkil etish



Yüklə 3,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/147
tarix24.09.2023
ölçüsü3,21 Mb.
#147906
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   147
biznes - rejalashtirish (2)

 
10.2. Boshqaruvni tashkil etish 
 
Zamonaviy menejment fan va amaliyot sohasi sifatlaridan ko‘ra odamlarni 
boshqarish san‘ati sifatida ko‘proq namoyon bo‘ladi. Korxonaning tashkiliy rejasida 
ko‘zda tutilgan barcha tadbirlar, amaliyotning ko‘rsatishicha, ishlab chiqarishni 
rivojlantirish vazifasi korxona rahbariyatidan tashqari xodimlar jamoasining ham 
zimmasida bo‘lsa muvaffaqiyatli tuzilishi, kelgusida esa o‘z vaqtida va samarali 
amalga oshirilishi mumkin. Xodimlar iqtisodiyotda boshqaruvning aktsiyadorlik 
shakllari etakchilik qilayotgan, biznes va tadbirkorlik faqatgina biznes uchun 
tug‘ilgan, tanlangan shaxslarning emas, balki har bir shaxs shug‘ullanishi mumkin 
bo‘lgan hozirgi sharoitlarda ko‘plab xo‘jalik subyektlarining xulq-atvori uchun 


108 
qoidaga, deyarli zaruratga aylanib bormoqda. 
Biroq, korxona muvaffaqiyati yo‘lidagi butun jamoaning, kollektivning 
harakatlari ilmiy menejment tamoyillari va talablariga zid kelmasligi kerak. 
Birinchidan, jamoaning har bir a‘zosi – oddiy ishchidan to birinchi rahbargacha 
korxonada belgilangan qonun-qoidalarga asosan o‘z vazifa va majburiyatlarini 
bajarishi, ikkinchidan, mansabdor shaxslar, bo‘linma va xizmatlar o‘rtasidagi o‘zaro 
bo‘ysinishning ta‘minlanishi, uchinchidan esa, boshqaruvni tashkil qilishda chuqur 
bilimga ega xodimlarni tanlash va samaradorlik ta‘minlanishi lozim. 
Ma‘lumki, har bir shaxs o‘ziga yarasha alohida hususiyatlarga ega bo‘ladi. 
Agar rahbar xodim, mutaxassis o‘z salohiyatini to‘liq ochib berishini istasa 
boshqaruv jarayonida har bir shaxsga o‘ziga xos yondashishi zarur. Inson tabiatini 
yaxshi bilmagan rahbar muvaffaqiyatga umid qilishi qiyin, tashkiliy reja esa 
qog‘ozda qolib ketadi. Tajribalarning ko‘rsatishicha, ko‘plab qo‘l ostidagi xodimlar 
faoliyati ko‘p jihatdan rahbariyat bilan munosabatlar xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. 
Aynan rahbariyat kimning nima ish qilishi va kim nima uchun javobgar bo‘lishini 
belgilab beradi. 
Boshqaruv san‘atidan yaxshi xabardor bo‘lish rahbariyatning turli xil ichki va 
tashqi vaziyat omillarini oldindan ko‘ra bilish qobiliyatini anglatadi. Bu jarayonning 
asosini rejada kutilayotgan natijalarni beradigan darajada odamlar faoliyati va ishni 
tashkil qilish hisoblanadi. Bu esa ko‘p jihatdan to‘plangan ish tajribasidan tashqari, 
boshqaruv usullariga, asosiy vazifalarni ikkinchi darajali vazifalardan ajrata olish, 
jamoaning va har bir shaxsning hatti-harakatlarini baholash va rag‘batlantirish 
qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi. 
Ko‘rinib turganidek, boshqaruvni tashkil qilish ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, o‘z 
mazmuniga ko‘ra oddiy boshqaruvdan ko‘proq ma‘noni anglatadi. U odatda, avvalo,
korxona rahbariyati tomonidan boshqaruv tuzilmasi va kommunikatsiya tizimini 
shakllantirish, ishlab chiqarishning borishini nazorat qilish bo‘yicha belgilangan 
boshqaruv qarorlarining qabul qilinishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Boshqacha qilib 
aytganda, boshqaruvni tashkil qilish ikki xil jihatga ega: ishlab chiqarishni tashkil 
qilish va ishlab chiqarishni boshqarishni tashkil qilish (10.1-rasm).
Tashkil qilish jarayonida korxonaning tanlangan rivojlanish strategiyasi bilan 
uning boshqaruvi tashkiliy tuzilmasi o‘rtasidagi munosabat muhim ahamiyat kasb 
etadi. Ko‘plab olim va mutaxassislar fikriga ko‘ra boshqaruv tuzilmasining 
rivojlanish strategiyasiga mos kelishi eng yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishishdan 
tashqari, ortiqcha boshqaruv xarajatlarini kamaytirish, boshqaruvning tizim sifatida 
moslashuvchanligi hamda korxonaning raqobatli muhitda yashovchanligi va uning 
o‘sishida ham katta ahamiyatga ega. Bunday mutanosiblikka erishi korxonada 
boshqaruvni tashkil qilishning asosiy vazifalaridan biridir. 
Biroq bu erda ko‘p narsa korxona hajmi, mulkchilik shakli, ish faoliyati va 
boshqa belgilariga ham bog‘liq bo‘ladi. Masalan, korxona hajmi o‘sishi bilan uning 
tuzilmasi ham o‘zgaradi, u yanada standartlashgan va formallashgan bo‘ladi. 
Korxona hajmining kengayishi yoki kichrayishi mos ravishda boshqaruv bo‘g‘inlari 
soniga ta‘sir ko‘rsatadi, boshqaruv faoliyati bilan mashg‘ul bo‘lgan xodimlar soniga 
o‘zgartirish kiritadi, boshqaruv xarajatlarining o‘sishi yoki kamayishiga olib keladi. 
Ayrim korxonalar o‘z tuzilmasini maxsus tashkiliy axborotnomalar chiqarish 


109 
yo‘li bilan formallashtiradi. Bu axborotnomalarda odatda korxonaning tarixi va uning 
tashkiliy tuzilmasi, ishlab chiqarish maqsadi va turlari, rahbariyat faoliyatining 
yoritilishi, kadrlar siyosati, bandlik sharoitlari, eng kam va eng yuqori ish haqi kabi 
ma‘lumotlar o‘rin oladi. Bunday axborotlar shuningdek, ko‘p hollarda korxona 
faoliyatini reklama qilish va bozordagi imidjini oshirishga xizmat qiladi. 


110 

Yüklə 3,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin